14.08.2017 yildagi 625-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining axborotga boʻlgan va intellektual talablarini qondirish, voyaga yetmaganlar va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oʻsib kelayotgan avlodda axborot-mafkuraviy sohadagi daʼvat va tahdidlarga nisbatan immunitetni shakllantirish, jamiyatda boy milliy tarixiy-madaniy meros va maʼnaviy qadriyatlar haqidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan zamonaviy veb-resurslar yaratishni ragʻbatlantirish, shuningdek kontentni monetizatsiya qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2017 — 2019-yillarda Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish boʻyicha kompleks dastur (keyingi oʻrinlarda Kompleks dastur deb ataladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy kontent va veb-resurslarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish va ommalashtirish, ularni tashkiliy, moddiy-texnik va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻining milliy segmentini gʻoyaviy-mazmunan toʻldirish, foydalanuvchilarning, eng avvalo yoshlarning zamonaviy talablariga javob beradigan ommabop axborot resurslari, media-mahsulotlari, badiiy, multiplikatsion va hujjatli filmlarni yaratish va rivojlantirish, shuningdek internet-jurnalistikani rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda milliy kontentni rivojlantirish va xorijiy Internet jahon axborot tarmogʻi axborot resurslarida uning ulushini oshirish, Oʻzbekiston messenjerlari va ijtimoiy tarmoqlari faoliyatini takomillashtirish, ularning jozibadorligini oshirish hisobiga auditoriyasini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim kontentini yanada takomillashtirish, “ZiyoNET” taʼlim axborot tarmogʻi imkoniyatlarini kengaytirish, taʼlim muassasalari oʻquv dasturlari bilan integratsiyalangan zamonaviy veb-resurslarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻida yaratiladigan milliy axborot resurslarini yanada targʻib qilish va ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻining global va milliy segmenti rivojlanish tendensiyalarini doimiy oʻrganib borish, Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni shakllantirish, davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kompleks dasturni sifatli amalga oshirish uchun vazirliklar va idoralar, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining shaxsan masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni taʼminlasin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻidagi milliy kontentni yanada takomillashtirish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish maqsadida Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentining va global axborot makoni rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari va tendensiyalarini doimiy ravishda tizimli tahlil qilishni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsib kelayotgan avlodning maʼnaviy-axloqiy va madaniy-taʼlimiy darajasini yuksaltirish boʻyicha maqsadli vazifalarga javob beradigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi milliy kontentni yaratish va rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻidagi milliy kontentni rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veb-resurslar va milliy kontentni rivojlantirishni taʼminlash uchun qulay shart-sharoit va iqtisodiy ragʻbatlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-maʼrifiy, shuningdek aholi bilan qayta aloqani tashkillashtirishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish jarayonida davlat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, nodavlat notijorat tashkilotlariga Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontent va veb-resurslarni shakllantirish, rivojlantirish hamda targʻib qilishda tashkiliy-texnik, axborot va metodik yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentida raqobat muhitini shakllantirishda, milliy kontentni rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalar, homiylik mablagʻlari va grantlarni jalb etishda, shuningdek ushbu yoʻnalishda va davlat-xususiy sheriklikni tashkil etishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari ittifoqi va Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda Internet jahon axborot tarmogʻidagi milliy kontentni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni, erishilgan natijalarni keng yoritishni, shuningdek dolzarb va ijtimoiy-ahamiyatga ega boʻlgan axborot mahsulotlarini ommalashtirishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
625-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 858-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)