15.08.2017 yildagi F-5024-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi (keyingi oʻrinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) tasdiqlanishi strategik rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini amaliy roʻyobga chiqarishning boshlangʻich mexanizmi boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki sarhisoblar davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlarining Davlat dasturini samarali amalga oshirishga qaratilgan kuchlari, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar va xalqaro ekspertlarni faol jalb qilgan holda chinakam jipslashganligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor yoʻnalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta koʻrib chiqildi, 20 ta davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-huquq tizimi tubdan qayta koʻrib chiqildi. Sud hokimiyatining yagona oliy organi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan maʼmuriy nizolarni, shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan maʼmuriy sudlar tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tizimi isloh qilinib, ularning asosiy faoliyati fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga — “Xalq manfaatlariga xizmat qilish”ga yoʻnaltirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida soliq tizimi isloh qilindi, halol soliq toʻlovchilar — xoʻjalik yurituvchi subyektlarga soliq taʼtillari berilishi nazarda tutildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 13 339 ta loyiha amalga oshirildi, 2,1 trln. soʻm kredit oʻzlashtirildi, 10 ta erkin iqtisodiy zona, 5 ta kichik sanoat zonasi tashkil etildi, “Peugeot” va “Citroyon” brendi bilan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish boʻyicha zavod barpo etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sohada faqatgina joriy yilning birinchi yarmida 2,7 ming km. avtomobil yoʻllari qurildi va taʼmirlandi, 84 300 ta ish oʻrni yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2020-yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmoqda, uning doirasida 50 286 ta xonadondan iborat 1 136 ta koʻp qavatli uylarni, bundan tashqari, namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Millatlararo totuvlikni taʼminlash, chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropa Ittifoqi va 21 ta xorijiy mamlakat bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya, texnologiya va moliyaviy-texnik sohalarda 22 ta “yoʻl xarita”lari tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning borishi haqida aholi, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro jamoatchilikni keng xabardor qilish ishlari amalga oshirildi. Joylarda 6 mingga yaqin uchrashuvlar, ommaviy axborot vositalarida telekoʻrsatuv va chiqishlar tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, navbatdagi islohotlarni sifatli va oldindan rejalashtirish uchun 2017-yil yakunlari boʻyicha erishilgan natijalarni chuqur oʻrganish va puxta tahlil qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish natijalari haqida aholi va jamoatchilikni keng xabardor qilish, shuningdek, 2017-yilda mamlakatni rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilish va 2018-yilda navbatdagi islohotlarni rejalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Milliy komissiya tomonidan barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ijodiy va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, keksa avlod, ayollar va yoshlarning faol ishtirokida amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasining dastlabki yakunlari oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalar “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilning avgust-sentyabr oylari davomida statistik va boshqa maʼlumotlarni yigʻish, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni va barcha darajadagi davlat organlari faoliyatining natijalarini oʻrganish, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doira vakillari va xorijiy mutaxassislarni keng jalb etgan holda uchrashuvlar, “davra suhbatlari”, soʻrovlar, ekspert va jamoatchilik muhokamalari oʻtkazish orqali Harakatlar strategiyasini amalga oshirish yakunlari tizimli tahlil qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-dekabrga qadar muddatda mamlakatni rivojlantirish yakunlarini hisobga olgan holda “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosi” axborot-tahliliy sharhi nashr etilishi va tarqatilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini 2018-yilda amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqiladigan Davlat dasturi loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan dolzarb takliflarning tayyorlanishi, yigʻilishi va umumlashtirilishini, ularning 2017-yil 10-noyabrga qadar muddatda Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Milliy komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Harakatlar strategiyasini 2018-yilda amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqiladigan Davlat dasturi loyihasiga kiritiladigan takliflar faqat keng jamoatchilik bilan dastlabki muhokama qilingandan keyin koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalar bilan birgalikda ushbu farmoyishning ikkinchi bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni nazarda tutuvchi choralarni koʻrsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va xalqaro jamoatchilik oʻrtasida “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosi” axborot-tahliliy sharhini tarqatish, shuningdek, Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Milliy komissiyani xabardor qilish uchun ularning fikrlarini keyinchalik yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini 2018-yilda amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi loyihasiga kiritiladigan takliflarni tayyorlash jarayonida, zarurat boʻlganda xalqaro, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalarga ilgʻor xorijiy mamlakatlarning tegishli tajribasini oʻrganishni tashkil etishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalarning asoslantirilgan takliflari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan mazkur farmoyish ijrosi bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xizmatlari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalar aʼzolari mazkur farmoyishda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-5024-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 847-modda)