Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Estrada qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida
Keyingi yillarda mamlakatimizda zamonaviy estrada qoʻshiqchilik sanʼatini rivojlantirish yoʻlida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat tomonidan bu sohaga katta eʼtibor qaratilib, keng jamoatchilik, xususan yoshlar oʻrtasida estrada sanʼatiga qiziqish kuchayib bormoqda, yangi-yangi ijodiy guruhlar va xonandalar maydonga chiqmoqda.
Shu bilan birga, estrada sanʼati madaniyatini, estrada ijodkorlarining professional malakasini oshirish, yosh sanʼatkorlarning oʻz iqtidorini toʻla namoyon etishi uchun shart-sharoit yaratish borasida kamchilik va nuqsonlarga ham yoʻl qoʻyilmoqda. Xalqimizni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi yetuk musiqiy asarlar bilan bir qatorda, mutasaddi tashkilotlar va baʼzi estrada jamoalari hamda yakkaxon ijrochilarning masʼuliyatsizligi oqibatida mazmunan sayoz, badiiy jihatdan zaif qoʻshiqlar ham konsert dasturlari, radio-telekanallardan oʻrin olmoqda, audio-video kassetalar orqali tarqatilib, maʼnaviy tarbiya ishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ijodiy jamoalar va yakkaxon ijrochilarning faoliyati va repertuarlarini muvofiqlashtirish yuzasidan Madaniyat ishlari vazirligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi olib borayotgan ishlarni qoniqarli deb boʻlmaydi.
Oʻzbek milliy musiqa sanʼatini yanada rivojlantirish, yosh isteʼdod egalariga yoʻl ochib berish, ularni qoʻllab-quvvatlash, moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, estrada qoʻshiqchiligining yutuq va tajribalarini umumlashtirish, soha taraqqiyoti uchun zarur imkoniyatlar yaratish, badiiy yuksak asarlarni targʻib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Respublika keng musiqiy jamoatchilik vakillari, estrada sanʼatining taniqli namoyandalari, “Maʼnaviyat va maʼrifat” Kengashi, Madaniyat ishlari vazirligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi, Badiiy akademiya va boshqa manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, uning Nizomi (2-ilova) maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 13-iyundagi PQ-653-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 306-modda)
2. Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining asosiy vazifasi etib quyidagilar belgilangani eʼtiborga olinsin:
estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa sanʼatkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ijodiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish;
zamonaviy estrada sanʼatining oʻzbek musiqa madaniyati taraqqiyotidagi oʻrni, gʻoyaviy-badiiy yoʻnalishlari, uni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlikda rivojlantirish tamoyillarini belgilash;
mamlakat miqyosida oʻtkaziladigan bayramlar, festivallar, koʻrik-tanlovlar, tomosha-shoular, xalq sayillari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarga doir tavsiyalar tayyorlash;
milliy estrada sanʼatining monitoringini tashkil etish, sohani rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan turli anjumanlar, ilmiy-ijodiy simpoziumlarni muntazam ravishda oʻtkazib borish, oʻz davriy nashrlarini yoʻlga qoʻyish;
soha rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan sanʼatkorlarning nomzodlarini davlat mukofotlariga koʻrsatish, oʻzining turli nufuzli mukofotlarini taʼsis qilish, estrada namoyandalari, avvalambor, yoshlarni moddiy va maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantirish, tegishli oʻquv yurtlariga tavsiya etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi va boshqa tegishli ijodiy tashkilotlarga Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining soha faoliyatiga doir tavsiya va takliflarini eʼtiborga olib, ularni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
(2-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Estrada sanʼatini rivojlantirish borasidagi ishlarning samaradorligini oshirish uchun “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tugatilib, uning negizida Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining asosiy maqsad va vazifalarini ado etadigan xoʻjalik hisobidagi “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tashkil etilsin, uning ishchi apparati xodimlarining cheklangan soni 20 nafar boʻlgan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) tarkibiy tuzilmasi (3-ilova) va Nizomi (4-ilova) tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi ishchi apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarini 2 hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining huquqiy vorisi hisoblanadi, uning mol-mulki, amaldagi barcha majburiyatlari, tuzgan shartnoma va kontraktlarining bajarilishi yuzasidan javobgardir.
