Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2024 31.07.2017 yildagi PQ-3165-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2024
Hujjat 07.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib oʻtilsinki, respublikada davlat statistikasi tizimini yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish natijasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotini yigʻish, toʻplash, saqlash, ishlov berish va eʼlon qilishning yaxlit tizimi shakllantirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, statistika ishlari amaliyotida foydalanilayotgan statistik maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilish shakllari va usullari hali zamon talablariga hamda xalqaro standartlarga toʻliq darajada mos kelmaydi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, ilgʻor xalqaro tajribani chuqur oʻrganish hamda makroiqtisodiy hisob-kitoblarda zamonaviy matematik va dasturiy-texnik apparatdan keng foydalanish asosida statistika koʻrsatkichlarini shakllantirishga nisbatan qoʻllanilayotgan usullar va yondoshuvlarni takomillashtirish talab etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, respublika va mintaqalar iqtisodiyoti tarmoqlari hamda sohalarining rivojlanish darajasini xolisona baholash imkonini beruvchi hisobot maʼlumotlarining toʻliqligi va ishonchliligini taʼminlash borasidagi ishlar lozim darajada tashkillashtirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, iqtisodiy islohotlar, mamlakat va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan maqsadli davlat dasturlari amalga oshirilishining borishi yuzasidan ishonchli statistik kuzatuvlar oʻtkazish imkoniyatlari yetarlicha ishga solinmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini hamda hududlarni rivojlantirishda vujudga kelayotgan tendensiyalarning sabablari va omillarini ochib beradigan statistik materiallarning kompleks tahlili mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, statistika maʼlumotlarini xalqaro statistika nashrlarida chop etish yoʻli bilan respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning natijalari toʻgʻrisida xorijiy biznes jamoalari va xalqaro jamoatchilikning keng doiralarini xabardor qilish mexanizmlaridan sust foydalanilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, davlat statistikasi organlari faoliyatiga statistik maʼlumotlarni yigʻish va taqdim etish boʻyicha zamonaviy interfaol servislarni tatbiq qilish holati davlat statistikasi sohasidagi qoidabuzarliklarning oldini barvaqt olgan holda hisobotlarning hamda ularni toʻldirish masalalari boʻyicha maslahatlarning toʻgʻriligini interfaol tarzda tekshirish imkoniyatini taʼminlamaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, davlat statistikasi organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi statistika maʼlumotlaridan foydalanish, ularning shaffofligi va ochiqligini oshirish borasida statistika faoliyatini samarali tashkil qilishga mavjud resurslarni safarbar etish imkonini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat statistikasi tizimini tubdan takomillashtirish, chet el statistikasida keng qoʻllanilayotgan, xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan statistika tahlili, koʻrsatkichlari, baholash mezonlari va hisobot shakllarining sinovdan oʻtgan zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va tarkibiy qayta qurishlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida mamlakatimiz hamda chet ellardagi foydalanuvchilarning keng doirasi uchun statistika maʼlumotlarining ishonchliligini, shaffofligi va ochiqligini taʼminlash, shuningdek, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy darajalarda oʻrganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar qamrab olinishini kengaytirishga qaratilgan statistika maʼlumotlarini yigʻish hamda ishlov berishning zamonaviy metodologiya va usullarini keng joriy etish yoʻli bilan statistik kuzatuvlar tizimini umumeʼtirof etgan xalqaro amaliyotga moslashtirishni davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz va xorijiy foydalanuvchilarning keng doirasi uchun statistika maʼlumotlarining maksimal darajada shaffofligi va ochiqligini taʼminlash, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni, shu jumladan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid materiallar va koʻrsatkichlarni xalqaro statistika toʻplamlarida chop etishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlari rivojlanishini, iqtisodiyotda islohotlarni chuqurlashtirish va uni liberallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash, xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, respublika mintaqalarini kompleks rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish, aholi turmush darajasidagi sifat oʻzgarishlarini gʻoyat toʻliq ifodalovchi statistika axborotini tezkor va sifatli tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ishonchli davlat statistika hisobotini taqdim etishda har tomonlama koʻmaklashish, statistika maʼlumotlarini taqdim etish sohasida huquqiy madaniyatni oshirish va huquqbuzarliklar profilaktikasining taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, statistik nazoratni amalga oshirishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistik maʼlumotlarni yigʻish, ishlov berish, topshirish va tarqatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, statistika maʼlumotlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini chuqurlashtirish, statistika maʼlumotlari yagona bankini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika organlarining tahliliy salohiyatini mustahkamlash, statistika ishlariga koʻrsatkichlarni vizuallashtirishning ilgʻor usullari joriy etilishini hamda tarqatilayotgan statistika axborotlari tahliliy va maʼlumotnoma materiallari bilan albatta toʻldirilishini, ommaviy axborot vositalarida joylashtirish uchun maʼruzalar, matbuot uchun axborot va maqolalar chop etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va idoraviy statistik kuzatuvlar tizimini optimallashtirish, tanlab olinadigan statistik tekshiruvlar miqdorini bosqichma-bosqich koʻpaytirish va ularning natijalari ishonchliligini oshirish yoʻli bilan obyektiv, sifatli va talabgor hisobot maʼlumotlarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz ilmiy va taʼlim muassasalari hamda chet ellardagi statistika tashkilotlari bilan hamkorlikda statistika sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ishlarni tizimli asosda tashkillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2017 — 2021-yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axboroti sifati hamda uni tarqatish tizimini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi (B. Begalov) va uning oʻrinbosarlari zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axboroti sifati hamda uni tarqatish tizimini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari hamda mintaqalarni rivojlantirish koʻrsatkichlarining xalqaro miqyosda qiyoslanishi imkoniyatini taʼminlagan holda milliy statistika tizimining xalqaro statistika tizimiga yanada integratsiyalashuvi, xalqaro tashkilotlarning tavsiyanomalariga muvofiq koʻrsatkichlar hisob-kitoblarining takomillashtirilgan usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlanayotgan statistika axborotini chuqur tahlil etish asosida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining rolini kuchaytirish, iqtisodiyotni rivojlantirishning jamoatchilik tomonidan eng koʻp talab etiladigan masalalari boʻyicha tahliliy materiallar, matbuot uchun axborotlar va statistika maʼlumotlarini chop etishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan davlat dasturlarining tadbirlari va iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari bilan oʻzaro bogʻliq holda har yili tasdiqlanadigan davlat statistika ishlari Dasturining mazmunini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistik hisob-kitobni tashkil etishni tizimli asosda tubdan yaxshilash hamda axborotni yigʻish va ishlov berishning xalqaro metodologiyasini tatbiq etish asosida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish koʻrsatkichlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda, zamonaviy yondoshuvlar va usullarni qoʻllagan holda makroiqtisodiy hisob-kitoblarni aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takomillashtirilgan zamonaviy texnologiyalar va usullarni joriy etish asosida statistika maʼlumotlarini yigʻish, ishlov berish va taqdim etish jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirish, statistik hisobotning shakllarini soddalashtirish, tarmoqda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining funksional imkoniyatlaridan foydalanishni tubdan kengaytirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 2018 — 2021-yillardagi Investitsiya dasturlarida ushbu qarorning 1-ilovasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun kapital mablagʻlarning zarur limitlarini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston boʻyicha iqtisodiy va moliyaviy maʼlumotlardan keng foydalanishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova) Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Markaziy bank (M. Normurodov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Abduxakimov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxodjayev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilayotgan hamda keyinchalik xalqaro statistika va moliya institutlariga taqdim etish uchun Davlat statistika qoʻmitasida jamlanadigan iqtisodiy hamda moliyaviy koʻrsatkichlar roʻyxatini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tizimining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 234 kishidan iborat tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri statistika boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisiga, zarur hollarda, qoʻmita markaziy apparati, hududiy organlari va idoraga qarashli tashkilotlar tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi boʻyicha lavozimga tasdiqlanadigan va undan ozod qilinadigan rais rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri statistika boshqarmalarining boshliqlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va undan ozod qilinadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlarining boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi rais bilan kelishilgan holda tumanlar (shaharlar) hokimlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri