Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 13.09.2017 yildagi 719-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjat 02.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliqchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2939-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek respublika baliqchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish, baliqlantirish, baliq yetishtirish va ovlash ishlarini samarali tashkil etish, ushbu tarmoqqa yangi texnologiyalarni joriy qilish va imtiyozli kredit resurslarini jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda baliqchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Kompleks dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda baliqchilik sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kompleks dasturning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari hamda “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2939-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan ishchi guruh Kompleks dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda Kompleks dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar, shu jumladan unga kiritilgan investitsiya loyihalari, shuningdek ushbu qarorning bajarilishi va uning natijalari koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga Kompleks dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar, shu jumladan unga kiritilgan investitsiya loyihalari, shuningdek ushbu qarorning bajarilishi va uning natijalari toʻgʻrisida axborot, zarurat boʻlganda, Kompleks dasturni oʻz vaqtida va sifatli bajarishda qoloqlikka va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi choralari toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
719-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 719-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda baliqchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLARI DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan vazifalar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼullar

I. Baliqchilik tarmogʻining meʼyoriy hujjatlar bazasini takomillashtirish

1.1.

Tabiiy va sunʼiy suv havzalarini baliqlantirish, baliq yetishtirish va ovlashni belgilangan tartibda amalga oshirish hamda baliq yetishtirishning texnologik jarayonlarini intensivlashtirish qoidalarini ishlab chiqish.

2018-yil
I chorak

Oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobiga

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, “Ipoteka-bank” ATIB

1.2.

Maydoni 50 gektardan kam boʻlgan tabiiy suv havzalarini koʻl-tovar xoʻjaligiga aylantirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2018-yil
I chorak

-

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Ipoteka-bank” ATIB

1.3.

Tabiiy suv havzalarining mahsuldorligini oshirish maqsadida havzalarning ozuqa bazasini mustahkamlash va oʻsimlikxoʻr baliqlar bilan baliqlantirish hamda sohada melioratsiya ishlarini yuritish boʻyicha metodik qoʻllanmani ishlab chiqish.

2018-yil
II chorak

Oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobiga

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, “Ipoteka-bank” ATIB

1.4.

Suv havzalarida, qafas (sadok) moslamalarida intensiv usulda baliq yetishtirish, ularni parvarishlash va oziqlantirish qoidalarini ishlab chiqish.

2018-yil III chorak

Oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobiga

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, “Ipoteka-bank” ATIB

1.5.

Orol dengizi hududidagi suv havzalarida yigʻiladigan artemiya sistalarini chavoq yetishtiruvchi baliqchilik xoʻjaliklariga yetkazib berish mexanizmini ishlab chiqish.

2018-yil III chorak

Oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobiga

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka-bank” ATIB

1.6.

Yopiq aylanma suv qurilmalarida va sunʼiy suv havzalarida baliq yetishtirishning jadal usullarini joriy etish boʻyicha metodik qoʻllanmani ishlab chiqish.

2018-yil IV chorak

Oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobidan

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi Baliqchilik ITI, “Ipoteka-bank” ATIB

II. Baliq yetishtirish va ovlashni koʻpaytirish hamda baliqchilik tarmogʻining ozuqa bazasini
mustahkamlash boʻyicha

2.1.

Tabiiy suv havzalari 2018-yildan boshlab belgilangan tartibda tanho foydalanish uchun “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasiga berilishini taʼminlash.

2017-yil
15-oktabr

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

2.2.

Tabiiy suv havzalari Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish va Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-avgustdagi 593-son qaroriga muvofiq belgilangan tartibda ijaraga berilishini tashkil etish.

2017-yil 15-dekabr

-

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

2.3.

Tabiiy va sunʼiy suv havza maydonlarini xatlovdan oʻtkazish va yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2018-yil
1-yanvar

-

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Ipoteka-bank” ATIB, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

2.4.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanidagi tabiiy koʻllarda (33 ta) baliq ovlash ishlarining mavsumiylik hisobga olingan namunaviy boshqaruv (ovlash, qayta ishlash, saqlash) tizimini yoʻlga qoʻyish.

2018-yil
1-mart

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka-bank” ATIB, “Moʻynoq akvasanoat” DUK

2.5.

