Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2018 22.08.2017 yildagi 659-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2018
Hujjat 28.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-sonli “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga doir Davlat dasturining 68-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 73-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 22-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
659-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 659-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi mazmundagi 101-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“101. Tushgan murojaatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va koʻrib chiqish uchun yuborish, shuningdek murojaatlarning hisobini yuritish va koʻrib chiqilishini nazorat qilish maqsadida davlat organida belgilangan umumiy shtatdagi xodimlar soni doirasida murojaatlar bilan ishlash boʻyicha alohida boʻlinma (keyingi oʻrinlarda murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi deb ataladi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi davlat organlariga tushgan murojaatlar hajmidan, xodimlar soni va ish hajmidan kelib chiqqan holda alohida boʻlim, boʻlinma yoki guruh shaklida tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi murojaatlarning koʻrib chiqilishini nazorat qilish masalalarida bevosita davlat organi rahbariga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi va uning xodimlarining huquqlari va vazifalari ular toʻgʻrisidagi nizomlarda, ushbu Nizomda hamda murojaatlar bilan ishlash toʻgʻrisidagi boshqa hujjatlarda belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 11-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali tushayotgan murojaatlar boʻyicha ish yuritish davlat organlari tomonidan elektron shaklda amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat organida tushgan murojaatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va koʻrib chiqish uchun yuborish, murojaatlarning hisobini yuritish va koʻrib chiqilishini nazorat qilish murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi mazmundagi 601 — 603-bandlar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“601. Davlat organlari har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga murojaatlar bilan ishlash toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
602. Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida, davlat organining rasmiy veb-saytida, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida har oyda eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
603. Murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi tushgan murojaatlarni tahlil qilish yakunlari boʻyicha davlat organining rasmiy veb-saytida tegishli statistika hisobotlarini har oy eʼlon qiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 895-modda)