25.04.2003 yildagi 478-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI REZERVIDAGI XIZMAT TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining (bundan buyon matnda – fuqarolar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (bundan buyon matnda – Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) rezervidagi xizmatni oʻtashi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar rezervi (bundan buyon matnda – rezerv deb yuritiladi) – Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz tahdidi yuzaga kelgan, favqulodda vaziyatlar roʻy bergan taqdirda tinchlik va urush davrida harakatdagi qoʻshin guruhlarini kuchaytirish hamda yangi qoʻshin guruhlarini tuzish uchun, shuningdek mamlakat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini taʼminlashga doir boshqa vazifalarni hal etish uchun moʻljallangan harbiy taʼlim olgan odam resurslari hamda moddiy-texnika vositalari zaxiralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezervdagi xizmat – haqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar jumlasidan boʻlgan harbiy xizmatga majburlar uchun Qurolli Kuchlarning qoʻshilmalari, qismlari va boʻlinmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar toʻldirish, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan fuqarolarning harbiy xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezervchilar – harbiy xizmatni oʻtagan va rezervda turgan harbiy xizmatga majburlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Rezervga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salomatligiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli quyidagi fuqarolar rezervdagi harbiy xizmatga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan va xizmatni oʻtash davrida harbiy hisobdagi ixtisoslikni egallagan fuqarolar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni hamda oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv boʻlinmalarida (harbiy taʼlim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslarda) ofitserlar tayyorlash dasturi asosida taʼlimning toʻliq kursini oʻtagan fuqarolar.
(4-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi OʻRQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilarni harbiy roʻyxatga olish mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervdagi xizmatni oʻtash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
(4-modda uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Rezerv toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy tayyorgarlik darajasi va yoshiga qarab, rezervchilar birinchi va ikkinchi toifali rezervga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezerv toifalari va rezervda boʻlish yoshining chegarasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Birinchi toifali rezerv safini toʻldirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi toifali rezerv safi harbiy xizmatni chaqiruv yoki kontrakt boʻyicha oddiy askarlar, serjantlar lavozimlarida oʻtagan — oʻttiz besh yoshgacha boʻlgan, kichik ofitserlar lavozimlarida oʻtagan — qirq yoshgacha boʻlgan, katta ofitserlar lavozimlarida oʻtagan — ellik yoshgacha boʻlgan, generallar tarkibi lavozimlarida oʻtagan — ellik besh yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatga majburlar orasidan toʻldiriladi.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi toifali rezerv birinchi va ikkinchi navbatga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi navbatdagi rezerv safi Qurolli Kuchlarning tegishli qoʻshilmalari, qismlari va boʻlinmalariga biriktirib qoʻyiladigan, eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan rezervchilar orasidan Qurolli Kuchlarning jangovar qoʻshilmalari, qismlari va jangovar taʼminot boʻlinmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar toʻldirish uchun moʻljallangan boʻlib, ularning tarkibida bunday rezervchilarning jangovar tayyorgarligi amalga oshiriladi va jangovar maqsadlarda qoʻllanilishi rejalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi navbatdagi rezerv safi Qurolli Kuchlarning jangovar qoʻshilmalari, qismlari, jangovar taʼminot boʻlinmalariga biriktirib qoʻyilmagan rezervchilar orasidan toʻldiriladi hamda zarurat boʻlganda birinchi navbatdagi rezerv safini toʻldirish uchun moʻljallangan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi toifali rezervda turgan harbiy xizmatga majburlar rezervda boʻlish yoshining chegarasiga yetganda yoki salomatligiga koʻra ikkinchi toifali rezervga yohud zaxiraga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Ikkinchi toifali rezerv safini toʻldirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi toifali rezerv safi harbiy xizmatni chaqiruv, kontrakt boʻyicha yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida oddiy askarlar, serjantlar lavozimlarida oʻtagan — qirq besh yoshgacha boʻlgan, kichik ofitserlar lavozimlarida oʻtagan — ellik yoshgacha boʻlgan, katta ofitserlar lavozimlarida oʻtagan — ellik besh yoshgacha boʻlgan, generallar tarkibi lavozimlarida oʻtagan — oltmish yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatga majburlar orasidan toʻldiriladi.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlar harbiy qoʻshilmalar, qismlar hamda ichki va texnik taʼminot boʻlinmalariga biriktirib qoʻyiladi, hamda ularning safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar toʻldirish uchun, favqulodda vaziyatlar roʻy berganda yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yuz bergan taqdirda esa urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun moʻljallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi toifali rezervda boʻlish yoshining chegarasi tegishincha rezervda boʻlish yoshining chegarasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda Qurolli Kuchlarning urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasidagi ichki hamda texnik taʼminot qismlari va boʻlinmalari, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalar safini Qurolli Kuchlarning jangovar qoʻshilmalari, qismlari va jangovar taʼminot boʻlinmalariga biriktirib qoʻyilmagan birinchi toifali rezervchilar bilan toʻldirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Rezervchilarni tanlab olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning qoʻshilmalari, qismlari va boʻlinmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar toʻldirish, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun moʻljallangan rezervchilarni tanlab olish harbiy okruglar qoʻshinlarining qoʻmondonlari buyrugʻi bilan tuziladigan tanlov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Komissiyalar tarkibiga harbiy okruglar shtablarining, safi toʻldirilayotgan qoʻshilmalar, qismlar va boʻlinmalar qoʻmondonligining, mudofaa ishlari organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakillari hamda tegishli qoʻshin turlari va xizmatlarning mutaxassislari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilarni Qurolli Kuchlarning qoʻshilmalari, qismlari va boʻlinmalariga biriktirib qoʻyish uchun tanlab olish harbiy xizmatga majburlarning harbiy hisobdagi ixtisosligi, oilaviy ahvolini, shuningdek harbiy tayyorgarlik darajasini, intellektual qobiliyatini va jismoniy koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda yakka tarzda oʻrganib chiqish yoʻli bilan, qoida tariqasida, hududiy prinsip asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning qoʻshilmalari, qismlari va boʻlinmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar toʻldirish, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun zarur boʻladigan rezervdagi ofitserlar yetishmay qolsa, oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik boʻyicha tegishli oʻquv boʻlinmalarida (harbiy taʼlim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslarda) ofitserlar tayyorlash dasturi asosida taʼlimning toʻliq kursini oʻtgan, eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan zaxiradagi ofitserlar rezervga tanlab olinishi mumkin. Mazkur toifadagi shaxslar rezervga tanlab olinganidan keyin rezervdagi ofitserlarni qayta tayyorlash harbiy yigʻinlariga yuboriladi.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi OʻRQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilarni tanlab olish, tanlov komissiyalari ishi hamda rezervchilarni biriktirib qoʻyishni rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(8-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Rezervchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni mudofaa ishlari organlari huzuridagi tibbiy komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Qurolli Kuchlarda tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tashkil etadi va oʻtkazadi.
(9-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Rezervchilarni tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilarni tayyorlash harbiy qismlar, oʻquv markazlari huzurida harbiy yigʻinlar tashkil etish va oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek safarbarlik oʻquv-mashqlari va mashgʻulotlarini oʻtkazish vaqtida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilarni tayyorlashning asosiy mohiyati rezervchilar biriktirib qoʻyilgan boʻlinmalar tarkibida jangovar tayyorgarlik yuzasidan shaxsiy bilim, koʻnikma va mahoratni takomillashtirish, harakatlar taktikasini puxtalab olishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilarni tayyorlashga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlarni safarbarlikda ular uchun belgilab qoʻyilgan shtat lavozimlariga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik rejasiga koʻra oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlarni Qurolli Kuchlar safini toʻldirish uchun zarur ixtisosliklar boʻyicha qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning qoʻshilmalari, qismlari va boʻlinmalarini urush davri shtatlari darajasida jangovar tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar qoʻshilmalari va qismlarining safarbarlik rejalarida nazarda tutilgan ayrim chora-tadbirlarning bajarilishi muqarrarligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy yigʻinlarni oʻtkazish va jangovar vazifalarni hal etish davrida belgilangan qurol-yarogʻ va texnikalarni oʻrganish, ulardan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish hamda ularni saqlash, ularni ishlatish koʻnikmalarini orttirish, qurol-yarogʻ va texnikalarning yangi turlarini oʻzlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Harbiy yigʻinlarning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilar tinchlik davrida qoʻshinlarning jangovar tayyorgarligini saqlab turish, harbiy hisobdagi ixtisoslik boʻyicha majburiyatlarni bajarishi uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarini saqlab qolish va takomillashtirish maqsadida harbiy qismlar bazasida, qoida tariqasida, hududiy prinsip asosida tashkil etiladigan harbiy yigʻinlarda qatnashishga jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy yigʻinlar oʻquv-mashq, sinov yigʻinlari va maxsus yigʻinlarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv-mashq harbiy yigʻinlari harbiy qismlarning boʻlinmalari tarkibidagi ixtisosliklar hamda shtat lavozimlari boʻyicha birinchi va ikkinchi toifali rezerv tayyorlash maqsadida, rezervchilarning xizmatni oʻtashi nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan tasdiqlanadigan dasturlar boʻyicha oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov harbiy yigʻinlari Qurolli Kuchlarning urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasidagi qoʻshilmalari, qismlari va boʻlinmalarining safarbarlik tayyorgarligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus harbiy yigʻinlar Oʻzbekiston Respublikasining normal hayotiy faoliyatiga tahdid soluvchi favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilarni harbiy yigʻinlarga jalb etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(11-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Harbiy yigʻinlarning muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yiliga koʻpi bilan uch marta oʻquv-mashq harbiy yigʻinlariga jalb etilishi mumkin. Bu harbiy yigʻinlarning umumiy muddati bir yil ichida oʻttiz sutkadan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yiliga koʻpi bilan ikki marta oʻquv-mashq harbiy yigʻinlariga jalb etilishi mumkin. Bu harbiy yigʻinlarning umumiy muddati bir yil ichida oʻn besh sutkadan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi va ikkinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlarning muddati besh sutkagacha boʻlgan sinov harbiy yigʻinlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabining rejasi asosida, qoida tariqasida, besh yilda koʻpi bilan bir marta oʻtkaziladi.
