29.09.2017 yildagi PQ-3295-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.04.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5177-son Farmoni bilan valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish va valyuta siyosatini liberallashtirish, narxlar shakllanishining bozor mexanizmlarini joriy etish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida tadbirkorlik subyektlariga teng sharoitlar yaratish boʻyicha taʼsirchan choralar belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻtkazilgan oʻrganishlarda birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarida oʻzaro hisob-kitoblarni huquqiy tartibga solishda norasmiy xorijiy valyuta bozorining faoliyat koʻrsatishiga sharoit yaratayotgan hamda valyuta va moliyaviy tartibga solish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan ayrim boʻshliqlar aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyutani tartibga solish sohasida davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, shuningdek, birja va koʻrgazma-yarmarka bitimlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishning shaffof mexanizmlarini shakllantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi tartib oʻrnatilsin, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari orqali hisob-kitoblar va oʻzaro hisob-kitoblar faqatgina birjalar va yarmarkalarda roʻyxatdan oʻtgan bitimlar boʻyicha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari hisob raqamlarida boʻlgan mablagʻlardan foydalangan holda, pul talabnomasidan voz kechish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import shartnomalari boʻyicha tovar-xom ashyo birjalari yoki yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalarida norezident-sotuvchining hisob raqamiga oʻtkazilgan mablagʻlar faqatgina birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan eksport shartnomalari, bojxona bojlari, sud xarajatlari hamda birja shartnomalarini tuzish va ijro etish bilan bevosita bogʻliq xizmatlar (vositachilik yigʻimlari, brokerlik haqlari, transportirovka va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar) toʻlovlari uchun ishlatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja brokerlari tijorat banklariga mijoz — norezident nomidan tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablagʻlar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ga talabnoma berish, norezident — yuridik shaxslar esa Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamlari ochish va tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablagʻlar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ni amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5420-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka birja va yarmarka savdolarining aniq chegarasini nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha takliflarni, shuningdek, Birjalarda hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalari loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjalar tomonidan birja savdolari qoidalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3295-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3295/0031-son; 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son)