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining asosiy vazifalari Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida koʻzda tutilgan dasturiy maqsadlarni amalga oshirish, Kengash tavsiyalarini bajarish, estrada sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-ijodiy ishlarni olib borish, viloyatlardagi hududiy boʻlinmalar faoliyatiga rahbarlik qilishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga hisobot beradi va oʻz Nizomida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining oʻrinbosari hisoblanadi va belgilangan tartibda tayinlanadi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi “Turkiston” konsert saroyiga joylashtirilsin. “Turkiston” konsert saroyini davlat budjeti hisobidan moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalovchi organ hisoblanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Ushbu faoliyat turlari bilan shugʻullanadigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar ikki oy muddatda qayta roʻyxatdan oʻtkazilib, belgilangan tartibda maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar bilan taʼminlansin.
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu sohada faoliyat koʻrsatadigan ijodiy guruhlar va yakkaxon ijrochilar faqat “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan berilgan ruxsatnoma (litsenziya)lar asosida faoliyat olib borishi mumkin.
(4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshiruvchi, toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarga badiiy xizmat koʻrsatish (konsert qoʻyish) bilan shugʻullanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar, ijodiy jamoalar, guruhlar va yakkaxon ijrochilar uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar berish tartibini va litsenziyalar matnini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasi tasdigʻiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi qoshida yozuvchilar, bastakorlar, musiqa sharhlovchilari, jurnalistlar va jamoatchilik namoyandalaridan iborat Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining tuzilgani maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida koʻzda tutilgan dasturiy vazifalarni amalga oshiradi, yuridik va jismoniy shaxslar, ijodiy jamoalar, guruhlar, yakkaxon ijrochilardan ushbu qarorning 4-bandida qayd etilgan faoliyat turi bilan shugʻullanishga maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olish uchun tushgan arizalarni koʻrib chiqib, muhokama qiladi, sanʼatkorlarning ijodiy nufuzi, mahorati, professional malakasi, repertuar saviyasiga qarab, ularga xulosa beradi. Mazkur guruh xulosasi “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan litsenziyalar berilishi uchun asos hisoblanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi tarkibi Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi qaroriga koʻra har yili 30 foizga yangilanib borishi inobatga olinsin.
7. Estrada sanʼati namoyandalari va yosh ijodkorlarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzurida Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisidagi taklifga rozilik berilsin.
Davlat, jamoat tashkilotlari hamda mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, turli muassasalar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar va alohida jismoniy shaxslar ham Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi homiylari boʻlishi mumkin.
Jamgʻarmaning moliyaviy manbalari maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar uchun toʻlovlar(soliqlar), homiylik mablagʻlari hamda davlat koʻmagi hisobidan tashkil topadi.
Estrada sanʼatini rivojlantirishga homiylik qilish istagini bildirgan tashkilotlar (5-ilova) tashabbusi maʼqullansin.
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, uning viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari, Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi 2005-yil 1-yanvarga qadar davlat budjetiga olinadigan barcha soliqlardan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun uning hisob raqamiga Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasidan 50 million soʻm miqdorida mablagʻ oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tashkil etilishi munosabati bilan ilgari “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasida faoliyat koʻrsatib kelgan akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi hamda akademik va xalq badiiy jamoalari (6-ilova) Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazilsin va ularni davlat budjetidan hamda xoʻjalik hisobidagi faoliyat tushumlaridan moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Madaniyat ishlari vazirligi tarkibida 3 shtat birligidan iborat Akademik va xalq badiiy jamoalari boshqarmasi tashkil etilsin.
