08.08.2017 yildagi PQ-3182-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa davr mobaynida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, birinchi navbatda, qishloq joylarida aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan qator muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatorlar va deputatlar korpusi, fuqarolar yigʻinlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini keng jalb etgan holda, joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur oʻrganish, xalq bilan bevosita muloqotning sifat jihatdan yangi va samarali shakllarini joriy etish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning natijalari mazkur dasturlar hamda hujjatlarning qabul qilinishiga asos boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amaliy roʻyobga chiqarish doirasida qabul qilingan 20 dan ortiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 180 dan ortiq farmonlari va 450 dan ortiq qarorlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning soʻzsiz, oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash hozirgi bosqichda koʻzlangan maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini tashkil etish va faoliyatini baholashning amaldagi tizimi oldimizga qoʻyilgan vazifalarni samarali hal qilishga imkon bermayapti. Xususan,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, ijro etuvchi va vakillik hokimiyati markaziy organlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorligining darajasi hududlarda yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish boʻyicha uygʻun faoliyatni taʼminlamaydi. Aksariyat hollarda ularning faoliyati bir martalik xususiyatga ega, alohida topshiriqlarni bajarishdan iborat boʻlib qolgan. Buning ustiga, joylarda yigʻilib qolgan muammolarni hal qilish boʻyicha lozim darajada tashabbus koʻrsatilmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, ijro etuvchi va vakillik hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hududlarga xizmat safarlarini samarali muvofiqlashtirishning mavjud emasligi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning takrorlanishiga olib kelmoqda, oqibatda, mahalliy davlat hokimiyati organlarini asosiy funksional majburiyatlarini bajarishdan chalgʻitmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonini baholash amaliyoti joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini tanqidiy tahlil qilishga asoslanmagan, eng asosiysi, erishilgan iqtisodiy koʻrsatkichlar aholining hayot sifatiga qay darajada ijobiy taʼsir etayotganligiga qatʼiy baho berilmayapti. Respublika davlat organlarining hududlardan ajralib qolganligi hududlarning oʻziga xos xususiyatlari, rivojlanish darajasi va talab-ehtiyojini inobatga olgan holda, asoslantirilgan va har tomonlama puxta oʻylangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, respublika va mahalliy budjet mablagʻlarini shakllantirish va taqsimlash, investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda bajarishning amaldagi mexanizmlari, birinchi navbatda, eng ustuvor loyihalarni manzilli, oʻz vaqtida va mutanosib moliyalashtirishni taʼminlamayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim dasturlarini amalga oshirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni tashkil etish oʻrniga aksariyat hollarda koʻplab yigʻilishlar oʻtkazilmoqda va ularning yakuni boʻyicha chuqur oʻylanmagan qarorlar qabul qilinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan, aholini arzon uy-joy va ish bilan taʼminlash, sifatli kommunal xizmat koʻrsatish, sogʻliqni saqlash, taʼlim va boshqa sohalardagi hayotiy muhim masalalar koʻtarilgan bir milliondan ortiq murojaatlar yuqoridagilardan dalolat bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni soʻzsiz amalga oshirish, ishni tashkil etish, birinchi navbatda, jamoatchilik oldida hisobot berish shakllari va uslublarini tubdan takomillashtirish, aholining hayot sifati va darajasini yuksaltirish, davlat organlari rahbarlarining masʼuliyatsizligi holatlarining yuzaga kelishiga qatʼiy ravishda barham berish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlarining eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan tadbirlar va topshiriqlarning ijrosini tashkil etishdagi jiddiy kamchiliklarga, shuningdek, koʻrilayotgan choralarning kutilayotgan natijalarni bermayotganligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan rahbarlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida belgilangan vazifalarning soʻzsiz va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgarligi haqida ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining joylarda ishlarni tashkil etishning quyidagilarni nazarda tutuvchi mutlaqo yangi tizimini joriy qilish haqidagi takliflari qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarga (keyingi oʻrinlarda sektorlar deb yuritiladi) boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlar rahbarlariga hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini tashkil etish va hal qilish, shu jumladan, aholining eng muhim muammolarini yechish yuzasidan javobgarlik yuklash hamda vakolatlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlariga 1-ilovaga muvofiq biriktirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan parlament nazoratining samarali shakllarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularni barvaqt oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan parlament nazoratining samarali shakllarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli va har tomonlama oʻrganish, umumlashtirish hamda ishlab chiqishga masʼul boʻlgan deputat va senatorlarni hududlarga biriktirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mansabdor shaxslarning, birinchi navbatda, aholi oldida davriy hisobot berish tizimini, ularning faoliyatini baholash mezonlarini, shuningdek, yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini