Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
USTAV SARMOYASIDA DAVLAT ULUShI 50 FOIZDAN ORTIQ BOʻLGAN TIJORAT BANKLARI KENGAShLARI RAISLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 24-martdagi 104-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan Tijorat banklari kengashlari raislari etib tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
| “Asaka” banki: |
| |
| Musayev D.O. | — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari | |
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-oktabrdagi 229-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi-oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-maydagi 138-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 22-son, 159-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-noyabrdagi 256-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 48-son, 476-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
| Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki: |
| |
| Raximov S.B. | — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri | |
(yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-oktabrdagi 229-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki toʻgʻrisida” 1993-yil 21-yanvardagi 45-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Ustaviga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavni, kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda, Markaziy bankda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Boshqaruvi toʻgʻrisida” 1993-yil 13-avgustdagi 413-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki toʻgʻrisida” 1993-yil 21-yanvardagi 45-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 11-iyul,
265-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki toʻgʻrisida” 1993-yil 21-yanvardagi 45-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Ustaviga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR
1. 22-26-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. Bank, bank sarmoyasini saqlovchi sifatida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Bank Ustavini, unga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlaydi;
Bank Ustav sarmoyasini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Bankni tugatish yoki qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Bank Kengashi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitadi;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
23. Bankda Bank Kengashi tuziladi. Bank Kengashini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tayinlanadigan Rais boshqaradi.
Bank Kengashi tarkibiga lavozimiga koʻra quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti boshligʻi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti boshligʻi;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari;
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.
24. Bank Kengashi Majlisi har yili kamida ikki marta chaqiriladi. Zarurat boʻlganda Bank Kengashining Navbatdan tashqari majlislari:
Vazirlar Mahkamasi;
Markaziy bank;
Bank Kengashi Raisi;
Bank Kengashining ikki va undan ortiq aʼzolari;
Bank Boshqaruvi;
ichki audit xizmati rahbari;
Bankning tashqi auditori tashabbusi bilan chaqiriladi.
Bank Kengashi majlisida qarorlar qatnashchilarning 3/4 ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash majlisida Kengashning har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi.
Bank Kengashi Majlisi unda Bank Kengashi aʼzolari roʻyxatdagi tarkibining kamida 75 foizi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Bunda majlislarda Kengash Raisining qatnashishi majburiy hisoblanadi.
Bank Kengashi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga amal qiladi.
25. Bank Kengashi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Bank Ustavini, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Bank ustav sarmoyasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Bank faoliyati yillik natijalarini tasdiqlaydi;
Bank Boshqaruvi tavsiyasiga koʻra daromadni taqsimlash, shuningdek, zararlarni qoplash tartibini tasdiqlaydi;
Bankning yillik biznes-rejasini tasdiqlaydi;
Bank Boshqaruvi aʼzolari tarkibini tasdiqlaydi, Boshqaruv Raisi va Boshqaruv Raisining oʻrinbosarlari bundan mustasno;
Bankning kreditlar berish, aktivlar va passivlarni boshqarish, investitsiyalarni amalga oshirish va Bank mijozlariga xizmatlarning yangi turlarini koʻrsatish sohasidagi siyosati asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Bank Boshqaruvi hisobotlarini eshitadi;
Bank bilan bogʻliq shaxslar bilan bitishuvlar tuzish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
bitishuvni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadigan kunda qiymati bank aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiq boʻlgan bitishuvlar yoki bir nechta oʻzaro bogʻliq bitishuvlar tuzish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Bankning filiallari, vakolatxonalari, shuʼba va nomustaqil korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi hamda ularning nizomlari va ustavlarini tasdiqlaydi;
bank Boshqaruvi faoliyati tartibini belgilovchi hujjatlarni tasdiqlaydi.
26. Rais boshqaradigan Boshqaruv Bankning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Bank Boshqaruvi Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar.
Bank Boshqaruvi Raisi Bankning yuqori mansabdor shaxsi hisoblanadi, u Bank Ustavi bilan oʻziga berilgan vakolatlarga muvofiq Bank faoliyatiga rahbarlik qiladi va Bankka yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Boshqaruv Raisi va uning oʻrinbosarlari bilan bir qatorda, Boshqaruv tarkibiga, Bank Kengashi qaroriga binoan, Bankning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimiga koʻra kiradilar.
Bank Boshqaruvi:
Bank faoliyatini tashkil qiladi va unga tezkor rahbarlikni amalga oshiradi, Ustavdagi vazifalarning, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda Bank Kengashi qarorlarining bajarilishini taʼminlaydi;
ushbu Ustavga koʻra Bank Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan barcha masalalarni oldindan koʻrib chiqadi, ular boʻyicha tegishli materiallar, takliflarni va qarorlar loyihalarini tayyorlaydi;
Bank tuzilmasini belgilaydi;
Boshqaruv koʻrib chiqishi uchun kiritilgan boshqa masalalarni koʻrib chiqadi va hal qiladi.
Bank Boshqaruvi Hukumatning valyuta-moliya munosabatlari sohasidagi siyosatini, Bankni rivojlantirish va joriy faoliyatini Bank tomonidan amalga oshirish bilan bogʻliq barcha masalalarni bamaslahat va Boshqaruv aʼzolari fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi.
Boshqaruv qarorlari ularni qabul qilish uchun Boshqaruv aʼzolari roʻyxatdagi tarkibining kamida toʻrtdan uch qismi fikr bildirishgan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi”.
2. 27-bandning ikkinchi xat boshi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining” soʻzlaridan keyin “va Bank Kengashining” soʻzlari bilan toʻldirilsin.