Moliya vazirligi mazkur 3 shtat birligi uchun budjetdan qoʻshimcha mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Toshkent shahar hokimligi Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda 1 oy muddatda akademik va xalq badiiy jamoalari uchun bino ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklariga bir oy muddatda “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari moddiy-texnika bazasi asosida “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining xoʻjalik hisobida faoliyat yurituvchi boʻlinmalarini tuzish, akademik va xalq badiiy jamoalarini hududiy madaniyat ishlari boshqarmalari tasarrufiga oʻtkazish vazifasi topshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Adliya vazirligi bir oy muddatda mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
13. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 26-apreldagi 163-son qarori (4 va 10-bandlardan tashqari);
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida” 1997-yil 21-fevraldagi 102-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga qoʻshimchalar kiritish haqida” 1997-yil 21-fevral 99-son qarori 1-bandining 2 va 3-xatboshilari;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 4-maydagi 216-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari T. Alimov va X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 26-iyun,
272-son
Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashining
nizomi
1. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1.1. Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Kengashi, ijodiy uyushmalar hamda taʼsischilar vakillaridan iborat Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb ataladi) estrada sanʼatini rivojlantirish va yosh ijrochilarning kamol topishiga qaratilgan chora-tadbirlarni, konsert-tomosha faoliyatini hamda shu sohada audio-video, Internet materiallari, kompakt-disklar ishlab chiqarilishini muvofiqlashtiruvchi jamoatchilik organidir. Kengash respublikada faoliyat koʻrsatayotgan malakali estrada xonandalari, bastakorlar, rejissorlar, shoirlar, badiiy soʻz ustalari, musiqashunoslar, jurnalistlar, shou-biznes sohasi mutaxassislari va jamoatchilik vakillaridan tarkib topadi. Shuningdek, Kengash tarkibiga maʼnaviyat va maʼrifat sohasi uchun masʼul tashkilotlar va muassasalar vakillari ham kiradi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
1.2. Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonun hujjatlari va ushbu Nizom asosida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kengashning oliy organi Kengash aʼzolari va estrada sanʼati namoyandalarining yillik anjumanidir (bundan buyon matnda Yillik anjuman deb ataladi). Uning ishida Kengash aʼzolaridan tashqari Kengashning hududiy boʻlimlari vakillari qatnashadi. Yillik anjumanda respublika estrada sanʼati namoyandalari maslahat ovozi bilan ishtirok etishlari mumkin. Yillik anjuman Kengash rahbariyatining hisobotini tinglaydi, Kengash aʼzolarini saylaydi va ish rejasini tasdiqlaydi.
2. Kengashning vazifalari
Kengash quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
2.1. Estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa sanʼatkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ijodiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish;
2.2. Zamonaviy estrada sanʼatining oʻzbek musiqa madaniyati taraqqiyotidagi oʻrni, gʻoyaviy-badiiy yoʻnalishlari, uni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlikda rivojlantirish tamoyillarini belgilash;
2.3. Mamlakat miqyosida oʻtkaziladigan bayramlar, festivallar, koʻrik-tanlovlar, tomosha-shoular, xalq sayillari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarga doir tavsiyalar taqdim etish;
2.4. Milliy estrada sanʼatining monitoringini tashkil etish, sohani rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan turli anjumanlar, ilmiy-ijodiy simpoziumlarni muntazam ravishda oʻtkazib borish, oʻz davriy nashrlarini yoʻlga qoʻyish;
2.5. Soha rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan sanʼatkorlarning nomzodlarini davlat mukofotlariga koʻrsatish, oʻzining turli nufuzli mukofotlarini taʼsis qilish, estrada namoyandalari, avvalambor, yoshlarni moddiy va maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantirish, tegishli oʻquv yurtlariga tavsiya etish.
2.6. Mamlakatimizda estrada qoʻshiqchiligini yanada rivojlantirishga, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi yetuk musiqiy asarlar yaratilishini qoʻllab-quvvatlash.
2.7. Milliy estrada sohasidagi isteʼdodli yosh ijodkorlarning kasbiy va maʼnaviy kamol topishiga imkon yaratish, ularning malaka oshirishi, oʻz iqtidorini namoyon etishi uchun tashkiliy masalalarni hal etish, bozor munosabatlari sharoitida yakkaxon ijrochilar va ijodiy jamoalar faoliyatiga koʻmaklashish.
2.8. Milliy estrada sanʼatini targʻib qilishga qaratilgan, davr talablariga javob beradigan dasturlar tayyorlash va ularni amalga oshirish choralarini koʻrish.
2.9. Estrada qoʻshiqchiligi sohasida tayyorlanadigan va tarqatiladigan audio, video, kompakt-disklar, Internet materiallari va boshqa nashrlarning yuqori saviyasini taʼminlash boʻyicha hamda estrada qoʻshiqchiligida taqlidchilik, badiiy sayozlik kabi salbiy holatlarga qarshi, milliy oʻziga xoslikni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish.