(12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus harbiy yigʻinlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq oʻtkaziladi. Rezervchilar bu harbiy yigʻinlarga bir yil ichida koʻpi bilan ikki oy muddatga jalb etiladilar.
(12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchi mudofaa ishlari organidan harbiy yigʻinlar oʻtadigan joyga joʻnab ketgan kun harbiy yigʻinlarning boshlanishi hamda u harbiy qism qoʻmondoni tomonidan berilgan buyruqda koʻrsatilgan mudofaa ishlari organiga borib uchrashgan kun yigʻinlarning tugashi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Harbiy yigʻinlarda qatnashishdan ozod qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatda belgilanadigan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bronlashtirib qoʻyilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy yigʻinlarda qatnashishdan ozod etiladi.
(13-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Rezervchilarni tayyorlashga rahbarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilarni hisobga olish va ularni harbiy yigʻinlarga jalb etish mudofaa ishlari organlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilarning harbiy tayyorgarligini tashkil etish va oʻtkazish ular Qurolli Kuchlarning qaysi qoʻshilmalari, qismlari va boʻlinmalariga biriktirib qoʻyilgan boʻlsa, shu qoʻshilma, qism va boʻlinma qoʻmondonligi tomonidan tayyorgarlik dasturlari hamda rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilarni tayyorlashga rahbarlik, oʻtkazilayotgan tayyorgarlikning sifati hamda samaradorligini nazorat qilish harbiy okruglar qoʻmondonligi tomonidan, rezervchilar xizmat oʻtashi nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning boʻlinmalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rezervchilar tayyorlashga umumiy rahbarlikni hamda bu boradagi ishlarni rejalashtirishni amalga oshiradi, tinchlik va urush davrida, favqulodda vaziyatlar roʻy berganda yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz tahdidi yuzaga kelgan taqdirda, rezervchilardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi tartibini belgilaydi.
(14-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Rezervchilarning harbiy unvonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilarning harbiy unvonlariga “rezervdagi” degan soʻz qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv-mashq harbiy yigʻinlarida qatnashgan va taʼlim dasturi boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan rezervchilarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda navbatdagi harbiy unvonlar – rezervdagi podpolkovniklikka qadar boʻlgan va podpolkovnik unvonlari berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy unvonga ega boʻlmagan fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan rezervga kiritilishi bilan bir paytning oʻzida ularga oddiy askar yohud matros harbiy unvoni beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Rezervchilar tayyorlashning moddiy-texnika taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilar tayyorlashni qurol-yarogʻ, texnika, oʻq-dori hamda boshqa moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash Qurolli Kuchlar qoʻshilmalari, qismlari va boʻlinmalarining joriy taʼminoti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilarni tayyorlashda moddiy-texnika vositalari, qurol-yarogʻ va texnika zaxiralaridan foydalanish tartibi, ishlatiladigan resurslar normalari, shuningdek rezervchilarni tayyorlashda foydalanilgan moddiy vositalarning oʻrnini toʻldirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Rezervchilarga beriladigan kafolatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy yigʻinlarga jalb etilgan rezervchilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda pul hamda boshqa turdagi taʼminot oladilar. Harbiy yigʻinlar davrida, shu jumladan, ular oʻtkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish davrida rezervchilarning ish joyi (lavozimi) hamda ish joyidagi oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi. Mazkur shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi chaqiruv qogʻozi olingan kundan harbiy yigʻinlardan qaytilgunga qadar boʻlgan davrda ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin emas, korxona, muassasa va tashkilot tugatilgan hollar bundan mustasno.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar harbiy yigʻinlar vaqtida rezervchi kasal boʻlib qolsa va yigʻin tugaganidan keyin ham kasalligi davom etsa, uning ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi, harbiy yigʻinlar tugagan kundan boshlab qonun hujjatlariga muvofiq unga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezervchilar harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy yigʻinlar oʻtkaziladigan joyga temir yoʻl hamda avtomobil transportida (taksidan tashqari) bepul borish va qaytib kelish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qismlar tomonidan joʻnatiladigan xatlarni bepul yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-tibbiy muassasalarda bepul tibbiy xizmat bilan taʼminlanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Revervchilar harbiy yigʻinlarda qatnashayotgan davrda ularning hayoti va sogʻligʻi davlat tomonidan majburiy sugʻurtalanadi. Rezervchilarni davlat tomonidan majburiy sugʻurtalash tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida rezervchilar muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan boshqa huquqlar va imtiyozlardan ham foydalanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy yigʻinlarda qatnashib, har jihatdan oʻzini koʻrsata olgan birinchi navbatdagi birinchi toifali rezervchilarga harbiy qismlarning qoʻmondonlari taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti toʻlanishi mumkin. Bunda ular mazkur pul mukofoti boʻyicha jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq toʻlovidan ozod etiladi.
(17-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi OʻRQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinchlik davrida jangovar harakatlarda ishtirok etgan rezervchilarning mehnat stajini hisoblashda jangovar harakatlarning har bir kuni uch kunga hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
478-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 65-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)