nazarda tutgan holda, sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlar, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularni barvaqt oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratining samarali shakllarini joriy etish boʻyicha ishlarni tashkil etishning namunaviy tartibini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar sektorlar rahbarlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, uy-joy kommunal va yoʻl xoʻjaligi, energiya, suv va issiqlik taʼminoti, transport qatnovi, arxitektura, arzon uy-joylar qurish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, namunaviy mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini shakllantirish sohasidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, ijtimoiy muhofazaning manzilliligi, isteʼmol bozorida narxlarning barqarorligi, ijtimoiy soha obyektlari, eng avvalo, sogʻliqni saqlash, taʼlim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, ularning tabiiy, iqtisodiy va inson salohiyatidan samarali foydalanish, qurilishi tugallanmagan obyektlardan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish va yer maydonlaridan oqilona foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismi va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, xizmat koʻrsatish, turizm sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam koʻrsatish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, dehqon xoʻjaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xoʻjaliklariga koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida profilaktika qilish hamda ularni barvaqt oldini olish boʻyicha taʼsirchan ishlarni tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, sektorlar ishini tashkil etish 2-ilovada keltirilgan, quyidagilarni nazarda tutadigan Hududlar va tumanlar (shaharlar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar ishini tashkil etish sxemasiga muvofiq “mahalla — tuman (shahar) — viloyat — respublika” tamoyiliga koʻra amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyma-uy yurish va aholi bilan uchrashuvlar asosida eng quyi boʻgʻinda – mahallada dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq choralar koʻrish, tuman (shahar)ni rivojlantirish boʻyicha dasturlarga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini rivojlantirish boʻyicha dasturlarga kiritish, shuningdek, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, davlat, hududiy, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga takliflar tayyorlash va kiritish, shuningdek, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishining samaradorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har tomonlama tanqidiy tahlil va umumlashtirish oʻtkazish, shuningdek, davlat, hududiy, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldida har choraklik hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, joylardagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) Kengashlari majlislarida har chorakda sektorlar rahbarlarining hisobotlari har bir hududga biriktirilgan masʼul mansabdor shaxslar, deputatlar va senatorlar ishtirokida eshitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) Kengashlariga sektorlar rahbarlarining hisobotlarini eshitishda quyidagi masalalarga eʼtibor qaratish tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davrda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tanqidiy baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, tadbirkorlik subyektlari, fermer xoʻjaliklari, yoshlarni tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, hududning rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini va davlat, hududiy, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga kiritish uchun takliflarni muhokama qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotlarni eshitishga hududlarni rivojlantirish jarayoniga taʼsir koʻrsatishning, shuningdek, sektorlar rahbarlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslari masʼuliyatini oshirishning muhim vositalaridan biri sifatida qaralsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga sektorlar rahbarlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslari hisobotlarini eshitishning aniq tartibini nazarda tutgan holda, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentini qayta koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sektorlar ishining shakllari va uslublarini, davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorligini, ularning vakolatlarini, shuningdek, hisobot berishi va faoliyatini baholash tartibini nazarda tutadigan Tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarining ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar hududlarga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining asosiy vazifalari va funksiyalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha sektorlarning ishini, eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolgan tumanlar va shaharlarda samarali tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar, shaharlar,mahallalardagi yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish boʻyicha ishlarning samaradorligi va uygʻunligini taʼminlash maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan uzviy hamkorligini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning ishchanlik muhiti va ishchanlik faolligini tahlil qilish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga toʻsiq boʻlayotgan dolzarb muammolarni hal etishga koʻmaklashish, shakllangan tadbirkorlik madaniyati va mahalliy anʼanalar, hududning oʻziga xos xususiyatlari va rivojlanish darajasini inobatga olgan holda, hududni rivojlantirish boʻyicha manzilli amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ahvolini tahlil qilish, amalga oshirilayotgan tadbirlarning aholi hayotining sifatiga taʼsir