Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA PAXTA TOZALASh SANOATINI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda paxta tozalash sanoati korxonalarini aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va tarmoqda boshqaruv tizimini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi muassislari roʻyxati va uning tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining xodimlarning cheklangan soni 58 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat boʻlgan 2-ilovaga muvofiq tuzilmasi maʼqullansin. Uyushma boshqaruvi raisiga uning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda)
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi Kengashi tarkibiga “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining rahbarlari, hududiy aksiyadorlik birlashmalari tarkibiga kiruvchi paxta tozalash korxonalari va urugʻlik chigit tayyorlovchi yetakchi korxonalar rahbarlari kiradi;
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosarlari uyushma Kengashi tomonidan saylanadi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va maqomiga koʻra tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosariga hamda vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Toshlubsanoat” Toshkent lub sanoati korxonalari davlat-aksiyadorlik birlashmasi muassislarining umumiy yigʻilishi uni tugatish toʻgʻrisida qaror qilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 21-son, 172-modda)
3. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasiga 4-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Belgilansinki:
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining kuzatuvchi kengashlari tarkibiga aksiyalarning davlatga tegishli paketlarini boshqarish boʻyicha davlat ishonchli vakillari va ushbu birlashmalarning ustav jamgʻarmalaridagi aksiyalarning katta miqdoriga egalik qiluvchi aksiyadorlar kiradi;
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ustav jamgʻarmalari tugatilayotgan paxta xomashyosini xarid qilish, qayta ishlash va paxta mahsulotlari yetkazib berish hududiy davlat-aksiyadorlik birlashmalarining mol-mulki, ularning ustav jamgʻarmasiga paxta tozalash korxonalari aksiyalarining nazorat paketlarini (51 foiz), shuningdek hududiy birlashma tarkibiga kiruvchi boshqa aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini berish hisobiga shakllantiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
2001-yil 1-avgustgacha “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ustav jamgʻarmalarini shakllantirsin, ulushlarni: 51 foiz davlat mulki, 49 foiz erkin sotishga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotishga taqsimlagan holda emissiya prospektlarini roʻyxatdan oʻtkazsin;
2002-yil 1-yanvargacha 5-ilovaga* muvofiq davlat korxonalari va tashkilotlarini xususiylashtirsin va aksiyalashtirsin, shu jumladan xususiy mulkka aylantirsin;
* 5-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tarkibiga kiruvchi paxta tozalash korxonalarining ustav jamgʻarmalari tarkibini belgilangan tartibda oʻzgartirsin, bunda aksiyalar paketlarining 51 foizini davlat mulki va koʻpi bilan 7 foizini mehnat jamoalari aʼzolari mulki etib biriktirib qoʻysin, aksiyalarning qolgan paketlarini erkin, shu jumladan xorijiy investorlarga sotsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-oktabrdagi 401-son qarori bilan tashkil etilgan “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” davlat-aksiyadorlik uyushmasiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari boʻyicha maxsus komissiya (Oʻ.T.Sultonov):
2001-yil 1-avgustgacha “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining taʼsis yigʻilishi oʻtkazilishini va uning ustavi belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
ikki oy muddatda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ustav jamgʻarmalaridagi davlatga tegishli aksiyalar ulushlariga muvofiq ularni boshqarish boʻyicha davlat ishonchli vakillarini belgilangan tartibda tayinlash ishlarini tugatsin;
ikki oy muddatda 6-ilovaga* muvofiq ochiq aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlatga tegishli paketlarini tanlov asosida ishonchli boshqaruvga bersin;
* 6-ilova berilmaydi.
bir oy muddatda “Tola bazasi” (Namangan shahri) davlat korxonasini va “Nishon tolasi” (Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani) aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining davlatga tegishli paketini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo kompaniyalariga ishonchli boshqaruvga bersin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tuzilgan shartnomalar boʻyicha tegishli ravishda “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” davlat-aksiyadorlik uyushmasining hamda paxta xomashyosini xarid qilish, qayta ishlash va paxta mahsulotlari yetkazib berish hududiy davlat-aksiyadorlik birlashmalarining huquqiy vorislari hisoblanadi;
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi 2000-yil hosili paxta xomashyosi qayta ishlanishi tugallangungacha va mahsulot tegishli ravishda sotilgungacha “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi tomonidan tuzilgan shartnomalar va kontraktlar boʻyicha majburiyatlarni bajaradi;
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasidan 2001-yil hosili uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchilarga avans berish uchun olingan mablagʻlar “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga qayta rasmiylashtiriladi;
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi oʻz faoliyatini oʻz muassislari hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ajratmalari hisobiga amalga oshiradi.