statistika boshqarmalarining boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va undan ozod qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri statistika boshqarmalarining boshliqlari zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda aholi oʻrtasida tanlab oʻtkaziladigan statistik tekshiruvlar va soʻroqlarni sifatli amalga oshirish, korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registrida yuridik shaxslar hisobga olinishi toʻliqligini taʼminlash hamda ular faoliyatining holati oʻzgarishlarini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat statistikasi sohasida qoidabuzarliklar profilaktikasi hamda statistika maʼlumotlarining toʻliqligi va ishonchsizliligini taʼminlash maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, ular uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy rivojlanish dasturlari amalga oshirilishi oʻz vaqtida va ishonchli statistik hisobga olinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalar rivojlanishining tizimli tahlilini amalga oshirish yuzasidan boshqa hududiy boshqaruv organlari, mahalliy ijroiya hokimiyat organlari bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻida, ommaviy axborot vositalarida va mahalliy telekanallarda mintaqa rivojlanishini gʻoyat toʻliq tavsiflaydigan kompleks statistik va tahliliy axborotni keng yoyish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilayotgan statistika maʼlumotlarining ishonchliligini yanada oshirish maqsadida, ikki oy muddatda statistik hisobotlarni olishda statistika maʼlumotlarini chuqur tahlil qilishning takomillashtirilgan tartibini joriy etsin, maʼlumotlardagi nomuvofiqliklarni aniqlab, ularni xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda tezkorlik bilan bartaraf etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining jahon Internet axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytining mazmunini statistika maʼlumotlarining oshkoraligi, shaffofligi va ochiqligi jihatidan tanqidiy qayta koʻrib chiqsin, foydalanuvchilar uchun talabgir boʻlgan statistika axborotini, tahliliy materiallar va maʼruzalarni joylashtirish, maʼlumotlarni turli kesimlarda vizuallashtirish, “onlayn konsultant” rejimida foydalanuvchilar bilan tezkor muloqot olib borish mumkinligini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro nashrlarda mamlakatimiz toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari hamda boshqa axborotni joylashtirish maqsadida yetakchi xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda davlat statistikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda 2017-2018-yillarda davlat statistikasi organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi (B. Begalov) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hayʼati faoliyatining samaradorligi va natijadorligini taʼminlash yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrsin, hayʼat zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat statistikasi tizimi faoliyatining qonunchilikda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tanqidiy koʻrib chiqish, statistika faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, respublika va hududiy darajalarda davlat statistikasi organlarining vazifalari va funksiyalarini takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat statistikasi sohasidagi siyosatni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyat organlari bilan ishlarini muvofiqlashtirish va hamkorlik qilish takliflarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat statistika ishlari bajarilishining natijadorligini har chorakda tanqidiy koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning statistika organlari bilan statistik axborot ayirboshlashni tashkil etish, shuningdek, xalqaro statistika, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarga statistik axborotni taqdim etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va xalq qabulxonalaridan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish asosida bajarilishini samarali nazorat qilishni taʼminlaydigan ijro intizomi darajasini oshirish, davlat statistikasi sohasida dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼatning sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkillashtirish, joylarda davlat statistikasi organlari faoliyatining eng muhim masalalarini muhokama qilish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hududiy organlari rahbarlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligi oshirilishini taʼminlagan holda ularning hisobotlarini tizimli asosda tinglab turishni tashkillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil II yarim yilligidan boshlab davlat statistika hisobotining qisqartirilayotgan shakllari roʻyxatini 6-ilovaga muvofiq tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hayʼati aʼzolarining shaxsiy tarkibi va sonini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda oʻzlari ilgari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3165-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistik axborot sifati hamda uni tarqatish tizimini yaxshilash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Masʼul bajaruvchilar

