Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Gastrol-konsert faoliyati sohasida soliq solishni va audio-video kassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Estrada qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qaroriga muvofiq hamda gastrol-konsert faoliyatiga soliq solishni, shuningdek gramplastinkalar, audio va videokassetalar, lazer disklari, boshqa audio-video kassetalarni ishlab chiqarish, koʻpaytirish va sotish bilan bogʻliq faoliyatni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, 2001-yil 1-iyuldan boshlab:
gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan belgilanadigan reyting guruhiga koʻra tabaqalashtirilgan miqdorlarda davlat boji toʻlaydilar hamda budjetga davlat soliqlari va mahalliy soliqlar toʻlashdan ozod etiladilar;
faoliyatini boshlayotgan ijodiy jamoalar va ijrochilar tomonidan gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya olishda ular tomonidan boj davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab birinchi yilda boshlangʻich stavka boʻyicha toʻlanadi;
gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizalar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻimlar summasi, shuningdek litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻliq miqdorda “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi ustavida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslar belgilangan tartibda berilgan litsenziyasiz gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
konsert-tamosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun bojning tabaqalashtirilgan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasiga belgilangan tartibda, Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi bilan kelishgan holda oʻn kun muddatda estrada ijrochilarini tegishli reyting guruhlariga kiritish boʻyicha mezonlar va malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-4 bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining takliflarini hisobga olgan holda oʻn kun muddatda litsenziyalarning va ularni berish toʻgʻrisidagi arizalarning namunaviy shakllarini, shuningdek:
gramplastinkalar, audio va videokassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, koʻpaytirish va sotish faoliyatini;
Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirishga litsenziya bitimlarining namunaviy shakllarini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2001-yil 1-oktabrgacha;
gastrol-konsert faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini;
ilgari gramplastinkalar, audio va videokassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, koʻpaytirish va sotish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya olgan yuridik shaxslarga belgilangan tartibda litsenziya berilishini taʼminlasinlar.
7. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi xoʻjalik subyektlari tomonidan gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanishning, shuningdek gramplastinkalar, audio va videokassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, koʻpaytirish va sotish boʻyicha faoliyatning belgilangan tartibiga rioya etilishining qatʼiy va hamma joyda nazorat qilinishini taʼminlasinlar, faoliyatning koʻrsatib oʻtilgan turlari bilan tegishli litsenziya olmasdan shugʻullanuvchi shaxslarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Azimov va H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 29-iyun,
285-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun davlat boji
stavkalari
|
№ |
|
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun (bir jismoniy shaxs hisobidan) yiliga boj miqdori, eng kam oylik ish haqining baravari miqdorida | |||
|
reyting guruhlari boʻyicha | |||||
|
I |
II |
III |
IV | ||
| 1. | Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish: | | | | |
| | yakka konsert (bir ijrochining yakka konsert dasturi); bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi. |
150 |
75 |
50 |
30 |
| 2. | Toʻylar, yubileyva boshqa tantanalardakonsert xizmati koʻrsatish: | | | | |
| | restoranlar, qahvaxonalar, barlar va xususiy uylarda yubiley tantanalariga xizmat koʻrsatish; restoranlar, xususiy uylar, qahvaxonalar va barlarda toʻylarda (nikohni qayd etish, osh berish, kechkurungi nikoh toʻyi, “kelin salom”, “charlar” “sunnat toʻyi” tadbirlariga) xizmat koʻrsatish; xordiq chiqarish muassasalari, klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat koʻrsatish. |
100 |
50 |
25 |
15 |
Izoh. Reytingning IV guruhiga kiritilgan, faoliyatini boshlayotgan ijodiy jamoalar va ijrochilar tomonidan gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya olishda boj ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab birinchi yilda boshlangʻich stavka boʻyicha toʻlanadi.
Davlat boji miqdorlari (choraklar boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlanganda — davlat bojining tegishli qismi) toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan; — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)