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasiga “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarini, istisno tariqasida, zarur asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, moddiy-texnika resurslari bilan shartnoma asosida taʼminlash huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 43-son, 456-modda)
8. Belgilab qoʻyilsinki, “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasining tijorat agenti hisoblanadi.
Quyidagilar:
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi hududiy markazlari toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 7-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni 3 shtat birligiga koʻpaytirilsin. Jamgʻarma tuzilmasida 1-2 tadan mintaqaviy inspektorlar lavozimi kiritilsin, ular “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining Paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi hududiy markazlariga biriktirib qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarga avans berish va ular bilan hisob-kitob qilish tartibini oʻn kun muddatda tasdiqlasin;
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi hududiy markazlariga biriktirib qoʻyiladigan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mintaqaviy inspektorlarining bir oy muddatda tayinlanishini taʼminlasin;
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mablagʻlari maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, joylarda moliya intizomi buzilishlarini bartaraf etsin, aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishgacha qatʼiy javobgarlikka tortsin.
10. Aksiyadorlik-tijorat “Paxta-bank”ka paxta tozalash korxonalari va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining depozit va maxsus hisob raqamlari ochilishi va ular boʻyicha operatsiyalar toʻgʻri oʻtkazilishi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgarlik yuklansin.
Tayyorlov punktlari tomonidan bank hisob raqamlari ochilishi taqiqlansin. Belgilansinki, tayyorlov punktlarining xoʻjalik ehtiyojlarini taʼminlash bilan bogʻliq hisob-kitoblar paxta tozalash korxonalarining depozit hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan birgalikda eksportga yuklab joʻnatish uchun paxta tolasi turkumlarini jamlash uchun zaxira yaratish maqsadida 2001-2002-yillarda 10-ilovaga* muvofiq mintaqaviy paxta terminallari faoliyat koʻrsatishini tashkil etsin.
* 10-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va bajarilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan zarur nazoratni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish boʻlinmasi mustahkamlansin, respublika apparatida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida va viloyat boʻlinmalarining har birida ular xodimlari soni tegishli ravishda 2 shtat birligiga koʻpaytirilsin.
13. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari va uyushma tarkibiga kiruvchi ochiq aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha 11-ilovaga* muvofiq maxsus komissiya tuzilsin.
* 11-ilova berilmaydi.
Attestatsiya komissiyasi 2001-yil 1-avgustgacha “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va uning tarkibiga kiruvchi ochiq aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazsin, shuningdek “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari raislarini va rais oʻrinbosarlarini tayinlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi Usmon Nosir koʻchasidagi 8a-uyga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzdavpaxtasanoatsotish”) faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 10-noyabrdagi 517-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga 3 va 4-ilovalar “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi korxonalariga nisbatan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 12-iyun,
252-son
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi muassislari
roʻyxati
1. “Qoraqalpoqpaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi
2. “Andijonpaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi
3. “Buxoropaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi
4. “Jizzaxpaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi
5. “Qashqadaryopaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi
6. “Navoiypaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi
7. “Namanganpaxtasanot” hududiy aksiyadorlik birlashmasi
8. “Samarqandpaxtasanot” hududiy aksiyadorlik birlashmasi
9. “Surxondaryopaxtasanot” hududiy aksiyadorlik birlashmasi
10. “Sirdaryopaxtasanot” hududiy aksiyadorlik birlashmasi
11. “Toshkentpaxtasanot” hududiy aksiyadorlik birlashmasi
12. “Fargʻonapaxtasanot” hududiy aksiyadorlik birlashmasi
13. “Xorazmpaxtasanot” hududiy aksiyadorlik birlashmasi
14. “PAXTASANOATILM” ochiq aksiyadorlik jamiyati Respublika ilmiy markazi, Toshkent shahri
15. “Markazlashgan respublika taʼminot bazasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining tuzilmasi
Izoh:
VMU — Viloyat mexanizm ustaxonalari
MTT bazasi — Moddiy-texnika taʼminoti bazalari
XTQB — Xoʻjalik hisobidagi taʼmirlash-qurilish boshqarmalari
TMAJ — Taʼmirlash-mexanika aksiyadorlik jamiyati
QK — Qoʻshma korxonalar
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasi
Jami xodimlar soni: 58 kishi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 21-son, 172-modda)
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasi
Xodimlar jami soni: 42—49 kishi. Navoiy viloyatida — 42 kishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida — 46 kishi, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida — 49 kishi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazi toʻgʻrisida
nizom
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazi (keyingi oʻrinlarda “Markaz” deb ataladi) “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining kontraktatsiya shartnomalarining tuzilishi, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va paxta tozalash korxonalariga oʻz vaqtida avans berilishi hamda paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari uchun uzil-kesil hisob-kitob qilinishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb ataladi) mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, hududiy aksiyadorlik birlashmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga, davlat standartlariga, yoʻriqnomalar va boshqa normativ hujjatlarga, hududiy aksiyadorlik birlashmasining qarorlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Markaz tarkibiga paxta xomashyosi kontraktatsiyasi shartnomalari boʻlimi, paxta mahsulotlarini sotish shartnomalari (kontraktlari) boʻlimi, paxta xomashyosini xarid qilish va paxta mahsulotlarini sotish boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar boʻlimi hamda bank va hisob-kitob operatsiyalari boʻlimi kiradi.
II. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
paxta tozalash korxonalari orqali xizmat koʻrsatuvchi banklar ishtirokida paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari bilan paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha kontraktatsiya shartnomalarini tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlari orqali Jamgʻarmadan olingan mablagʻlar hisobidan paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklariga avans berish, kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq paxta xomashyosi terimchilariga haq toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari bilan paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlari orqali paxta xomashyosini qayta ishlash natijalarini hisobga olgan holda uzil-kesil hisob-kitob qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
paxta mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan ular bilan Jamgʻarmadan olingan mablagʻlarning oʻrni qoplanishini nazarda tutib, oʻzaro hisob-kitob qilgan holda paxta tozalash korxonalari bilan shartnomalar tuzish;
(4-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-sentabrdagi 414-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 159-modda)
xizmat koʻrsatuvchi banklar bilan birgalikda Jamgʻarmaning paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlari orqali paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
joriy yil paxta xomashyosi hosilini qayta ishlash natijalari boʻyicha paxta mahsulotlarining natural balansini tayyorlash;
paxta tozalash korxonalarining xatlov dalolatnomalarini paxta xomashyosini qayta ishlash va paxta mahsulotlarini yetkazib berish natijalari boʻyicha tekshirish, ularni hududiy aksiyadorlik birlashmasi rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etish hamda keyinchalik tarmoq boʻyicha paxta mahsulotlarini yetishtirish va yetkazib berishga doir yigʻma natural balanslar tayyorlash uchun “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasiga berish.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq Markaz quyidagi funksiyalarni bajaradi:
paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer xoʻjaliklari va paxta tozalash korxonalari bilan paxta xomashyosi yetishtirish va uni qayta ishlash yuzasidan kontraktatsiya shartnomalarini ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazgan holda xizmat koʻrsatuvchi banklar ishtirokida rasmiylashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
paxta tozalash korxonalarining kontraktatsiya shartnomalarini bajarishlarini va ular tomonidan taqdim etiladigan qabul qilingan paxtaning miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini nazorat qiladi.
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-oktabrdagi 451-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 191-modda)
hududiy birlashma va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi rahbariyatiga taqdim etish uchun paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar va paxta tozalash korxonalari boʻyicha paxta xomashyosini tayyorlashning borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmadan paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlari orqali olingan mablagʻlar hisobidan paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq avans beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga topshirilgan paxta xomashyosi, shu jumladan terim uchun, umumiy tayyorlov hajmidan belgilangan miqdorda haq toʻlaydi;
paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar va paxta tozalash korxonalari bilan ularning maxsus hisob raqamlari orqali paxta xomashyosini qayta ishlash natijalarini hisobga olgan holda uzil-kesil hisob-kitob qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
paxta tozalash korxonalari bilan joʻnatilgan mahsulot uchun, Jamgʻarma mablagʻlarining oʻrni qoplanishini hisobga olgan holda, oʻzaro hisob-kitob qiladi;
(5-bandning sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-sentabrdagi 414-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 159-modda)
tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha maʼlumotlar tayyorlaydi va viloyat statistika organiga taqdim etadi;
tuzilgan shartnomalar va berilgan naryad-topshiriqnomalarga muvofiq joʻnatilgan paxta mahsulotlari uchun kelgan hisobvaraqlarni paxta tozalash korxonalari, yukni oluvchilar va toʻlovchilar boʻyicha hujjatlarning butligini, toʻgʻri va toʻliq toʻldirilganligini tekshirib hamda yuk joʻnatish hujjatlarini nazoratga olib roʻyxatdan oʻtkazadi;
paxta tozalash korxonalaridan kelgan hisobvaraqlar asosida idoralar va alohida tashkilotlar boʻyicha tezkor axborotlar tayyorlaydi;
berilgan hisobvaraqlar asosida paxta tozalash korxonalari boʻyicha kontraktlar, buyurtmachilar, joʻnatilgan yuk hajmi, mahsulot turlari (assortimenti)ni koʻrsatgan holda hisobot yuritadi;
