16.08.2017 yildagi 640-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“UNICON.UZ” davlat unitar korxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar faoliyatini ragʻbatlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Chinobod neft bazasi” unitar korxonasiga qarashli Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 17-mavze, Yangi shahar koʻchasi, 1a-uy manzilidagi Poligrafiya sexi binosi (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) ishlab chiqarish maydonlaridan uzoq yillardan beri foydalanilmayotganligi va boʻsh turganligi, asbob-uskunalarning mavjud emasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzneftmahsulot” AJ hamda Toshkent shahri hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni tegishli hududi bilan birgalikda “Oʻzneftmahsulot” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini obyektning balans qiymati summasiga kamaytirish hisobiga “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasiga (keyingi oʻrinlarda “UNICON.UZ” DUK deb ataladi) davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi bilan berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“UNICON.UZ” DUK tomonidan obyekt negizida axborotni himoya qilish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “UNICON.UZ” DUKga axborotni himoya qilish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni (keyingi oʻrinlarda loyihalar deb ataladi) amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 31-dekabrgacha qurilish-montaj ishlarini loyihalashtirish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilishi bilan birgalikda loyiha oldi hujjatlari bir bosqichli tartibda ishlab chiqilishiga, istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzneftmahsulot” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning bir oy muddatda “UNICON.UZ” DUKga berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Oʻzneftmahsulot” AJ ustav kapitalida davlat ulushi “UNICON.UZ” DUKga beriladigan obyektning balans qiymati summasiga kamaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Rele va Avtomatika” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 22-iyundagi 411-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchisi Sh. Shermatov va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 16-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
640-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 640-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Rele va Avtomatika” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-iyundagi 411-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “va “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda “UNICON.UZ” DUK” deb ataladi)” va “axborotni himoya qilish vositalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Belgilansinki, “Rele va Avtomatika” AJ binolari va inshootlarining bir qismi tutash hududi bilan birgalikda belgilangan tartibda baholash tashkiloti tomonidan belgilangan qiymat boʻyicha, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalari joylashtirilgan holda davlatning ulushini koʻpaytirish hisobiga “Oʻzbektelekom” AKga beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va “UNICON.UZ” DUK” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 5-bandning birinchi xatboshisidagi “va “UNICON.UZ” DUK” va “axborotni himoya qilish vositalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “axborotni himoya qilish vositalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 865-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/966/2233-son)