18.09.2017 yildagi 737-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda aholining, ayniqsa yoshlarning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularni kitoblar bilan taʼminlash tizimini yanada samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzdavkitobsavdotaʼminoti” MCHJning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining maydoni 270 kv.m boʻlgan Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Markaz-1, Mustaqillik koʻchasi, 6-uy va maydoni 1650 kv.m boʻlgan Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Markaz-1, Mustaqillik koʻchasi 7-uy manzilida joylashgan binolarini Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi “Kitob olami” MCHJning ustav fondiga davlat ulushi sifatida belgilangan tartibda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston”, “Oʻqituvchi”, Gʻafur Gʻulom va Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari, “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti davlat korxonasi, “Oʻzdavkitobsavdotaʼminoti” MCHJ hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining “Kitob olami” MCHJ ustav fondidagi oʻz ulushlarini Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga mulk huquqi asosida bepul berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kitob olami” MCHJ ustav fondi ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan binolar hisobiga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kitob olami” MCHJning ustaviga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi “Kitob olami” MCHJ faoliyatini samarali tashkil etish, shu jumladan respublikaning barcha hududlarida uning filiallarini ochish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-iyuldagi 193-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.X. Tangriyev, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi raisi Q.Q. Quranboyev zimmasiga, Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari hamda Madaniyat, sanʼat va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentlariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 18-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
737-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1046-modda)