07.08.2017 yildagi PF-5136-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini nishonlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda qurilish va bunyodkorlik ishlariga qaratilayotgan yuksak eʼtibor natijasida sohada ulkan yutuqlar qoʻlga kiritilmoqda. Shahar va qishloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, ularni zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish hamda aholining uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda mamlakatimiz ulkan qurilish-bunyodkorlik maydoniga aylandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qurilish-bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish uchun respublikamizda 23,8 mingta pudrat tashkilotlari, 31 ta bosh loyiha instituti va 1000 ga yaqin loyiha tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda. Mamlakatimizda qurilish sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha 3 ta arxitektura va qurilish instituti faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, 12 ta oliy taʼlim muassasasi hamda 390 ta kasb-hunar kollejida qurilish sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda respublikamiz boʻyicha barcha manbalar hisobidan jami 37,5 trillion soʻm hajmda qurilish ishlari bajarilib, oʻtgan yilga nisbatan 120,5 foizga oʻsish kuzatiladi. Natijada joriy yilda jami 15 mingta arzon namunaviy uylar, 191 ta arzon koʻp qavatli uylar va 2,5 mingta ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan maqsadli dasturlar doirasida arzon namunaviy uy-joylar, koʻp qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlaridan tashqari, yirik inshootlar va infratuzilma obyektlari ham foydalanishga topshirilmoqda. Jumladan, soʻnggi yillarda Toshkent shahrida “Bunyodkor” stadioni, “Xayatt Rijensi” mehmonxonasi, “Inha” universiteti filiali, “Minor” masjidi, Fargʻona shahrida sanʼat saroyi va futbol stadioni, Jizzax shahrida stadion va universal sport kompleksi, Urganch shahrida universal sport kompleksi va Navoiy davlat konchilik instituti bino-inshootlari zamonaviy shaharsozlik talablari asosida barpo etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish sohasini jadal rivojlantirish, qurilishda yangi texnologiyalar va energiya tejamkor materiallarni qoʻllash, qurilish-pudrat va loyiha tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ular uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini kuchaytirish soha rivojining yangi davrini boshlab berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sohada keng koʻlamli islohotlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunga kelib qurilish sohasi oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga koʻtarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, bugungi kunda sohada qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarni keng targʻib etish va sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni ragʻbatlantirish maqsadida, shuningdek, sohada mehnat qilayotgan keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2017-yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” deb eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, mutasaddi vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlar “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni”ni sohaga mos tarzda va tantanali ravishda nishonlashni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni”ni nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddat ichida “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni”ni nishonlash boʻyicha tegishli qonun loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 7-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5136-son