2.10. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi va Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
2.11. Estrada sanʼatining yutuqlarini ommalashtirish uchun zarur nashrlarni tayyorlashga tegishli uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish, nashr etilgan materiallarning saviyasini tahlil etib borish.
3. Kengashning huquqlari
Kengash quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
3.1. Konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanuvchi estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilarning repertuarlarini, konsert dasturlari va ssenariylarini tahlil etish va baholash.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
3.2. Estrada qoʻshiqchiligi va ijrochiligi faoliyati sohasida mamlakat va xalqaro miqyosdagi festivallar, koʻrik-tanlovlar tashkil etish. Chet ellarga gastrol safarlariga chiqish, xalqaro va respublika miqyosidagi estrada festivallarida qatnashishga tavsiyanomalar berish.
3.3. Yakkaxon ijrochilar va jamoalarning respublika va xalqaro festivallarda faol qatnashuvini taʼminlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar koʻrish.
3.4. Davlat mukofotlariga nomzodlar koʻrsatish.
3.5. Iqtidorli yosh estrada qoʻshiqchilarining malakasini oshirish uchun oliy oʻquv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilishga tavsiyalar berish.
3.6. Estrada sanʼatidagi yutuqlarni ragʻbatlantirish uchun mukofotlar taʼsis etish.
3.7. Kengash va Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi tarkiblariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida takliflar berish.
3.8. Kengash vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan respublikada estrada qoʻshiqchiligi va ijrochiligi sohasida faoliyat koʻrsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan tegishli qarorlar qabul qilish.
4. Kengash ishini tashkil etish
4.1. Kengash oʻz aʼzolari tarkibidan Kengash raisi, rais oʻrinbosari, Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi rahbarini va Kengash masʼul kotibini saylaydi. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining bosh direktori lavozimiga tayinlash uchun Vazirlar Mahkamasiga nomzod tavsiya etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4.2. Kengash raisi, rais oʻrinbosari va Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi rahbari jamoatchilik asosida ishlaydi. Kengashning masʼul kotibi lavozimiga koʻra “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktorining oʻrinbosari hisoblanadi va birlashma ishchi apparati shtatlar roʻyxati asosida maosh bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4.3. Kengash oʻz tarkibida estrada qoʻshiqchilik sanʼati janrlari boʻyicha seksiyalar, hududiy boʻlimlar tashkil etadi va Kengash aʼzolaridan ularning rahbarlarini saylaydi.
4.4. Kengash yigʻilishlari yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin.
5. Kengashning ishchi va maslahat organlari
5.1. Kengash oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarishi uchun uning huzurida “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi va Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi tashkil etiladi. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi va Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashning ishchi organlari, Ijodiy koʻmaklashuvchi guruh uning maslahat organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.2. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi va Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega hisoblanadi. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi esa jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.3. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori va Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi rahbari Kengash raisining oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.4. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi budjeti Kengash tomonidan tasdiqlanadi va Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan moliyaviy taminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.5. Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Kengashning oʻz vazifalarini bajarishga qaratilgan yillik rejasiga muvofiq sarflanadi. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi va Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi oʻz faoliyati boʻyicha yilning har choragida bir marta Kengash oldida hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5.6. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida koʻzda tutilgan dasturiy vazifalarni amalga oshiradi, yuridik va jismoniy shaxslar, ijodiy jamoalar, guruhlar, yakkaxon ijrochilardan konsert-tomosha xizmati koʻrsatish bilan shugʻullanishga maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olish uchun tushgan arizalarni koʻrib chiqib, muhokama qiladi, sanʼatkorlarning ijodiy nufuzi, mahorati, professional malakasi, repertuar saviyasiga qarab, ularga tegishli xulosalar beradi.
(5.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
6. Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
6.1. Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror Yillik anjuman tomonidan qabul qilinadi.
6.2. Nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qaror Yillik anjuman qatnashchilaridan kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan Yillik anjumanda, qatnashchilarning yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
6.3. Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.
7. Kengash faoliyatini toʻxtatish tartibi
7.1. Kengash faoliyatini toʻxtatish uni qayta tashkil etish yoki tugatish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
7.2. Kengashni qayta tashkil etish estrada sanʼati namoyandalarining Yillik anjumani qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
7.3. Kengashni tugatish estrada sanʼati namoyandalarining Yillik anjumani qaroriga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida koʻzda tutilgan asoslarga binoan sudning qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
7.4. Davlat reyestriga tegishli yozuv bitilgan paytdan boshlab Kengash qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hisoblanadi.
