16.08.2017 yildagi PQ-3217-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz turizm industriyasi jadal rivojlanishi uchun qisqa muddatda eng qulay shart-sharoit, iqtisodiy, maʼmuriy va huquqiy muhit yaratish, jumladan, sohada xususiy sektorning ustuvor ishtirokini taʼminlash, uning raqobatbardoshligi va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, hududlarning iqtisodiy salohiyati va daromadlari bazasini kengaytirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish, milliy turizm mahsulotlarini jahon bozorida faol va kompleks ilgari surish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2018-2019-yillarda turizmni rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorda koʻzda tutilgan va Birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirishning manbalari etib tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbuskorlari, vazirlik va idoralar — ijrochilarning oʻz mablagʻlari, jalb etilayotgan tijorat banklarining kreditlari, chet el investitsiyalari, xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlarning zayom va grantlari, xayriya mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vazirlik va idoralar — masʼul ijrochilar bilan birgalikda koʻzda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlasin, har chorakda Birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturining ijrosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligiga axborot taqdim etsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining (Abduhakimov) 2018-2019-yillarda chet davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha xalqaro shartnomalar ishlab chiqish va ularni imzolashga tayyorlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga (Abduhakimov) xorijiy hamkorlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha xalqaro shartnomalarni tayyorlash va ularni imzolashni tashkil etishda amaliy koʻmak bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xorijlik turistlar, jumladan, ziyorat qilish maqsadida kelayotgan turistlar uchun viza va roʻyxatdan oʻtish tartibotlarini bosqichma-bosqich soddalashtirishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda chuqur oʻrganish asosida fuqarolariga 2018-yilning 1-yanvaridan viza tartibini soddalashtirish taklif etilayotgan mamlakatlar hamda fuqarolariga maxsus ziyorat turizmi dasturlari taklif etiladigan davlatlar roʻyxati boʻyicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatlar fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish boʻyicha takliflarni ushbu davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish darajasidan, jahon turizm bozorining konyunkturasi hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi vaziyatdan kelib chiqqan holda muntazam ravishda kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduhakimov) “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (Tyan) bilan birgalikda Malayziya, Indoneziya va boshqa mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasidagi muqaddas qadamjolarga ziyorat turizm yoʻnalishidagi sayyohlarni jalb qilish boʻyicha ishlarni faollashtirsin, bu borada kerakli reklama tadbirlarini oʻtkazsin, logistika, jumladan, charter reyslarni tashkil etish masalalarini hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, (Abduhakimov), Iqtisodiyot vazirligi (Saidova) va qator tijorat banklarining Buxoro va Samarqand shaharlaridagi turizm hududlari tajribasi asosida Urganch, Toshkent shaharlari va Fargʻona viloyatida turizm hududlari, shuningdek, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida togʻ klasterlarini bosqichma-bosqich tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda 2018 — 2022-yillarda turizm hududlari va togʻ klasterlarini tashkil etishning tashkiliy-texnik masalalarini koʻzda tutadigan hukumat qarorini qabul qilsin, unda loyihalarni birgalikda moliyalashtirish va kreditlash uchun masʼul tijorat banklarini belgilashni nazarda tutsin, shuningdek, chet el sarmoyadorlarini oʻz vaqtida jalb qilish, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalari ajratilishi, qurilish ishlarining boshlanishi va sifatli yakuniga yetkazilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduhakimov) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Ahmedxoʻjayev) bilan birgalikda tashkil etilayotgan turizm hududlari va togʻ turizmi klasterlariga chet el investitsiyalarini jalb qilish, shuningdek, yangi mehmonxonalar qurish uchun respublikaga yetakchi mehmonxona brendlarini taklif qilish yoki mamlakatimizdagi mehmonxona xoʻjaliklarini ular boshqaruviga berish boʻyicha choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga yangi mehmonxonalar va boshqa turizm infratuzilma inshootlari qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun uzoq muddatli (15 yilgacha) kreditlar ajratishni amaliyotga joriy qilish, bunda kredit va foizlarni qoplashning mehmonxonalar kapital talabliligi va mavsumiy yuklanganligini hisobga oluvchi sharoitdan kelib chiqadigan talablarni nazarda tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, mehmonxonalar va boshqa turizm obyektlarida xalqaro toʻlov tizimlari bilan ishlaydigan bankomat va terminallar miqdorini tubdan koʻpaytirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga toʻlovlarni chet el valyutasida qabul qilish, jumladan, aloqasiz elektron toʻlovlarni joriy qilish boʻyicha qoʻshimcha qulayliklar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga chet el valyutasidagi mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar, terminallar ijarasi, erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi naqd pullarni inkassatsiya qilish va chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar uchun yigʻimlarning (komissiya toʻlovlarining) miqdori maksimal darajada maqbul boʻlishini taʼminlash tavsiya qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 16-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3217-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-2019-yillarda chet davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha xalqaro shartnomalar ishlab chiqish va ularni imzolashga tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Turkiya Respublikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Italiya Respublikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Germaniya Federativ Respublikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fransiya Respublikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ispaniya Qirolligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vyetnam Sotsialistik Respublikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tojikiston Respublikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qirgʻiziston Respublikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Gruziya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy turistlar, jumladan, ziyorat qilish maqsadida kelayotgan turistlar uchun viza va roʻyxatdan oʻtish tartibotlarini bosqichma-bosqich soddalashtirishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

