Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 8-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2240-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2240, 2011-yil 5-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-iyul,
159-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 26-iyuldagi 159-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 69-bandning ikkinchi xatboshisidagi “sud ijrochisiga” degan soʻzlar “davlat ijrochisiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 74-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining tuman (shahar) boʻlimlarining sud ijrochilari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlari davlat ijrochilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 11-ilova mazkur oʻzgartirishlarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
1-ILOVA
1-ILOVA
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
11-ILOVA
11-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 822-modda)