10.08.2017 yildagi PQ-3199-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asrlik milliy anʼanalarga asoslangan mahalliy zargarlik ishlab chiqarishlarni tiklash va rivojlantirish, buning asosida yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholining yuqori sifatli zargarlik buyumlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni taʼminlash, shuningdek, “Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot yili”da 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish Davlat dasturini ijro etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar zargarlik sanoatini yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi, respublika aholisini oʻsib kelayotgan ehtiyojini qondirishni taʼminlashda mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni sezilarli oshirish. qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar ishlatilishining tartib-taomillarini soddalashtirish hisobiga zargarlik sanoatini yanada shakllantirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, tashqi va ichki bozorlarda raqobatdosh yuqori badiiy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni taʼminlash, shu jumladan, anʼanaviy milliy hunarmandchilik va naqshlardan foydalangan holda yakka tartibdagi dizaynerlik ishlanmalarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi, qimmatbaho toshlarni keyinchalik ularni qayta ishlash, shu jumladan, qimmatbaho metallardan bir vazndagi quymalar, zargarlik va boshqa buyumlarni tayyorlashda zamonaviy texnologik uskunalar va innovatsion ishlanmalarni tatbiq etish boʻyicha amaliy tajribaga ega potensial investorlar va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga mavjud resurslardan foydalanishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi, zargarlik ishlab chiqarish tarmoqlarida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida yosh mutaxassislar boʻlgan — texnologlar, dizaynerlar, rassomlar va boshqa talab etilayotgan mutaxassislar tayyorlash hisobiga sohaning kadrlar salohiyatini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2017-yilning 1-oktabridan yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar tomonidan zargarlik va boshqa qimmatbaho metallardan turli buyumlar tayyorlash (keyingi oʻrinlarda — zargarlik buyumlari) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida mazkur faoliyat turiga beriladigan Davlat proba palatasi tomonidan beriladigan roʻyxatdan oʻtgan ruxsatnoma bekor qilingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga qimmatbaho metallarni sotish mexanizmi quyidagicha belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish hajmini koʻrsatgan holda qimmatbaho metallarga boʻlgan ehtiyojini nazarda tutuvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlanadigan shaklda buyurtmanomalarni vakolatli tijorat banklariga shakli boʻyicha yoʻllaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tijorat banklari zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga qimmatbaho metallarning zarur hajmda ajratish toʻgʻrisidagi buyurtmanomani yuboradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolatli tijorat banklar buyurtmanomalari boʻyicha qimmatbaho metallarni platina koʻrinishida 100 grammdan boshlab, London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki faksing bahosidan kelib chiqqan holda, dastlabki toʻlov toʻliq toʻlash shartida milliy valyutada ajratadi (qimmatbaho metallarning sof ogʻirligini qayta hisoblanib);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tijorat banklari zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga 1 foizdan koʻp boʻlmagan miqdordagi marjani undirgan holda keyinchalik qayta sotish huquqisiz qimmatbaho metallarni sotadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi 2017-yil 1-oktabrdan boshlab (keyingi oʻrinlarda — “Fonon” DIICHK) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan qimmatbaho metallar hisobidan davalcheskiy asosida tayyorlanadigan qimmatbaho metallar hisobiga platinalarini tegishli vaznda ishlab chiqarishni taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2017-yilning 1-oktabridan boshlab tegishli balanslarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki zaxiralaridan zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga qimmatbaho metallar sotishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Zargarlar uyushmasi bilan birgalikda 2017-yilning 1-oktabrigacha boʻlgan muddatda 2017 — 2021-yillarda zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish faoliyatini lizensiyalash toʻgʻrisidagi Nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni sotish va hisob-kitoblarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (M. Nurmuratov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilning 1-oktabrigacha respublika hududlarida zargarlik buyumlariga proba va tamgʻani belgilashni amalga oshiradigan Davlat proba palatasining filiallarini belgilangan tartibda tashkil etishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda mablagʻlarning yoʻnaltirilgan qismi Davlat proba palatasi ixtiyoriga kelib tushishini nazarda tutgan holda, palataning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ulardan maqsadli foydalanishni hisobga olib, proba toʻlovining belgilangan oʻlchamlarini koʻrib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, davlat foydasiga oʻtkazilgan qimmatbaho va qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlar, yarim qimmatbaho va qimmatbaho toshlar va marvaridlar, egasiz qimmatbaho buyumlar, topilmalar, shuningdek, davlat foydasiga egalari tomonidan berib yuborilgan qimmatbaho buyumlar (arxeologik va muzey buyumlari yoki muzey kolleksiyasi, shuningdek, madaniy qadrga ega buyumlardan tashqari) milliy valyutada toʻliq oldindan haq toʻlash shartlarida quyidagi tartibda “Fonon” DIICHKga sotiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar uchun — London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki faksing bahosida va Markaziy bank kursida haqni toʻlash hisobvaraqasida yozilgan sanada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarim qimmatbaho va qimmatbaho toshlar hamda marvaridlar uchun — “Fonon” DIICHKning tegishli xarajatlarini qoplagan holda baholash tashkilotlarining belgilangan tartibda oʻtkazilgan bahosi asosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda qimmatbaho metall parchalari, yarim qimmatbaho va qimmatbaho toshlar hamda marvarid koʻrinishidagi davlat foydasiga aylantirilgan boyliklarni sotish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi PF-5721-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 06/19/5721/3149-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan zargarlik buyumlariga boʻlgan aksiz soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan va “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida saqlanadigan affinatsiya qilinadigan qimmatbaho metallarni qayta ishlash jarayonlarining texnik iqtisodiy asoslanishini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan kelishish tartibi bekor qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi PF-5721-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 06/19/5721/3149-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Zargarlik koʻchasi, 46-B uyda joylashgan “1-Zargarlik korxonasi” davlat korxonasi kompleksi mulkini zamonaviy zargarlik ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankiga topshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mazkur obyekt negizida raqobatdosh zamonaviy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bilan birga 2018-yilning oxiriga qadar ishga tushirishni tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (M. Nurmuratov) Adliya vazirligi (M. Ikromov), boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, moliya vaziri B.A. Xodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 10-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3199-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 809-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 07/20/3577/0871-son, 20.05.20.05.2019-y., 06/19/5721/3149-son, 23.09.23.09.23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)