05.09.2017 yildagi 698-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻraqoʻrgʻon tumanida Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatan taraqqiyoti yoʻlidagi fidokorona hayoti ibrat namunasi boʻlib xizmat qilayotgan maʼrifatparvar olim, sharq va gʻarb tillarining bilimdoni Isʼhoqxon Ibratning nomini abadiylashtirish, uning izdoshlarini kashf etish va isteʼdodlarini keng namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Namangan viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Madaniyat vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isʼhoqxon Ibrat majmuasi tarkibidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabni (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb ataladi) hamda Isʼhoqxon Ibrat muzeyini Namangan davlat universiteti tizimiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat huzurida Namangan davlat universiteti tomonidan 7 ta xorijiy tilni oʻrgatishga ixtisoslashgan markaz (keyingi oʻrinlarda markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-2018 oʻquv yilida maktab-internatning 7-8-9-10 sinflariga, 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab 7- va 10- sinfiga 20 nafardan oʻquvchilar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan chet tili va ona tili fanlaridan test sinovlari asosida qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda dars mashgʻulotlari 7 ta til boʻyicha oʻquvchi-talabalar soni 10 nafardan oshmaydigan guruhlarda tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Namangan davlat universitetiga maktab-internatda tashkil etiladigan dars mashgʻulotlariga Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining malakali professor-oʻqituvchilarini jalb etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda muzeyshunos olimlardan iborat ishchi komissiya tuzsin hamda Toshkent shahridagi Shahidlar xiyoboni, Qatogʻon qurbonlari xotirasi muzeyi va Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida amalga oshirilgan ishlarni, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgansin hamda oʻrganish natijalariga asosan mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan Isʼhoqxon Ibrat muzeyini jihozlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2018-yil mart oyiga qadar Isʼhoqxon Ibratning xorijiy tillarda yozgan lugʻatining yangi nashrini tayyorlash va chop etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda maktab-internat, markaz oʻqituvchilari va muzey xodimlarining oylik ish haqlariga 25 foiz miqdorida qoʻshimcha ustamalar belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat, markaz va muzey binolarining qurilishi 2017-yil Investitsiya dasturi doirasida toʻliq yakunlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilgi Investitsiya dasturiga maktab-internat oʻquvchilari uchun 100 oʻrinli oʻquvchilar turar joyi, oshxona binolarini qurish va jihozlar bilan taʼminlashni kiritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda YUNESKOning va Xalqaro til oʻrgatish markazlarining Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan til oʻrgatish markazlari vakolatxonalarining filiallarini Namangan viloyatida tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab maktab-internat va markazni oʻquv-metodik majmualar, oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Taʼlim” sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab maktab-internat, markaz va muzeyning taʼminoti uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida atoqli maʼrifatparvar Isʼhoqxon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi 208-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov, Xalq taʼlimi vaziri U.I. Inoyatov, Namangan viloyatining hokimi X.X. Bozarov va Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 5-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
698-son