kontraktlar va isteʼmolchilar boʻyicha pul mablagʻlarining kelib tushishi, ularning mahsulot yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblari ustidan nazorat qiladi va solishtiruv dalolatnomalarini tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tashqi savdo kompaniyalarga va respublikadagi isteʼmolchilarga mahsulot yetkazib berish yakunida buyurtmachilar bilan kontraktlar va shartnomalarni yopish dalolatnomalarini tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;
(5-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-sentabrdagi 414-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 159-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
tariflar, turdosh korxonalar va tashkilotlar xizmatlari narxlarining oʻzgarishi, daʼvo talabnomalari va xoʻjalik nizolarini koʻrib chiqish natijalarini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
qabul qilingan paxta xomashyosining konditsion vazni, uning qiymati toʻgʻri hisoblab chiqarilganligini, shuningdek paxta mahsuloti isteʼmolchilarga toʻgʻri joʻnatilganligini tekshiradi;
xoʻjalik nizolari va daʼvo talabnomalari boʻyicha xoʻjalik sudlariga hujjatlar tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
paxta tozalash korxonalari boʻyicha xomashyo va paxta mahsulotlari balansining tayyorlanishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
paxta mahsulotlarini tashqi savdo kompaniyalariga va respublikadagi isteʼmolchilarga yetkazib berish yuzasidan buyurtmachilar bilan xoʻjalik shartnomalarini rasmiylashtiradi;
(5-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-sentabrdagi 414-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 159-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
isteʼmolchilarga paxta mahsulotlarini davlat resurslaridan yetkazib berish yuzasidan paxta tozalash korxonalari bilan, shuningdek paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar oʻz resurslaridan mahsulot sotganda — ular bilan xoʻjalik shartnomalari tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
paxta tozalash korxonalari uchun tashqi savdo kompaniyalariga va respublikadagi isteʼmolchilarga paxta mahsulotlarini joʻnatishga doir naryad — topshiriqnomalarni bildirishnomalari va buyurtmachilarning joʻnatish rekvizitlariga qatʼiy rioya etgan holda rasmiylashtiradi;
(5-bandning yigirma birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-sentabrdagi 414-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 159-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
paxta tozalash korxonalarining tashqi savdo kompaniyalariga va respublikadagi isteʼmolchilarga paxta mahsulotlarini yetkazib berish kontraktlari va shartnomalarini bajarishlari ustidan nazorat qiladi;
(5-bandning yigirma ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-sentabrdagi 414-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 159-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
paxta tozalash korxonalari boʻyicha ular taqdim etadigan tezkor va statistika maʼlumotlari asosida xomashyo, paxta mahsulotlari resurslarining harakati, uning qoldiqlariga doir qatʼiy hisobot yuritadi;
paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar va paxta tozalash korxonalarini moliyaviy taʼminlash hajmlariga oid hisob-kitoblarning Jamgʻarmaga oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi va tushgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qiladi;
xizmat koʻrsatuvchi banklar bilan birgalikda Jamgʻarmaning paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar va paxtani qayta ishlash korxonalariga yoʻnaltirilgan mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qiladi;
paxta tozalash korxonalarining xatlov dalolatnomalarini paxta xomashyosini qayta ishlash natijalari boʻyicha tekshiradi, ularni tasdiqlash uchun hududiy birlashma rahbariyatiga taqdim etadi hamda xomashyodan foydalanish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish balansini keyinchalik tarmoq boʻyicha yigʻma balansga kiritish uchun “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasiga beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
taqdim etilgan hisob-kitoblar, shartnomalar, xatlar va birlamchi hujjatlarga muvofiq mablagʻlarni “Paxta-bank”ning viloyat boʻlimlaridagi hisob-kitob va ssuda hisob raqamlari orqali mablagʻlarni mahsulot yetkazib beruvchilarga va boshqa tashkilotlarga oʻtkazadi;
paxta tozalash korxonalari boʻyicha debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisida har oyning 1 va 15 sanasidagi holat boʻyicha tezkor maʼlumotlar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz mutaxassislarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan oʻtkaziladigan taftish va tekshirishlarda ishtirok etishini taʼminlaydi hamda Markaz, hududiy birlashma va uning tarkibiga kiruvchi paxta tozalash korxonalarining faoliyati bilan bogʻliq zarur axborot, hisobotlar va boshqa maʼlumotlarni taqdim etadi.
