13.09.2017 yildagi 717-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tibbiyot tashkilotlarini va respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga doir dolzarb chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 17-iyuldagi PQ-3137-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek davlat tibbiyot tashkilotlariga va aholiga ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini uzluksiz yetkazib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir hafta muddatda “Oʻzmedeksport” respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasiga (keyingi oʻrinlarda “Oʻzmedeksport” RTIDK deb ataladi) markazlashtirilgan tadbirlar uchun xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjet mablagʻlari hisobiga, uning ustav fondiga ulush tarzida 3 mlrd soʻm mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn besh kun mobaynida — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi oʻrtasida belgilangan tartibda tuziladigan shartnomada belgilanadigan shartlarda, transh tarzida ochiladigan 300,0 mlrd soʻm miqdorida, foizsiz budjet ssudasi bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil oxirigacha — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “Oʻzmedeksport” RTIDK bilan tuziladigan kontraktlar boʻyicha oldindan yuz foiz toʻlash maqsadida davlat tibbiyot tashkilotlari uchun markazlashtirilgan tartibda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilishga 240 mlrd soʻm miqdorida qoʻshimcha budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yildan boshlab — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilishga boʻlgan ehtiyojning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha davlat tibbiyot tashkilotlari xarajatlari smetalarining alohida satrida ularni sotib olish uchun zarur boʻlgan budjet mablagʻlarini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari davlat xaridlari va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi aylanma mablagʻlarini toʻldirishga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan 308,6 mlrd soʻm miqdoridagi budjet ssudasini toʻlashdan tushgan mablagʻlar ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotib olish uchun qoʻshimcha budjet mablagʻlarining manbai hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi ajratilgan ssudaning 2017-yil oktyabr-noyabr oylarida qaytarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, foizsiz budjet ssudasini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotib olish boʻyicha — ushbu maqsadlar uchun xarajatlar smetalarining alohida satrida nazarda tutilgan budjet mablagʻlari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy dorixonalar uchun yetkazib berishlar boʻyicha — “Oʻzmedeksport” RTIDK tomonidan ijtimoiy dorixonalar tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlarini sotishdan olingan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzmedeksport” RTIDK tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish ulgurji sotish uchun — sotib olish qiymatining 15 foizi miqdorida, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ijtimoiy dorixonalari orqali chakana sotish uchun — ulgurji narxning 20 foizi miqdorida cheklangan savdo ustamalarini qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
717-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 999-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/353/1208-son)