etish darajasini oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat, respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari darajasida qaror qabul qilishni talab etadigan aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli rahbarlarning faoliyatini tanqidiy tahlil qilish yakunlari asosida ularni amaldagi rahbar kadrlar zaxirasiga qoʻshish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini oʻrganish hududlarga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan, qoida tariqasida, bir yoʻla kompleks oʻrganish (3-4 kun davomida) oʻtkazish orqali muvofiqlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari ish vaqtining uchdan ikki qismidan kam boʻlmagan davrini joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini, shu jumladan aholi bilan muloqot qilish orqali oʻrganishga ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kalendar yilning chorak yakuni boʻyicha majlislarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishning hozirgi amaliyoti samarasiz hamda eskirgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangilangan konsepsiyasi 4-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq joriy qilinsin va quyidagilar uning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) va viloyat darajasida, birinchi navbatda, fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari, deputatlar va senatorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari tomonidan koʻtarilgan eng dolzarb muammolarni aniqlash, shuningdek, ularning yechimi boʻyicha aniq choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ishbilarmon doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb qilish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishi monitoringining ochiqligi va xolisligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va erishilgan koʻrsatkichlarning, ayniqsa qishloq joylarida aholining hayot darajasi va sifatiga real taʼsirini hisobga olgan holda maqroiqtisodiy tahlil oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ahvoli, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat idoralari takliflari, aholi ehtiyojlarining har tomonlama va chuqur tahlili asosida Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini, shu jumladan, joylarda yechimini kutayotgan muammolarni hal qilishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari hamda xodimlarining masʼuliyati va tashabbuskorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat va monitoring qilishning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangi konsepsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini oʻrganishning yangi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha komissiya 5-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda sektorlar rahbarlari, davlat organlari mansabdor shaxslari va xodimlari oʻrtasida mazkur qaror talablarini tushuntirish boʻyicha ishlarni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 20-avgustga qadar muddatda joylarda aniqlangan muammo va kamchiliklarning har tomonlama tahlil etish va umumlashtirish asosida namunaviy “Yoʻl xaritasi”ni hamda sektorlar rahbarlarining namunaviy ish tartibini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda sektorlar rahbarlari faoliyatining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-yanvarga qadar muddatda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini va bajaradigan ishlar hajmini tanqidiy oʻrganish asosida ularning tuzilmasi, vazifalari, funksiya va vakolatlarini optimallashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Asossiz, samarasi kam, amaliy ahamiyatga ega boʻlmagan, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga keraksiz maʼmuriy ish hajmini oshiradigan va yuklatilgan vazifalarni bajarishdan chalgʻitadigan idoralararo yigʻilishlarni oʻtkazish qatʼiy taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlariga oʻtkaziladigan yigʻilishlarga koʻrib chiqiladigan masalalarga bevosita aloqador boʻlmagan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining mansabdor shaxslari taklif qilinishi va ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi koʻrsatilgan talablarning qatʼiy bajarilishi ustidan lozim darajada monitoring olib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda kollegial yigʻilishlar oʻtkazish zaruratini asoslovchi aniq mezonlarni, ularda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini belgilashni, shuningdek, yigʻilishlar yakunlarining natijadorligiga talablarni nazarda tutgan holda, barcha darajalarda yigʻilishlarni tashabbus qilish, unga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati (T. Xudaybergenov) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Hisob palatasi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlar rahbarlarining faoliyatini ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring qilishni, hududlarning rivojlanish ahvolidagi real oʻzgarishlardan va boshqa haqqoniy mezonlardan kelib chiqib, ularning faoliyatini xolisona baholashni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda alohida oʻrnak koʻrsatgan sektorlar rahbarlari, davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarini ragʻbatlantirish yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Hisob palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda tanqidiy tahlil asosida Respublika va mahalliy budjet mablagʻlarini shakllantirish va taqsimlash, investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali hamda shaffof mexanizmlarini joriy etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari U.S. Ismailov, V.A. Golishev, T.A. Xudaybergenov, O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 8-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3182-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlariga biriktirilgan hududlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