(5-bandning yigirma toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-sentabrdagi 414-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 159-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
III. Markazning huquqlari
6. Zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida Markaz:
belgilangan tartibda paxta tozalash korxonalari, ular tarkibiy boʻlinmalarining paxta xomashyosi tayyorlash, uni qayta ishlash va paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan hisob-kitob qilish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirish;
paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar va paxta tozalash korxonalari bilan kontraktatsiya, shuningdek paxta mahsulotlarini sotish shartnomalarini tayyorlash va rasmiylashtirish;
paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklardan, paxta tozalash korxonalaridan kontraktatsiya shartnomalari, paxta mahsulotlarini yetkazib berish shartnomalarining bajarilishi, Jamgʻarma mablagʻlari va mahsulot sotishdan tushgan mablagʻlar harakati va ulardan foydalanish bilan bogʻliq axborot, maʼlumotlar, hisobotlarni talab qilish va olish;
zimmasiga yuklangan vazifalar doirasida mazkur Nizom va hududiy aksiyadorlik birlashmasi toʻgʻrisidagi nizomdan, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Markaz faoliyatini tashkil etish
7. Markazga lavozimiga koʻra “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari hisoblanadigan va belgilangan tartibda uning buyrugʻi bilan tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Markaz xodimlari lavozimlarga hududiy aksiyadorlik birlashmasi boshqaruvining raisi tomonidan Markaz boshligʻining tavsiyasi bilan mutaxassisligi boʻyicha amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasining 1-2 tadan mintaqaviy inspektorlari biriktirib qoʻyiladi. Ular jamgʻarmaning mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi va paxta xomashyosi yetishtirishga avans berishning barcha bosqichlarida oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi, paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari uchun hisob-kitob qilinishi ustidan kundalik nazorat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Markazning javobgarligi
10. Markaz kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi, paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar va paxta tozalash korxonalari bilan qilinadigan hisob-kitobning toʻgʻriligi, Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi, shuningdek mazkur Nizomdan va hududiy aksiyadorlik birlashmasi toʻgʻrisidagi nizomdan kelib chiqadigan boshqa vazifalarning bajarilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilariga Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi orqali avans berish sxemasi
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilariga Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi orqali avans berish sxemasiga
ILOVA
ILOVA
1. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasining tijorat agentlari) paxta tozalash zavodlari orqali xizmat koʻrsatuvchi banklar ishtirokida paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari bilan (keyingi oʻrinlarda “qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari” deb ataladi), ularni “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasida belgilangan tartibda sugʻurtalagan holda kontraktatsiya shartnomalari tuzadilar.
2. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari “Paxta-bank” bilan birgalikda tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari hajmlariga muvofiq hisob-kitob asosida bosqichma-bosqich avans berish uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydilar uni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb ataladi)ga yuboradilar.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari va “Paxta-bank” Jamgʻarma bilan davlat ehtiyojlari uchun paxta xarid qilishni mablagʻ bilan taʼminlash yuzasidan Bosh bitim tuzadilar.
3. Qishloq xoʻjaligi yili boshida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Markaziy bank, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari hamda “Paxta-bank” bilan birgalikda, qishloq xoʻjaligi ishlarining texnologik jarayonlari va xaritalaridan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun belgilangan xarid narxlaridan kelib chiqib, paxta yetishtirishni mablagʻ bilan taʼminlash uchun uni yetishtirishga avans berish jadvali va miqdorlarini belgilagan holda mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojlar hisob-kitobini tuzadi.
Jamgʻarma qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga avans berish uchun tuzilgan Bosh bitimga muvofiq va paxta yetishtirish uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojning har yilgi prognoz hisob-kitobidan kelib chiqib “Paxta-bank”ga alohida transhlar bilan maqsadli mablagʻlar ajratadi.
Bunda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berilgan urugʻlik chigit va koʻrsatilgan boshqa xizmatlar qiymati avans summasiga qoʻshiladi. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tomonidan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot bilan avans berishga faqat Jamgʻarma roziligi bilan ruxsat etiladi.
4. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari kontraktatsiya shartnomalari asosida “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari foydasiga avans toʻlovi qaytarilishi toʻgʻrisida kafolatnomalar berish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankka buyurtmanoma beradilar.
Kafolat operatsiyalarini rasmiylashtiruvchi bank xodimi kafolatnoma berishga buyurtmanomalarning mavjudligini, ularning toʻgʻri rasmiylashtirilganligi (kafolatnoma loyihasining namunaviy shaklga va kontraktatsiya shartnomasi shartlariga muvofiqligi)ni tekshiradi. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kafolatnoma “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat koʻrsatuvchi bankka joʻnatiladi, bank “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasini bundan xabardor qiladi va ayni bir vaqtda u qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bankida “Bank tomonidan chiqarilgan kafolatnomalar” balansdan tashqari 90993-son hisob raqamida hisobga olinadi.
Avans toʻlovini qaytarish kafolatnomasi summasini kamaytirish kontraktning bajarilishiga qarab, agar u akreditiv boʻyicha mahsulot uchun yakuniy hisob-kitob qilishda avansni qaytarish summasi koʻrsatilgan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi bankidan olingan xabarnoma asosida kafolatnoma shartlariga muvofiq kelsa, amalga oshiriladi.
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi banki olingan kafolatnomaning haqiqiyligini va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshiradi, uni maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkazadi, unda quyidagi rekvizitlar boʻlishi kerak: kafolatnoma raqami; buyurtmanomasi boʻyicha kafolatnoma berilgan mijozning yoki vakolatli bankning nomi; foydasiga kafolatnoma berilgan tijorat tashkilotining nomi; kafolatnoma sanasi; kafolatnoma summasi; kafolatnomaning amal qilish muddati va shu kabilar.
Barcha xabar qilingan kafolatnomalar “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi bankidagi 94500-son “Garovni taʼminlash sifatidagi qimmatbaho qogʻozlar” balansdan tashqari hisob raqamida hisobga olinadi.