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tarkibiy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 26-iyundagi 272-son qaroriga
4-ILOVA
2001-yil 26-iyundagi 272-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining
Nizomi
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1.1. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi estrada sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-ijodiy ishlarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi tashkilot hisoblanadi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1.2. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining qaror va tavsiyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining buyruqlari, yoʻriqnomalari, koʻrsatmalariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat koʻrsatadi, oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga hisobot beradi.
(1.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
1.3. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida milliy va xorijiy valyutada hisob raqamiga ega boʻladi, mulkka egalik qiladi, oʻz nomidan turli shartnomalar, bitimlar, shu jumladan, xorijiy sheriklar bilan shartnomalar, bitimlar tuzishi, mulkiy, shaxsiy hamda mulkiy boʻlmagan huquqlar va majburiyatlar olishi, sud yoki hakamlik sudida daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
1.4. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining manzili: Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 2-uy. (“Turkiston” konsert saroyi).
II. Maqsad va vazifalari
2.1. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi respublikada estrada madaniyatini yuksaltirish, estrada sanʼati namoyandalarining ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, estrada sahnalaridan foydalanishni yaxshilash, madaniy, ishlab chiqarish, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun kuch va mablagʻlarni birlashtirish maqsadida tashkil etiladi.
2.2. Quyidagilar “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida koʻzda tutilgan dasturiy maqsadlarni amalga oshirish, uning tavsiya va qarorlarini bajarish;
estrada sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-ijodiy ishlarni olib borish;
viloyatlardagi hududiy boʻlinmalar faoliyatiga rahbarlik qilish;
estrada jamoalari va yakkaxon ijrochilar tomonidan aholiga madaniy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish;
estrada sanʼatida yangi isteʼdodlarning yuzaga chiqishi, ijodiy jamoalar va yakkaxon ijrochilar repertuarlarini doimiy ravishda yangilash hamda mukammallashtirish uchun ilgʻor iqtisodiy-ijodiy zamini faoliyatini muvofiqlashtirish, bu sohadagi bozorning talab va takliflarini oʻrganish;
Oldingi tahrirga qarang.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish xizmati koʻrsatish huquqi uchun Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi xulosalari asosida litsenziyalar berish;
(2.2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
estrada jamoalarining moddiy-ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;
xorijiy firmalar bilan madaniy, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish hamda rivojlantirish;
estrada jamoalari hamda yakka ijrochilar faoliyatining samaradorligini taʼminlovchi boshqaruv tizimini yaratish, moddiy ragʻbatlantirishning zamonaviy shakllari va uslublarini joriy etish.
III. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining huquqlari
3.1. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlagan estrada sohasidagi konsert-tomosha faoliyatining respublika va xalqaro dasturlari asosida shou-dasturlar, dam olish kechalari, festivallar, koʻriklar, tanlovlar, bayramlar va boshqa shu kabi tadbirlarni oʻtkazadi;
(3.1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Konsert-tomosha xizmati koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;
(3.1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
estrada sanʼatini rivojlantirish, ijodiy jamoalar, guruhlar va yakkaxon ijrochilarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, yosh iqtidorlarni tarbiyalash va ularni ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3.1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
marketing, menejment, konsalting, reklama sohasida xizmatlar koʻrsatadi;
davlat buyurtmasi asosida yangi konsert dasturlari yaratadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashiga Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi rahbarligiga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishgan holda nomzodlar tavsiya etadi;
(3.1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
estrada sanʼati sohasida axborotlar bazasini yaratadi, monitoringni yoʻlga qoʻyadi, xorijiy tashkilotlar, vakilliklar va firmalarga respublika estrada bozori haqida maʼlumotlar va reklama axboroti tarqatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
gramplastinkalar, audio kasetalar va lazerli disklarni yozish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa sanʼatkorlarning qoʻshigʻini yozishda “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan litsenziyaning talab qilinishini nazorat qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslar konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyasiz ushbu faoliyat bilan shugʻullanayotgani aniqlangan taqdirda tegishli choralar koʻrish uchun vakolatli organlarga taklif kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida konsert-tomosha faoliyatini muvofiqlashtiradi va konsert dasturlarini belgilangan tartibda badiiy ekspertizadan oʻtkazib, bir marotabalik konsert-tomosha guvohnomasini beradi;
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega boʻlmagan estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa sanʼatkorlarning ijrosidagi qoʻshiqlar va ularga ishlangan musiqiy kliplarni televideniye va radio kanallari orqali uzatilishining oldini olish choralarini koʻradi.