Hisoblangan qiymat va moliyalashtirish manbalari* (ekvivalenti ming dollar)

I. Tahliliy ishlarni takomillashtirish, statistik maʼlumotlarni taqdim etish va tarqatishning zamonaviy vositalarini joriy etish

1.

Hisobot davrida statistik maʼlumotlar asosida statistik tahlilning zamonaviy usullaridan foydalangan holda, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirishning tarkib topayotgan tendensiyalari sabab va omillarini yaqqol koʻrsatuvchi tahliliy materiallar, xatlar va maʼruzalar tayyorlash, ularni keyinchalik Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish.

Tahliliy xat va maʼruzalar

doimiy

Davlat statistika qoʻmitasi

2.

Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va hududlarni rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan Davlat dasturlarining bajarilishi toʻgʻrisida tahliliy xatni tayyorlash, keyinchalik uni Vazirlar Mahkamasiga va masʼul bajaruvchilarga taqdim etish.

Tahliliy xat

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi

3.

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning eng dolzarb masalalari boʻyicha ommaviy axborot vositalarida press-relizlar hamda maqolalar, shuningdek, respublikaning hisobot davridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼriflovchi statistik axborotni tayyorlash va eʼlon qilish.

OAVda matbuot uchun axborot va maqolalar

doimiy

Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi

4.

Jamoatchilik tomonidan eng koʻp talab etiladigan va respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yutuqlariga oid Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tayyorlanadigan axborot asosida respublika va mahalliy telekanallar orqali axborot lavhalari, diagramma va jadvallarni namoyish etish amaliyotini kengaytirish.

Televizion roliklar

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

5.

Hisobot davrida respublika va uning hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi koʻrsatkichlarini Davlat statistika qoʻmitasi va uning hududiy organlari rasmiy veb-�aytida joylashtirish.

Rasmiy veb-saytdagi boʻlim

doimiy

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

6.

Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan statistik maʼlumotlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etgan holda ijtimoiy tarmoqlarda Davlat statistika qoʻmitasi sahifasini, shuningdek, messenjerlardagi guruhini ochish.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifa, messenjerlardagi guruh

2017-yilning II yarim yilligi

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

7.

Koʻrsatkichlarni vizuallashtirishning ilgʻor metodlarini (toifalashtirilgan grafika, maʼlumotlarni makon boʻylab taqsimlash, infografika va boshqalar) statistik maqolalarga tatbiq etish.

Boshlangʻich kodi ochiq boʻlgan ixtisoslashtirilgan dasturiy taʼminotni sinash va joriy etish

2018 — 2020-yillar

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

8.

Davlat statistika qoʻmitasi rasmiy veb-saytining mazmunidan va koʻrsatilayotgan interaktiv xizmatlaridan qanoatlanish toʻgʻrisida statistik maʼlumotlardan foydalanuvchilar orasida muntazam soʻrovlar oʻtkazish.

Onlayn soʻrovnomalar

doimiy

Davlat statistika qoʻmitasi

II. Davlat statistika organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish va interaktiv xizmatlar sifatini oshirish

9.

Statistik maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ochiqligi oshirilishini nazarda tutgan holda Davlat statistika qoʻmitasi rasmiy veb-saytining kontentini tanqidiy tahlil qilish va yangilash

Davlat statistika qoʻmitasining yangilangan rasmiy sayti

2018-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10.

Qayta ishlanishi kerak boʻlgan maʼlumotlar hajmi ortib borayotganligini inobatga olgan holda Markaziy apparatni zamonaviy server uskunalari bilan jihozlash

Server uskunalarini xarid qilish

2018 — 2020-yillar

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

4 000,0
Investitsiya dasturi

11.