M.I. Atayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari

A.A. Abduhakimov

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

A.A. Kurmanov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi (kelishuv boʻyicha)

lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti mudiri

kelishuv boʻyicha

tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

kelishuv boʻyicha

Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari

R.O. Eminjonov

xizmat raisining oʻrinbosari Milliy xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari qoʻmondoni

D.A. Nazarmuxamedov

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

V.I. Norov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori

R.A. Sayfulov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatining shuʼba mudiri

A.K. Sharapov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatining shuʼba mudiri

O.O. Yusupov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qoʻmitasi raisi

B.Ya. Raimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

T.E. Uljayev

Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi

U.Sh. Tashxodjayev

Ichki ishlar vazirligi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari

B.B. Azizov

Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasi boshligʻi

Sh.Sh. Sharaxmetov

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Ishchi guruh masʼul kotibi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh tarkibi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh raisiga muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibiga yangi aʼzolarni kiritish, shuningdek, boshqa vazirliklar va idoralar ekspertlari va mutaxassislarini jalb qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mamlakatimizda ish oʻrinlari yaratish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, valyuta tushumlarini koʻpaytirish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yaqin istiqbolda hal qilish uchun keng salohiyatga ega boʻlgan turizm sohasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu maʼnoda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinishi davlatimiz tomonidan turizm sohasida amalga oshirilayotgan siyosatning mantiqiy davomi boʻlib, turizm sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy, maʼmuriy va huquqiy muhitni yaratgan holda, eng samarali tartibni joriy etish, hududlarning iqtisodiy salohiyati va daromadlari bazasini kengaytirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, yurtimizga keladigan turistlar oqimini koʻpaytirish, shuningdek, milliy turizm mahsulotlarini jahon bozorida faol va kompleks ilgari surishga qaratilgan.

Xususan, qaror bilan sohada meʼyoriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Oʻzbekistonga sayohatlarni arzonlashtirish, yurtimizning barcha hududlarida turizmni va soha bilan bogʻliq infratuzilmani rivojlantirish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va yangi turizm obyektlari tashkil etish, shuningdek, milliy turizm mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda faol va kompleks ilgari surishga qaratilgan 2018-2019-yillarda turizmni rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatimiz hududlarida zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlariga alohida eʼtibor qaratilgan. Shu maqsadda Dasturga muvofiq, Andijon viloyati Xonobod shahrida dam olish hududlari, Jizzax viloyati Forish va Arnasoy tumanlarida Aydar-Arnasoy koʻllari sohilida beshta yangi zamonaviy dam olish hududlari tashkil etish, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz va Qarshi shaharlarida toʻrt yulduzli mehmonxonalar, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chimyon togʻ massivida mehmonxona majmuasi barpo etish, shuningdek, Navoiy viloyatida Toʻdakoʻlning janubiy sohilida ichki turizm va Aydarkoʻl sohillarida xorijlik turistlar uchun plyajlar tashkil etish koʻzda tutilgan.

