Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining
buyrugʻi
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 22-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1745-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2007-yil 30-oktabrdagi 2007-10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745, 2007-yil 5-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 494-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni 8-bandining “b” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat test markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-avgust,
2017-06-son
Kelishilgan:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MAJIDOV
2017-yil 16-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 908-modda)