Hududiy “Baliqsanoat” MChJlar tomonidan inkubatsiya sexlari va chavoq yetishtirishga ixtisoslashgan pitomniklarni qurish boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va uning bajarilishini taʼminlash.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari krediti va oʻz mablagʻlari hisobiga

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

2.6.

Respublika boʻyicha baliq ovlash hajmini 2021-yilgacha 160 ming tonnaga yetkazish maqsadida inkubatsiya sexlarini qurish, ularni modernizatsiya qilish, yangi sunʼiy suv havzalarini tashkil etish hisobiga baliq chavoqlari va baliq yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish hamda yetishtirilgan baliq mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha ushbu qarorga 2-ilovada belgilangan maqsadli parametrlar bajarilishini taʼminlash.

2017 — 2021-yillar

Oʻz mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari hisobiga

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat”uyushmasi, “Ipoteka sarmoyasi” IK, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

2.7.

Baliqchilik xoʻjaliklarini baliq chavoqlari bilan muntazam taʼminlash maqsadida baliq chavoqlari yetishtiruvchi reproduktor xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yer maydonlari ajratish.

Tadbirkorlik subyektlarining mablagʻlari va bank kreditlari hisobiga baliq chavoqlari yetishtiruvchi reproduktor xoʻjaliklarini ishga tushirish hamda modernizatsiya qilish hisobiga 2021-yilgacha lichinka yetishtirishni 2,2 mlrd donaga va baliq chavoqlari ishlab chiqarish hajmini 162 mln donaga yetkazish.

2017 — 2021-yillar

Oʻz mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari hisobiga

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka sarmoyasi” IK, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

2.8.

Baliqlar uchun maxsus omixta yem ishlab chiqarish quvvatlarni tahlil qilish, baliqchilik sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish, baliqlar uchun chetdan omixta yem komponentlarini keltirish hamda omixta yem ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish boʻyicha taklif tayyorlash.

2017-2018-yillar

“Ipoteka-bank” ATIB krediti va oʻz mablagʻlari hisobiga

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka-bank” ATIB, Davlat soliq qoʻmitasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

2.9.

“Oʻzdonmahsulot” AJ va baliqlar uchun omixta yem ishlab chiqaruvchi tashkilotlar quvvatlaridan samarali foydalanish hamda baliqlar uchun maxsus retsepturalar asosida va turli oʻlchamdagi omixta yem ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish.

2017 — 2021-yillar

“Oʻzdonmahsulot” AJ va omixta yem ishlab chiqaruvchi tashkilotlar mablagʻlari

“Oʻzdonmahsulot” AJ, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

2.10.

Tabiiy va sunʼiy koʻllardan ovlanadigan baliq mahsulotlari hajmini hisobga olgan holda baliq mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari krediti va oʻz mablagʻlari hisobiga

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

2.11.

Hududiy “Baliqsanoat” MChJlar tomonidan inkubatsiya sexlari va chavoq yetishtirishga ixtisoslashtirilgan pitomniklarni qurish boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va uning bajarilishini taʼminlash.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari krediti va oʻz mablagʻlari hisobiga

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

III. Suv omborlari va Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliq yetishtirish, ovlash va qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha

3.1.

Suv omborlari va tabiiy suv havzalarida oʻrnatilgan qafas (sadok) moslamalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish, kelgusi yillar uchun sadok moslamalarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan materiallar bilan korxonalarni taʼminlash yuzasidan takliflar tayyorlash.

Har yili 10-noyabrgacha

Tijorat banklari kreditlari, “Ipoteka sarmoyasi” IK va oʻz mablagʻlari hisobiga

Suv xoʻjaligi vazirligi, “Ipoteka sarmoyasi” IK, “Oʻzbekbaliqsanoat”

uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

3.2.

Suv omborlarida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hisobiga 2018 — 2021-yillarda qafas (sadok) moslamalarida baliq yetishtirishni tashkil etish hamda moslamalarni suv havzalarida joylashtirish chora-tadbirlarini belgilash.

