13.09.2017 yildagi 717-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tibbiyot tashkilotlarini va respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga doir dolzarb chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 17-iyuldagi PQ-3137-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek davlat tibbiyot tashkilotlariga va aholiga ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini uzluksiz yetkazib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir hafta muddatda “Oʻzmedeksport” respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasiga (keyingi oʻrinlarda “Oʻzmedeksport” RTIDK deb ataladi) markazlashtirilgan tadbirlar uchun xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjet mablagʻlari hisobiga, uning ustav fondiga ulush tarzida 3 mlrd soʻm mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn besh kun mobaynida — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi oʻrtasida belgilangan tartibda tuziladigan shartnomada belgilanadigan shartlarda, transh tarzida ochiladigan 300,0 mlrd soʻm miqdorida, foizsiz budjet ssudasi bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil oxirigacha — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “Oʻzmedeksport” RTIDK bilan tuziladigan kontraktlar boʻyicha oldindan yuz foiz toʻlash maqsadida davlat tibbiyot tashkilotlari uchun markazlashtirilgan tartibda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilishga 240 mlrd soʻm miqdorida qoʻshimcha budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yildan boshlab — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilishga boʻlgan ehtiyojning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahri sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari xarajatlari smetalarining alohida satrida ularni sotib olish uchun zarur boʻlgan budjet mablagʻlarini nazarda tutsin hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahri sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalariga markazlashtirilgan tartibda “Oʻzmedimpeks” DUK bilan tuziladigan shartnomalarga asosan istisno tariqasida oldindan yuz foiz toʻlovni amalga oshirish huquqi berilsin.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 353-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/353/1208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari davlat xaridlari va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi aylanma mablagʻlarini toʻldirishga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan 308,6 mlrd soʻm miqdoridagi budjet ssudasini toʻlashdan tushgan mablagʻlar ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotib olish uchun qoʻshimcha budjet mablagʻlarining manbai hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi ajratilgan ssudaning 2017-yil oktyabr-noyabr oylarida qaytarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, foizsiz budjet ssudasini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotib olish boʻyicha — ushbu maqsadlar uchun xarajatlar smetalarining alohida satrida nazarda tutilgan budjet mablagʻlari hisobiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy dorixonalar uchun yetkazib berishlar boʻyicha — “Oʻzmedimpeks” DUK tomonidan ijtimoiy dorixonalar tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlarini sotishdan olingan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 353-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/353/1208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzmedimpeks” DUK tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish ulgurji sotish uchun — sotib olish qiymatining 15 foizi miqdorida, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ijtimoiy dorixonalari orqali chakana sotish uchun — ulgurji narxning 20 foizi miqdorida cheklangan savdo ustamalarini qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 353-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/353/1208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
717-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 999-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/353/1208-son)