5. Jamgʻarmaning toʻlov topshiriqnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar boshqarmasining hisob-kitob kassalari markazi maqsadli mablagʻlarni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berishga avans berish uchun keyinchalik “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus maqsadli hisob raqamiga yoʻnaltirish maqsadida “Paxta-bank”ning 29801-son “Mijozlar bilan hisob-kitob qilish” hisob raqamiga oʻtkazadi.
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq “Paxta-bank” bank kafolatnomasi doirasida “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari foydasiga paxta xomashyosi tayyorlash toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlariga muvofiq terimchilar, yordamchi xodimlar va kombaynchilar bilan hisob-kitob qilishni hisobga olgan holda kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha xarid qilinadigan paxta xomashyosi qiymatining 50 foizigacha miqdorda avans toʻlovlarini amalga oshiradi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzgan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari avans mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanilgan va ular mahsulot yetkazib berish bilan qoplanmagan hollarda avans mablagʻlarini qaytarish toʻgʻrisida qoʻyilgan muqobil bank kafolatnomalaridan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga avans berishga maqsadli mablagʻlar oʻtkazadilar. Mablagʻlar har bir xoʻjalik uchun maxsus ochiladigan 23210-son hisob raqamiga oʻtkaziladi.
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tushgan maqsadli mablagʻlarni Jamgʻarma bilan kelishilgan shartlarda faqat qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga kelgusi hosil uchun avans berishga yoʻnaltiradilar. Ajratilgan mablagʻlarning foydalanilmagan qismi Jamgʻarmaga qaytariladi.
6. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun avans berish maqsadida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga maxsus maqsadli hisob raqamlari orqali tushgan mablagʻlardan Markaziy bank bilan kelishgan holda Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining mehnatga haq toʻlash va u bilan bogʻliq toʻlovlar, kechiktirib boʻlmaydigan toʻlovlar, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining mavjud qarzlaridan kelib chiqib, kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar va zaharli ximikatlar, qishloq xoʻjaligi texnikasi va ularga ehtiyot qismlar, elektr energiyasi, gaz, “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi badallariga toʻlash uchun, shuningdek xarajatlarning belgilangan limitlari va normativlaridan kelib chiqib boshqa yetkazib beruvchilardan kreditorlik qarzlarni uzish uchun foydalaniladi. Avansning foydalanilmagan qismi xoʻjaliklar tasarrufida maxsus maqsadli hisob raqamlarida qoladi va keyinchalik ulardan yuqorida bayon qilingan maqsadlar uchun foydalaniladi.
***
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining Paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi hisob-kitobi markazlaridagi oʻz mintaqaviy inspektorlari orqali “Paxta-bank” bilan birgalikda Jamgʻarmaning avans mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi va paxta xomashyosi yetishtirishga avans berishning barcha bosqichlarida oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi ustidan kundalik nazoratni amalga oshiradi.
“Paxta-bank” paxta tozalash korxonalari va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining depozit va maxsus hisob raqamlari ochilishi hamda operatsiyalar toʻgʻri oʻtkazilishi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilari bilan Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi orqali hisob-kitob qilish sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilari bilan Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi orqali hisob-kitob qilish sxemasiga
ILOVA
ILOVA
Akkreditiv ochish
1. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi akkreditiv ochish uchun belgilangan shaklda 2 nusxada ariza toʻldiradi va “Paxta-bank”ga taqdim etadi.
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi topshirigʻiga koʻra “Paxta-bank” tomonidan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi uchun ochilgan maxsus maqsadli hisob raqamidan paxta tozalash korxonalari foydasiga akkreditiv qoʻyiladi.
Akkreditiv summasi toʻlangan avans summasini chegirib tashlagan holda tayyorlanadigan paxta xomashyosi qiymatining 80 foizini tashkil etadi. Qolgan 20 foizi paxtani qayta ishlash va tolani sotish natijalarini hisobga olgan holda yakuniy hisob-kitob qilishda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Paxta-bank” “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasidan olingan buyurtmanoma asosida qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari (keyingi oʻrinlarda “qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari” deb ataladi)dan amalda xarid qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish maqsadida mablagʻ olish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb ataladi)ga murojaat qiladi, bunda avans toʻlovlari, shu jumladan urugʻlik, idishlar, oʻrash materiallari va boshqa xizmatlar tarzidagi natura avanslari chegirib tashlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Jamgʻarma, kutilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hosili hajmidan kelib chiqib, “Paxta-bank” hamda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi bilan tuzilgan Bosh bitim asosida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan amalda xarid qilingan paxta xomashyosi uchun hisob-kitob qilish maqsadida (avans toʻlovlari, shu jumladan urugʻlik, idishlar, oʻrash materiallari va boshqa xizmatlar tarzidagi natura avanslarini chegirgan holda) maqsadli mablagʻlar ajratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning toʻlov topshiriqnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar boshqarmasining hisob-kitob kassalari markazi maqsadli mablagʻlarni, keyinchalik “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus maqsadli hisob raqamiga yoʻnaltirish maqsadida “Paxta-bank”ka 29801-son “Mijozlar bilan hisob-kitob qilish” hisob raqamiga oʻtkazadi. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlariga akkreditivlar ochish uchun yoʻnaltiradi.