Suv omborlarida qafas (sadok) moslamalarida baliq yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish orqali suv omborlari faoliyatini qoʻshimcha moliyalashtirish hamda ishchilar va xodimlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan oʻzini oʻzi taʼminlash mexanizmini ishlab chiqish.

2017-2018-yillar

“Ipoteka-bank” ATIB, “Ipoteka sarmoyasi” IK va oʻz mablagʻlari hisobiga

Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Ipoteka-bank” ATIB, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

3.3.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi havzalari hosildorligini oshirib borish maqsadida 1 mlrd dona lichinka ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan inkubatsiya sexlari hamda 40 mln dona baliq chavoqlari ishlab yetishtiruvchi reproduktorlarni ishga tushirish.

2017 — 2021-yillar

“Ipoteka-bank” ATIB kreditlari, va “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK mablagʻlari hisobiga

Davlat soliq qoʻmitasi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK, “Ipoteka-bank” ATIB

3.4.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qadoqlash loyihalarini ishga tushirish.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari kreditlari va oʻz mablagʻlari hisobiga

Davlat soliq qoʻmitasi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK

IV. Baliqchilik xoʻjaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha

4.1.

Baliqchilik xoʻjaliklariga moddiy-texnik resurslar (chavoqlar, toʻrlar va inventarlar) sotib olish uchun kreditlar ajratish.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari kreditlari

“Ipoteka sarmoyasi” IK, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

4.2.

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi buyurtmanomasi boʻyicha uning tarkibiga kiruvchi baliqchilik xoʻjaliklarini mineral oʻgʻitlar (ammofos) va yuqori oqsilli granullangan omixta yem bilan taʼminlash.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari kreditlari, “Ipoteka sarmoyasi” IK, oʻz mablagʻlari hisobiga

“Oʻzagrokimyosanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar, “Ipoteka sarmoyasi” IK

4.3.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan tabiiy koʻllar tizimida baliqchilik xoʻjaliklari xodimlarining vaqtinchalik yashashi uchun maxsus koʻchma uylar (vagonlar) ishlab chiqarishni tashkil etish.

2017-yil oktabr

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari hisobiga

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka-bank” ATIB, hududiy

“Baliqsanoat” MChJlar

4.4.

Baliqchilik xoʻjaliklari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar uchun talab etiladigan yoqilgʻi-moylash materiallari hududiy “Baliqsanoat” MChJlar tomonidan taqdim etilgan roʻyxat boʻyicha belgilangan tartibda xoʻjaliklarga sotilishini tashkil etish.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari krediti va oʻz mablagʻlari hisobiga

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Oʻzneftmahsulot” AJ, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

4.5.

Respublikadagi barcha tuman va shaharlar dehqon bozorlarida hududiy “Baliqsanoat” MChJlarning baliq va baliq mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan shoxobchalarni tashkil etish.

2017-2018-yillar

Oʻz mablagʻlari va “Ipoteka-bank” ATIB kreditlari hisobiga

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, “Ipoteka-bank” ATIB, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

V. Baliqchilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va
kadrlar tayyorlash boʻyicha

5.1.

Baliqlarning yangi turlari va zotlarini (Vengriya karpi, tilyapiya, kamalak foreli, losossimonlar, osetrsimonlar va boshqalar) iqlimlashtirish va oʻstirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

2017 — 2021-yillar

Davlat grantlari, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining “Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobiga

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi Baliqchilik ITI, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

5.2.

Baliqlarni intensiv oʻstirish hamda qayta ishlash boʻyicha rivojlangan mamlakatlarning (Xitoy, Vyetnam va boshqalar) ilgʻor texnologiyalari va tajribalarini mamlakatimizda tatbiq etish.

2017 — 2021-yillar

Hududiy “Baliqsanoat” MChJlar mablagʻi va tijorat banklari kreditlari hisobiga

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar, Baliqchilik ITI

5.3.

Qayta ishlangan baliq mahsulotlarini (muzlatilgan, dudlangan, file, kotlet va boshqa yarim tayyor mahsulotlar) saqlash, sotish va isteʼmolga chiqarishning texnik shartlarini ishlab chiqish.

2017 — 2021-yillar

Oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobiga

“Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi Baliqchilik ITI

5.4.