Shu bilan birga, qarorda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida 2018-2019-yillarda turizmni rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishini muntazam oʻrganish tizimini joriy qilish belgilangan. Shu maqsadda:

Dastur ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish, vazirlik va idoralarning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish, yurtimizda turizm sohasi rivojiga toʻsqinlik qilayotgan masalalarni tezkor koʻrib chiqish va hal qilish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi;

rejalashtirilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq ijro etilishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida faoliyat yuritadigan turizmni rivojlantirish boʻyicha hududiy kengashlar tashkil etildi.

Qarorda turizmni rivojlantirish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni bajarishga yoʻnaltirilgan qator topshiriqlar belgilangan:

Oʻzbekistondagi muqaddas qadamjolarga ziyorat turizmi yoʻnalishi boʻyicha sayyohlarni jalb qilish, bunda logistika, jumladan, charter reyslarni tashkil etish masalalarini hal qilish;

Buxoro va Samarqand shaharlaridagi turizm hududlari tajribasi asosida Urganch, Toshkent shaharlari va Fargʻona viloyatida turizm hududlari, shuningdek, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida togʻ klasterlarini bosqichma-bosqich tashkil etish;

tashkil etilayotgan turizm hududlari va togʻ (togʻoldi) turizm klasterlariga chet el sarmoyadorlarini jalb qilish, shuningdek, yangi mehmonxonalar qurish uchun yurtimizga yetakchi mehmonxona brendlarini taklif qilish yoki mamlakatimizdagi mehmonxona xoʻjaliklarini ular boshqaruviga topshirish.

Shu munosabat bilan xorijlik turistlar uchun viza tartibotini soddalashtirish va ziyorat turizmini tashkil etish boʻyicha takliflarni muntazam kiritib borish koʻzda tutilmoqda. Mazkur vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida xorijlik fuqarolar uchun viza va roʻyxatga olish tartibini bosqichma-bosqich soddalashtirish boʻyicha takliflarni ushbu davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish darajasidan, jahon turizm bozorining konyunkturasi hamda xalqaro va mintaqaviy vaziyatdan kelib chiqqan holda tayyorlash bilan shugʻullanuvchi doimiy faoliyat yuritadigan ishchi guruh tuzilmoqda.

Shu bilan birga, turizm sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qator xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli kelishuv va shartnomalar tuzishni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Qarorning muhim jihatlaridan biri, uning turizm sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilganidir. Shu maqsadda:

tadbirkorlik subyektlariga yangi mehmonxonalar va turizm infratuzilmasining boshqa inshootlarini qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun uzoq muddatli (15 yilgacha) kreditlar ajratish amaliyoti joriy qilinmoqda, bunda kredit va foizlarni qoplash uchun mehmonxonalarning moliyaviy tushumi va mavsumiy sharoitidan kelib chiqadigan talablar taqdim qilinmoqda;

tadbirkorlik subyektlariga chet el valyutasidagi mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar, terminallar ijarasi, erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi naqd pullarni inkassatsiya qilish va chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar uchun yigʻimlarning (komissiya toʻlovlarining) maqbul miqdorlari belgilanmoqda;

2022-yil 1-yanvarga qadar mehmonxonalar boshqaruv xodimi sifatida jalb qilingan malakali xorijlik mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash fondidan yagona ijtimoiy toʻlov toʻlashdan, shuningdek, mehmonxonalarga boshqaruv xodimi sifatida jalb qilinadigan malakali xorijlik mutaxassislarning daromadlari jismoniy shaxslarning daromad soligʻidan ozod etilmoqda.

Ushbu qaror mamlakatimiz turizm sohasining yanada rivojlanishiga yangi surʼat baxsh etib, unda belgilangan chora-tadbirlar ijrosiga xorijlik turistlar oqimi va turizm xizmatlari eksportini kengaytirish, tarmoqda yangi ish oʻrinlari yaratish asosida aholining bandlik darajasini oshirish, mehmonxonalar, sayyohlarni joylashtirishning boshqa vositalari va turizm faoliyati subyektlari sonining koʻpayishiga xizmat qiladi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 845-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son; 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)