4. “Paxta-bank” arizaning toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshiradi va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining foydasiga akkreditiv ochilganligi toʻgʻrisida ijro etuvchi bank (“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi banki)ni elektron tizimi orqali xabardor qiladi. Ayni bir vaqtda akkreditiv summasi koʻzda tutilmagan vaziyatlar uchun moʻljallangan balansdan tashqari 90909-son “Chiqarilgan akkreditivlar” hisob raqamiga kirim qilinadi.
“Paxta-bank” filiali akkreditiv summasini qoplash mablagʻlarini elektron toʻlovlar tizimi boʻyicha ijro etuvchi bankka oʻtkazadi, keyinchalik mazkur mablagʻlar “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining 22602-son “Mijozlarning akkreditivlar boʻyicha depozitlari” akkreditiv hisob raqamiga yozib qoʻyiladi.
Ijro etuvchi bankda akkreditivga oid elektron ariza ikki nusxada ochib chiqariladi, uning bir nusxasi bankning kundalik hujjatlariga tikib qoʻyiladi, ikkinchi nusxasi “Toʻlov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” 1-son kartotekaga qoʻyiladi. Soʻngra ijro etuvchi bank “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasini uning foydasiga akkreditiv ochilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi akkreditiv shartlarini shartnoma shartlari bilan solishtiradi va uning foydasiga akkreditiv ochilganligi toʻgʻrisida bank bildirishnomasini olgan vaqtdan boshlab 3 bank kuni mobaynida akkreditiv shartlarini qabul qilishga roziligi yoki rozi boʻlmaganligini yozma shaklda maʼlum qiladi. Akkreditivni qabul qilish rad etilgan taqdirda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi shartnomaga muvofiq akkreditiv shartlariga oʻzgartirishlar kiritishni yoki mazkur akkreditivni bekor qilishni talab qiladi. Hech qanday javob boʻlmagan taqdirda akkreditiv qabul qilingan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Akkreditivni oʻtkazish
5. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga asosan oʻzining “transfer”, yaʼni chaqirib olinmaydigan ochiq hujjatlashtirilgan akkreditivni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga mablagʻlar taʼminotisiz oʻtkazib qayta avizo qilish huquqidan foydalanadi. Ushbu maqsadda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi akkreditiv shartlarini butun summa yoki uning bir qismi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisi foydasiga qayta avizo qilish uchun ijro etuvchi bankka yozma koʻrsatma beradi.
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining topshiriq xatida akkreditivni (toʻliq yoki qisman) bankning muayyan muassasasiga yoki toʻgʻridan toʻgʻri paxta tozalash korxonasining maxsus hisob raqamiga oʻtkazib berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va korxonani hujjatlar qabul qilinganligi va joʻnatilganligi, shuningdek bank muassasasini akkreditiv shartlari oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish tartibi haqida koʻrsatma boʻlishi kerak.
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining akkreditiv shartlarini paxta tozalash korxonasining maxsus hisob raqami orqali qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisi foydasiga berish toʻgʻrisidagi topshirigʻiga koʻra ijro etuvchi bank akkreditivni oʻtkazish toʻgʻrisida bildirishnomani rasmiylashtiradi.
Akkreditivlarni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisining bank muassasasiga (avizo qiluvchi bankka) bajarish uchun berishda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi ularni oʻz hisobida qoldiradi. Tegishli ravishda, “Paxta-bank” akkreditivning bajarish uchun berilganligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Har bir oʻtkazilgan akkreditiv boʻyicha batafsil hisob yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Avizo qiluvchi bank qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisi foydasiga akkreditiv ochilganligi toʻgʻrisida bildirishnoma olgach, uni balansdan tashqari 90961-son (“Xabar qilingan akkreditivlar”) hisob raqamida hisobga oladi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisi, akkreditivni olgach, akkreditiv shartlarini tekshiradi; akkreditiv shartlari kontraktatsiya shartlariga muvofiq boʻlgan taqdirda oʻz roziligi toʻgʻrisida avizo qiluvchi bankka oʻz foydasiga akkreditiv ochilganligi toʻgʻrisida bank bildirishnomasi olingan vaqtdan boshlab 3 bank kuni mobaynida xabar beradi.