Hududiy “Baliqsanoat” MChJlardagi kadrlarnishakllantirish, ularni oʻqitish, qayta tayyorlash va doimiy faoliyat yuritishi uchun qulay sharoitlar yaratish.

Doimiy

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi mablagʻlari, “Ipoteka sarmoyasi” IK hisobiga

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Ipoteka sarmoyasi” IK

5.5.

Baliqchilik sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni oʻqitish va qayta tayyorlash maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida baliqchilik fakultetini tashkil etish va ushbu fakultetni tamomlagan mutaxassislarni ish bilan taʼminlash.

2017 — 2021-yillar

Grantlar va kontrakt toʻlov shartnomalari hisobiga

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

5.6.

Jizzax viloyati Arnasoy qishloq xoʻjaligi va transport kolleji negizida baliqchilik sohasi uchun kadrlar tayyorlashni va kollejdagi oʻquv jarayonlarini Toshkent davlat agrar universitetining professor — oʻqituvchilari tajribasi asosida amalga oshirish.

2017-2018-yillar

Grantlar va kontrakt toʻlov shartnomalari hisobiga

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka-bank” ATIB

5.7.

Baliqchilik sohasidagi tashkilotlarni rivojlantirish uchun xalqaro donor tashkilotlarning texnik koʻmaklashish loyihalarini, xorijiy investorlar va malakali mutaxassislarni jalb etish boʻyicha rasmiy taklifnomalar yuborish.

Doimiy

Grantlar va oʻz mablagʻlari hisobiga

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Davlat soliq qoʻmitasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJ, Baliqchilik ITI

5.8.

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari, olimlari va ilmiy xodimlarini arzon uy-joylar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash.

2017-2018-yillar

“Ipoteka-bank” ATIB va oʻz mablagʻlari hisobiga

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ITI, “Ipoteka-bank” ATIB

5.9.

Baliqchilik xoʻjaliklari rahbarlari va xodimlarining baliqchilik sohasidagi amaliy koʻnikmalarini oshirish boʻyicha jadval asosida oʻquv-seminarlarini tashkil etish.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari krediti va oʻz mablagʻlari hisobiga

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, Toshkent davlat agrar universiteti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 761-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 719-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda baliqchilik sohasini rivojlantirishning maqsadli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parametrlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Oʻlchov birligi

Nomlanishi

2016-yil
(mavjud)

2017-yil

2018-yil

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2021-yilda,
2016-yilga nisbatan, oʻsish surʼati %

Tabiiy va sunʼiy havzalarida
baliq ovlashni koʻpaytirish

tonna

jami

75 897

105 113

115 117

130 327

145 133

160 441

211

tabiiy

27 097

44 745

48 500

54 000

60 000

65 000

240

sunʼiy

48 800

60 368

66 617

76 327

85 133

95 441

196

Sunʼiy suv havzalarini kengaytirish

gektar

jami

27 900

29 600

31 570

33 820

36 185

38 740

139

tovar baliq uchun

25 400

26 800

28 350

30 050

31 900

33 820

133

baliq chavoqlari yetishtirish uchun

2 500

2 800

3 220

3 770

4 285

4 920

197

Baliq chavoqlari yetishtirish hajmini oshirish

mln dona

jami

60,5

111,1

121,4

134

144,2

162,3

268

Suv havzalarini baliqlantirish ishlarini tashkil etish

mln dona

jami

60,5

111,1

121,4

134

144,2

162

268

tabiiy

2,5

13,1

20,7

24,9

31,0

47

18,6 m

sunʼiy

58,0

98,0

100,7

109

113

116

200

Inkubatsiya sexlarini qurish va lichinka ishlab chiqarishni koʻpaytirish

birlikda

soni

22

27

30

34

36

38

173

mln dona

quvvati

940

1 200

1 480

1 770

1 970

2 220

236

Baliq mahsulotlarini qayta ishlash tashkilotlarini tashkil etish va quvvatlarini oshirish

birlikda

soni

7

21

38

57

78

101

14,4 m

tonna

quvvati

2 100

5 000

8 100

11 400

14 900

18 650

8,9 m

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1001-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)