Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Sanoat ishlab chiqarishlarini yanada modernizatsiya qilish, etil spirti va likyor-araq mahsulotlarining zamonaviy ishlab chiqarishlarini tashkil etish, alkogol mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish, uning sifati va raqobatdoshligini orttirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzvinosanoat-xolding” AJning:
“Oʻzspirtsanoat” AJga tegishli “Qoʻqon spirt” AJning 51,01 miqdordagi aksiyalarini balans narxi boʻyicha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ustav kapitaliga davlatning ulishi sifatida oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
46,98 foiz miqdoridagi davlatga tegishli boʻlgan “Qoʻqon spirt” AJning aksiyalarini balans narxi boʻyicha davlatning ulushi sifatida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ustav kapitaliga oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
mazkur bandga muvofiq beriladigan aksiyalarning balans narxi summasi hisobiga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning:
soʻngi avlodning ilgʻor texnologiyalaridan foydalangan holda “Lyuks” klassdagi spirtidan oliy sifatli likyor-araq mahsulotlarini quyish boʻyicha “SELENA” MCHJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Premium Uzbekistan” (keyingi oʻrinlarda — “Premium Uzbekistan” MCHJ QK) qoʻshma korxonasini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahrida yangi likyor-araq zavodining qurilishi uchun “Premium Uzbekistan” MCHJ QKni Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Fargʻona yoʻli koʻchasi, 23/35-uy manzili boʻyicha joylashtirish.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4511-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 07/19/4511/4005-son)
“Qoʻqon spirt” AJning sanoat ishlab chiqarishlarini modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Premium Uzbekistan” MCHJ QKning birlamchi ustav kapitali ekvivalenti 150,0 ming AQSH dollarini tashkil etadi, bundan “CELENA” MCHJning ulushi 51 foiz miqdorida va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ulushi 49 foiz miqdoridagi pul mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi.
4. Belgilansinki:
Toshkent shahrida yangi likyor-araq zavodining qurilishi “SELENA” MCHJning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari hisobidan amalga oshiriladi, keyinchalik ular tashkil etilayotgan qoʻshma korxonaning ustav kapitaliga yoʻnaltiriladi;
“Qoʻqon spirt” AJni modernizatsiya qilish “CELENA” MCHJning “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga ajratiladigan qarzlari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Belgilansinki, Toshkent shahrida yangi likyor-araq zavodining qurilishi va “Qoʻqon spirt” AJni modernizatsiya qilish (keyingi oʻrinlarda — loyihalar) 2017 — 2020-yillarda bir bosqichli tartibda texnik-iqtisodiy asos bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
6. Loyihalarni amalga oshirish doirasida:
Toshkent shahrida yangi likyor-araq zavodini qurish boʻyicha bosh buyurtmachi etib — “Premium Uzbekistan” MCHJ;
“Qoʻqon spirt” AJni modernizatsiya qilish boʻyicha bosh buyurtmachi etib — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ;
Oldingi tahrirga qarang.
bosh loyiha tashkiloti etib — “Oʻzogʻirsanoatloyiha” instituti” AJ;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4511-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 07/19/4511/4005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bosh pudratchi tashkilot etib — “SK Alfa stroy” MCHJ belgilansin.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4511-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 07/19/4511/4005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4511-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 07/19/4511/4005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4511-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 07/19/4511/4005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4511-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 07/19/4511/4005-son)
10. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ:
uch oy muddatda “Qoʻqon spirt” AJni texnik auditdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
“Qoʻqon spirt” AJ bilan birgalikda boshqa aksiyadorlardan aksiyalarni sotib olish maqsadida jamiyatning aksiyalari bozor narxini belgilanishini taʼminlasin;
bir oy muddatda “Qoʻqon spirt” AJga qaram boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining keyingi faoliyatini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritsin;
“Qoʻqon spirt” AJ bilan birgalikda qonun hujjatlariga muvofiq aksiyadorlar aniqlanmagani holatida — pul vositalari notarial idoraning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib berilishi taʼminlansin;
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq topshiriladigan aksiyalar narxi summasiga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ustav kapitalida davlatning ulushi oshirilishini taʼminlasin.
11. “Oʻzvinsanoat-xolding” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ustav kapitaliga topshirilayotgan “Qoʻqon spirt” AJning 51,01 foiz aksiyalar narxi summasiga “Oʻzvinsanoat-xolding” AJning ustav kapitalida davlatning ulushi kamaytirilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzqurilishmateriallari” AJ loyiha hujjatlari parametrlarini hisobga olgan holda buyurtmachi tomonidan asoslangan hisob-kitoblarga koʻra toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha hamda yetarli hajmlarda sement va metallprokatni — boshqariladigan narxlar boʻyicha yoqilgʻi-moylash materiallarini — kelishilgan narxlarda ajratilishi va yetkazib berilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi (B.I. Zakirov, K.N. Toʻlaganov) belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini tashkil etsin xamda loyihalar boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish sifati ustidan tegishli nazorat oʻrnatsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Premium Uzbekistan” MCHJ QKning talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4511-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 07/19/4511/4005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Premium Uzbekistan” MCHJ QKning talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga, xorijiy kompaniyalar xodimlariga koʻp martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish va vaqtinchalik propiskaning muddatini uzaytirishni davlat boji undirilmagan holda amalga oshirishni taʼminlasin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4511-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 07/19/4511/4005-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Premium Uzbekistan” MCHJ QKning talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda ishtirok etish uchun xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berish (muddatini uzaytirish)ni, shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini beradigan tasdiqnomalar berishni (muddatini uzaytirish)ni davlat boji undirilmagan holda taʼminlasin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4511-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 07/19/4511/4005-son)
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-sentabr,
PQ-3263-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 986-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son, 08.11.2019-y., 07/19/4511/4005-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)