Akkreditivga barcha oʻzgartirishlar faqat “Paxta-bank” tomonidan akkreditivning asl nusxasi paxta tozalash zavodiga avizo qilingan usulda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasidan yozma shaklda olingan yoʻriqnoma asosida kiritiladi. Oʻzgartirish “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining yozma shakldagi roziligi mavjud boʻlgan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zarurat boʻlganda oʻzgartirishlar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisiga avizo qilingan akkreditivga ham kiritilishi mumkin. Har qanday oʻzgartirish uning akseptiga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisining roziligi mavjud boʻlganda qabul qilingan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Akkreditivni bajarish
6. Mablagʻlarni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining maxsus hisob raqamlariga oʻtkazish ular tomonidan ijro etuvchi bankka akkreditiv shartlarining bajarilganligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi:
Paxta va paxta mahsuloti kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazining boshligʻi, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi, paxta tozalash zavodi va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisining rahbarlari va bosh buxgaltyerlari tomonidan imzolangan, har 5 kun boʻyicha kontraktning bajarilishiga oid solishtirish dalolatnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
paxta boʻyicha PK-17 qabul qilish-topshirish kvitansiyalari.
Ijro etuvchi hujjatlar bankka qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisi yoki unga xizmat koʻrsatuvchi bankning pullarni oluvchining rekvizitlari koʻrsatilgan xati bilan yuboriladi.
7. Ijro etuvchi bank toʻlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning Tekshirish varaqasi boʻyicha akkreditiv shartlariga muvofiqligini puxta tekshiradi va mahsulotlar belgilangan tartibda yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan keyin 7 bank kuni mobaynida ushbu hujjatlarda koʻrsatilgan summani amaldagi akkreditivning depozit hisob raqamidan hisobdan chiqaradi, soʻngra mablagʻlarni paxta xomashyosi uchun, ilgari olingan, shu jumladan urugʻlik chigit va materiallar tarzida olingan avansni ushlab qolgan holda, amalda yetkazib berilgan paxta xomashyosi qiymatining 80 foizi miqdorida hamda olingan va sotilgan tolani hisobga olgan holda yakuniy hisob-kitob uchun 20 foizi miqdorida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisining hisob raqamiga oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Maxsus maqsadli hisob raqamlari orqali qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga kelib tushgan mablagʻlardan Markaziy bank bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq mehnatga haq toʻlash hamda uning bilan bogʻliq toʻlovlar, kechiktirib boʻlmaydigan toʻlovlar, qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi va unga moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchi korxonalar va tashkilotlar bilan hisob-kitob qilish uchun foydalaniladi.
9. Mablagʻlar toʻlangandan keyin ijro etuvchi bank ilova xati tayyorlaydi va paxta tozalash korxonasi, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisi va ijro etuvchi bank tomonidan imzolangan uch tomonlama tuzilgan solishtirish dalolatnomasini amalga oshirilgan toʻlov tasdiqnomasi bilan “Paxta-bank”ka joʻnatadi.
“Paxta-bank” filiali hujjatlarni olgach summani hisobdan chiqaradi va hujjatlarni toʻlov summasi va sanasini koʻrsatgan holda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga beradi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisining bankidagi akkreditiv quyidagi hollarda yopiladi:
a) akkreditiv muddati tugaganda. Ijro etuvchi bank “Paxta-bank”ni akkreditiv yopilishi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
b) agar akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisining bundan buyon akkreditivdan uning belgilangan muddati tugamasdan foydalanishdan voz kechishi toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra. Bunda “Paxta-bank”ka ijro etuvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi. Foydalanilmagan summa “Paxta-bank”ning mablagʻlar deponent qilingan hisob raqamiga yoki kreditni qoplash hisobiga oʻtkaziladi;
v) “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisining, agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, akkreditivni toʻliq yoki qisman chaqirib olish toʻgʻrisidagi ikki tomonlama roziligiga koʻra akkreditiv ijro etuvchi bankdan xabar olingan kuni yopiladi yoki “Mijozlarning akkreditivlar boʻyicha depozitlari” 22602-son balans hisob raqamidagi qoldiq summadan oshmaydigan miqdorda kamaytiriladi. Akkreditiv yopilganligi toʻgʻrisida “Paxta-bank”ga bildirishnoma yuboriladi.
***
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi hisob-kitoblarning barcha bosqichlarida “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining Paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazlaridagi oʻz mintaqaviy inspektorlari orqali “Paxta-bank” bilan birgalikda Jamgʻarma mablagʻlarining harakati hamda paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari uchun hisob-kitoblarning amalga oshirishi ustidan kundalik nazoratni olib boradi.
“Paxta-bank” paxta tozalash korxonalari va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining depozit va maxsus hisob raqamlarining ochilishi hamda operatsiyalar toʻgʻri oʻtkazilishi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 11-son, 67-modda; 2002-y., 21-son, 172-modda; 2003-y., 17-18-son, 159-modda; 20-son, 191-modda; 2004-y., 43-son, 456-modda; 2005-y., 21-son, 152-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)