T/r

Hududlar (tumanlar, shaharlar*)

Masʼul shaxslar

1.

Toshkent shahri, shu jumladan alohida:

Yashnobod tumani,

Chilonzor tumani,

Mirobod tumani,

Bektemir tumani

Aripov A.N. —
Oʻzbekiston Respublikasi
Bosh vaziri

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shu jumladan alohida:

Shumanay tumani,

Qonlikoʻl tumani,

Taxtakoʻpir tumani,

Moʻynoq tumani,

Chimboy tumani,

Qoraoʻzak tumani

Ramatov A.J. —
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi

3.

Surxondaryo viloyati, shu jumladan alohida:

Qiziriq tumani,

Boysun tumani,

Uzun tumani,

Muzrabot tumani,

Sariosiyo tumani,

Sherobod tumani

4.

Xorazm viloyati, shu jumladan alohida:

Qoʻshkoʻpir tumani,

Shovot tumani,

Yangibozor tumani,

Yangiariq tumani

5.

Sirdaryo viloyati, shu jumladan alohida:

Boyovut tumani,

Sardoba tumani,

Mirzaobod tumani,

Xovos tumani

Mirzayev Z.T. —
Oʻzbekiston Respublikasi
Bosh vazirining oʻrinbosari

6.

Jizzax viloyati, shu jumladan alohida:

Mirzachoʻl tumani,

Zarbdor tumani,

Forish tumani,

Yangiobod tumani

7.

Samarqand viloyati, shu jumladan alohida:

Qoʻshrabot tumani,

Nurobod tumani,

Paxtachi tumani,

Bulungʻur tumani

8.

Andijon viloyati, shu jumladan alohida:

Xonobod shahri,
Boʻz tumani,

Ulugʻnor tumani,

Paxtaobod tumani,

Marhamat tumani

Rozuqulov U.U. —
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi

9.

Toshkent viloyati, shu jumladan alohida:

Oqqoʻrgʻon tumani,

Boʻka tumani,

Bekobod tumani,

Zangiota tumani,

Qibray tumani,

Quyichirchiq tumani,

Toshkent tumani,

Chinoz tumani,

Yangiyoʻl tumani

10.

Namangan viloyati, shu jumladan alohida:

Mingbuloq tumani,

Chust tumani,

Chortoq tumani,

Kosonsoy tumani,

Pop tumani

Qoʻchqorov J.A. —
Oʻzbekiston Respublikasi
Bosh vazirining oʻrinbosari

11.

Fargʻona viloyati, shu jumladan alohida:

Yozyovon tumani,

Buvayda tumani,

Qoʻshtepa tumani,

Uchkoʻprik tumani,

Soʻx tumani

12.

Buxoro viloyati, shu jumladan alohida:

Olot tumani,

Peshku tumani,

Romitan tumani,

Vobkent tumani,

Qorakoʻl tumani

Ibragimov Gʻ.I. —
Oʻzbekiston Respublikasi
Bosh vazirining oʻrinbosari

13.

Qashqadaryo viloyati, shu jumladan alohida:

Dehqonobod tumani,

Yakkabogʻ tumani,

Mirishkor tumani,

Nishon tumani

14.

Navoiy viloyati, shu jumladan alohida:

