Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 29-iyuldagi PQ-3162-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 29-iyuldagi PQ-3162-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R.J. Qurbonov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-sentabr,
720-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 720-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 507-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz respublika sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 27-son, 315-modda) 2 va 3-ilovalardagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari —” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 13-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoʻmita raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.”;
b) 14-bandning uchinchi xatboshidagi “oʻrinbosarlarining” soʻzi “oʻrinbosarining” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 16-bandning ikkinchi xatboshidan “Qoʻmita raisining oʻrinbosari —” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1002-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 25.10.2018-y., 09/18/864/2101-son)