(3.1-bandning oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
IV. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining mablagʻlari
4.1. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining mablagʻlari Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi ajratmalari va davlat ulushlaridan tashkil topadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4.2. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi budjeti Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan moliyaviy taminlanadi.
(4.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4.3. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk va mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasdiqlaydigan dasturlar, sarf-xarajatlar smetasi asosida foydalanadi. Oʻz maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, respublika va uning tashqarisida har qanday koʻchar va koʻchmas mulkni qurishi, rekonstruksiya qilishi, sotib olishi, ajratishi, ijaraga olishi va ijaraga berishi, qonunga xilof boʻlmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
(4.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
4.4. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi mustaqil va yigʻma balanslarga ega boʻladi. Birlashmaning mol-mulki mustaqil balansda aks ettiriladi.
4.5. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi davlat korxonalari uchun belgilanadigan qoidalar boʻyicha buxgalterlik hisobini tashkil etadi.
V. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
5.1. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi faoliyatiga bosh direktor rahbarlik qiladi.
(5.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
5.2. Bosh direktor rahbarligidagi “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining ishchi apparati uning ijro etuvchi va tasarruf qiluvchi organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5.3. Birlashma bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(5.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
5.4. Birlashma bosh direktori Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining aʼzosi va Kengash raisining oʻrinbosari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5.5. Birlashma bosh direktorining oʻrinbosari bosh direktorning tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
(5.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
5.6. Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining masʼul kotibi lavozimiga koʻra “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori oʻrinbosari hisoblanadi va birlashma ishchi apparati shtatlar roʻyxati asosida maosh bilan taʼminlanadi.
5.7. Bosh direktor ishchi apparat xodimlarini amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi.
VI. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining tugatilishi
Oldingi tahrirga qarang.
6.1. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil qilinadi yoki tugatiladi.
(6.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 19-son, 215-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi homiylari
roʻyxati
1. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
3. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi
4. “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi
5. “Oʻzbeksavdo” kompaniyasi
6. “Oʻzbekturizm” kompaniyasi
7. “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati
8. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi
9. “Oʻzoziqovqattaʼminot” kompaniyasi
10. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi
11. Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
12. “Oʻzmilliybank”
13. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi
14. “Ardus” qoʻshma korxonasi
15. “Navroʻz” savdo-ishlab chiqarish majmui
16. “Sovplastital” qoʻshma korxonasi
Keyingi tahrirga qarang.
Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga oʻtayotgan jamoalar
roʻyxati
1. Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi hamda uning huzuridagi quyidagi jamoalar:
T. Jalilov nomidagi xalq cholgʻu asboblari Davlat orkestri
“Oʻzbekiston solistlari” kamer simfonik orkestri
“Turkiston” kamer orkestri
Mumtoz qoʻshiqchilik va raqs ansambli
Davlat xor kapellasi
“Oʻzbekiston” ashula va raqs ansambli
Munojat Yoʻlchiyeva guruhi
“Maqom” guruhi
“Karnay-surnay” guruhi
2. Oʻzbekiston davlat “Milliy simfonik orkestr” unitar korxonasi (Toshkent shahar, Habib Abdullayev koʻchasi 2-uyda joylashgan Madaniyat axborot markazi binosi bilan birga)
3. Botir Zokirov nomidagi estrada-simfonik orkestri
4. “Yunie darovaniya” kamer orkestri
Z. Oʻzbekiston davlat “Soʻgʻdiyona” milliy cholgʻu asboblari orkestri
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 81-modda; 2003-y., 21-son, 213-modda; 2005-y., 27-son, 191-modda; 2014-y., 19-son, 215-modda; 31-son, 380-modda; 2015-y., 49-son, 613-modda; 2017-y., 35-son, 930-modda; Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 306-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son)