Xatirchi tumani,

Nurota tumani,

Tomdi tumani,

Uchquduq tumani

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻzlariga biriktirilgan hududlarning barcha tumanlar (shaharlar)i bilan birga, koʻrsatib oʻtilgan tumanlar (shahar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratishlari lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari boshqa ishga oʻtganda, tegishli hududlar ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslarga biriktiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlar va tumanlar (shaharlar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarning ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom respublikaning tumanlari (shaharlari) va hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarning asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublikaning tumanlari (shaharlari) va hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor (keyingi oʻrinlarda sektor deb yuritiladi) tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining koʻmaklashuvchi kollegial ishchi tuzilmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.Sektor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq, tegishli prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlari rahbarlari bilan kelishgan holda hamda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlarining hududiy tuzilmalari rahbarlari (keyingi oʻrinlarda sektorlar rahbarlari deb yuritiladi) boshchiligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir maʼmuriy-hududiy birlik hududida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi holati, boshqa iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalar hamda boshqa mezonlarni inobatga olgan holda uning umumiy maydonini toʻrtga boʻlish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toʻrtga boʻlingan qismlarning har biri sektor rahbariga biriktiriladi (keyingi oʻrinlarda — biriktirilgan hudud deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sektorlar tarkibiga boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sektorlar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlariga, tegishli hokim hamda mahalliy hokimiyat vakillik organining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sektorlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy-axborot vositalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sektorlarning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sektorlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy kommunal va yoʻl xoʻjaligi, energiya, suv va issiqlik taʼminoti, transport qatnovi, arxitektura, arzon uy-joylar qurish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, namunaviy mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini shakllantirish sohasidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy muhofazaning manzilliligi, isteʼmol bozorida narxlarning barqarorligi, ijtimoiy soha obyektlari, eng avvalo, sogʻliqni saqlash, taʼlim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, ularning tabiiy, iqtisodiy va inson salohiyatidan samarali foydalanish, qurilishi tugallanmagan obyektlardan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish va yer maydonlaridan oqilona foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismi va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, xizmat koʻrsatish, turizm sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam koʻrsatish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xoʻjaliklariga koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida profilaktika qilish hamda ularni barvaqt oldini olish boʻyicha taʼsirchan ishlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sektorlarning funksiyalari va vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Zimmalariga yuklangan vazifalarga muvofiq sektorlar tegishli biriktirilgan hududlarda quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va topshiriqlarini toʻliq hamda oʻz vaqtida amalga oshirilishiga koʻmaklashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarning haqqoniy holati, toʻplangan muammolar va tizimli kamchiliklarni, birinchi navbatda, uyma-uy yurish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil etish yoʻli bilan chuqur va har tomonlama oʻrganishni amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan ishlarning yakuniy natijalarini taʼminlash maqsadida aniqlangan va aholini tashvishga solayotgan muammolarni bevosita joylarda bartaraf etish boʻyicha vakolatlari doirasida aniq choralar koʻradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijalarini umumlashtiradilar hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi koʻzlangan islohotlarni samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlaydilar, ularni yuqori turuvchi organlarga kiritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi mahalliy muammolarni hal etishda davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining, ularning zimmasidagi vazifa va funksiyalardan kelib chiqqan holda, javobgarligini oshirish hamda kuchlarni jamlash boʻyicha choralarni amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar profilaktikasi, qonuniylikni mustahkamlash va huquq-tartibotni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligi, xususan, yoshlarni ishga joylashtirishni taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlarini (sogʻliqni saqlash, taʼlim, shu jumladan, maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim, oʻrta-maxsus taʼlim muassasalari) samarali faoliyat yuritishi, ularni malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va boshqa majburiy toʻlovlar, shu jumladan koʻrsatilgan kommunal va ekspluatatsiya xizmatlari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda toʻlanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari, muqaddas qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar-joy kommunal xoʻjaligini yaxshilash choralarini koʻradilar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, kommunal xizmatlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga koʻmaklashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy hayotda oilaning rolini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni vatanparvarlik, qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, sogʻlom turmush tarzini yuritish, bilim olishga intilish, ularda kitob oʻqishga qiziqish uygʻotish, shu jumladan, uyushmagan yoshlarni aniqlash va ular bilan profilaktika ishlarini oʻtkazish chora-tadbirlarini koʻradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona, muassasa va tashkilotlarda sanitariya-gigiyena va yongʻinga qarshi kurash normalariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni tashkil etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon bozorlari va “Elga xizmat” korxonalarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari monitoringini amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, shuningdek,faoliyat koʻrsatmayotgan va boʻsh yotgan obyektlarni xoʻjalik faoliyatiga jalb etishga koʻmaklashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishga jalb qilinmagan resurslarni, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sektorlar oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun sektor rahbari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlari, boshqa organ va tashkilotlardan zarur material hamda maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari hamda mutaxassislarini, zarurat boʻlganda, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tahlil qilish, ularni hal etish choralarini amalga oshirish uchun jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga oʻrganish natijalari boʻyicha takliflar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish va boshqa choralar koʻrish yuzasidan tegishli materiallarni yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sektor rahbari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Sektorlar faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sektorlarning faoliyati “mahalla — tuman (shahar) — viloyat — respublika” prinsipi asosida tashkil etiladi va quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyma-uy yurish va aholi bilan uchrashuvlar asosida eng quyi boʻgʻinda –mahallada dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq choralar koʻrish, tuman (shahar)ni rivojlantirish boʻyicha dasturlarga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini rivojlantirish boʻyicha dasturlarga kiritish, shuningdek, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, davlat, hududiy, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga takliflar tayyorlash va kiritish, shuningdek, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishining samaradorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har tomonlama tanqidiy tahlil va umumlashtirish oʻtkazish, shuningdek, davlat, hududiy, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldida har choraklik hisobot berish tizimini joriy etish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, joylardagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tumanlar (shahar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha ishlarni tashkil etish maqsadida, sektorlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan yillik “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritalari”da hududlarni kompleks rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va topshiriqlari ijrosi boʻyicha, eng avvalo:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan, nogiron va muhtoj oilalarga manzilli yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalar jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa uchastkalaridan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, va boshqa qishloq xoʻjaligi faoliyati turlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining uy-joy va kommunal sharoitlarini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklarni, shu jumladan, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida barvaqt oldini olish va profilaktikasi boʻyicha choralar nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sektor rahbarlari va aʼzolari ish vaqtining uchdan ikki qismidan kam boʻlmagan davrini joylarda ishlarning haqqoniy holatini, shu jumladan, aholi bilan muloqot qilish hamda uyma-uy yurish yoʻli bilan oʻrganishga ajratadilar. Bunda sektorlar rahbarlari va aʼzolari bir chorak mobaynida oʻzlariga biriktirilgan hududning barcha joylarida uyma-uy, shu jumladan, uy xoʻjaliklari va boshqa obyektlar boʻylab yurishni amalga oshirilishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Uyma-uy yurishni hisobga olish uchun sektorlar rahbarlari tomonidan tegishlicha Joʻqorgʻi Kenges raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, Ichki ishlar vaziri, davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar boshqarmasi (bosh boshqarmasi) va davlat soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan imzolangan hamda muhrlangan ip oʻtkazib tikilgan daftar yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sektor rahbarining uyma-uy yurish daftariga borib koʻrilgan uy xoʻjaligining egasi, aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrsatilgan holda uyma-uy yurish sanasi, vaqti va joylari toʻgʻrisidagi va boshqa zarur maʼlumotlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daftarlarni markazlashgan holda tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sektor rahbarlari va aʼzolari “Yoʻl xaritasida” belgilangan tadbirlarni samarali amalga oshirilishi boʻyicha shaxsan javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Sektor rahbarlarining hisobdorligi va faoliyatini baholash
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sektor rahbarlari har chorakda sektorning faoliyati toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari oldida hisobot beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, tegishli hududga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining masʼul mansabdor shaxslari ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sektorning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning tegishli hududga biriktirilgan oʻrinbosarlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tumanlar (shaharlar) va hududlar sektorlari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tizimli ravishda hisobot berib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Hisob palatasi bilan birgalikda sektorlar rahbarlarining faoliyatini, ular tomonidan zimmalariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoringini amalga oshiradi, quyidagi asosiy mezonlar boʻyicha ularning faoliyatini xolisona baholaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatining real oʻzgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” ijrosining ahvoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan hujjatlari, tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur hududlarga tashrifi jarayonidagi topshiriqlarining bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyma-uy yurish, xalq bilan muloqot, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni yechish boʻyicha koʻrilayotgan choralarning natijalari samaradorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga, eng avvalo, takroran kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish samaradorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektor rahbarlarining uyma-uy yurish daftaridagi yozuvlarning haqqoniyligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring va baholash natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Hisob palatasi bilan birgalikda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga alohida oʻrnak koʻrsatgan sektorlar rahbarlari, davlat organlari mansabdor shaxslari va xodimlarini ragʻbatlantirish yoki yoʻl qoʻygan jiddiy kamchiliklari uchun ularni lavozimdan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortish boʻyicha har chorakda takliflar kiritib boradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: barcha majlislarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, shuningdek, tegishli mansabdor shaxslarning oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishdagi oʻrni va javobgarligiga tanqidiy baho beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini oʻrganishning yangi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

Aripov A.N.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya raisi

Abdullayev I.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Komissiya raisining oʻrinbosari

Yoʻldoshev N.T.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Ismoilov N.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri

Ismailov U.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

Murodov O.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

Xudaybergenov T.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

Golishev V.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

Akmalov K.V.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari

Ramatov A.J.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi

Qoʻchqorov J.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

Abdukadirov R.V.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi

Azizov A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

Saidova G.K.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

Xodjayev B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

Parpiyev B.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Begalov B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi

Jumaniyazov M.B.

Vazirlar Mahkamasining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

Toshpulatov F.M.

Vazirlar Mahkamasi YATD mudiri oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻkorgʻi Kengesi raisi, viloyat va Toshkent shahar hokimlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 802-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son; 09.01.2019-y., 07/19/4102/2434-son; 29.06.2020 y; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)