Maʼlumotlarni vizuallashtirish funksiyasiga ega Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy vet-saytida statistik axborotni taqdim etishning interaktiv servislarini joriy qilish.

Boshlangʻich kodi ochiq boʻlgan dasturiy taʼminotni sinash va joriy etish

2018 — 2020-yillar

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

12.

Barqaror rivojlanish milliy maqsadlari yutugʻi monitoringi boʻyicha interaktiv servislarni tatbiq etish

Axborot sayti

2019 — 2021-yillar

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

125,0
Xalqaro tashkilotlar va homiylarning mablagʻlari

13.

Statistik hisobot shakllarini toʻldirish hamda statistik shakllar toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish masalalari boʻyicha interaktiv maslahatlarni joriy etgan holda Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy veb-saytida tadbirkorlarning shaxsiy kabinetlarini yaratish.

Tadbirkorlarning shaxsiy kabineti

2019-yil
1-iyulgacha

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

14.

Real vaqt rejimida tegishli statistik axborotga davlat boshqaruvi organlarining ulanishini taʼminlaydigan “Davlat boshqaruvi” axborot tizimlari kompleksini joriy etish.

“Davlat boshqaruvi” tizimlari axborot kompleksi

2020-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

125,0
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

15.

Statistik maʼlumotlarni qayta ishlash va ularni saqlash yagona tizimini joriy etish hisobiga statistik axborotni qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirish.

Kompleks axborot tizimlari (KAT)

2021-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

125,0
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

III. Yigʻma koʻrsatkichlar tarkibini va qoʻllanilayotgan hisob-kitoblar metodikasini yanada takomillashtirish, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishini hisobga olish va statistikada aks ettirish tizimini yaxshilash

16.

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklarini inobatga olgan holda davlat statistik hisoboti shakllari hamda tanlab olingan tekshiruvlar anketalarining tarkibi va mazmunini takomillashtirish

Statistik hisobot shaklini takomillashtirish

har yili

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi

17.

Idoraviy statistik hisobot boʻyicha axborot yigʻish metodikasi va manbalarini tahlil qilish, maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish masalalarida metodik yordam koʻrsatish.

Chora-tadbirlar rejasi

2017-2018-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar.

18.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada statistik tahlilning dolzarb masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini oʻrganish asosida takomillashtirilgan metodikalarni tasdiqlash.

Metodik tavsiyalar

2017 — 2019-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi

19.

“Milliy hisoblar tizimi — 2008” qoʻllanmasi asosida makroiqtisodiy hisob-kitoblar metodologiyasini takomillashtirish.

Metodik tavsiyalar

2017 — 2021-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi

20.

Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini inobatga olgan holda xonadon xoʻjaliklarini tekshirish va koʻrsatkichlar hisob-kitobi metodikasiga oid takomillashtirilgan savolnomani joriy etish.

Tekshiruv anketasi

2018 — 2020-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi

21.

Statistikaning turli yoʻnalishlari boʻyicha tanlab oʻtkazilgan tekshiruvlarning natijalarini tahlil qilish uchun matematik va dasturiy-texnik apparatni takomillashtirish.

Dasturiy taʼminot

2018 — 2021-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

22.

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning dolzarb masa�alari boʻyicha Oʻzbekistonning ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda amaliy statistik tadqiqotlarni kengaytirish

Idoralararo bitimlar

doimiy asosda

Davlat statistika qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashda aholi ishtirokini tavsiflovchi eng muhim koʻrsatkichlarni shakllantirgan holda yer uchastkalari egalarini mikroroʻyxatga olish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi

24.

Statistik mahsulot sifatini nazorat qilishning xalqaro standartlarini tatbiq etish va sifatni boshqarish yagona tizimini yaratish.

Sifatni boshqarish konsepsiyasi

2021-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qoʻmitasi

IV. Xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish

25.

Xalqaro tashkilotlarning elektron maʼlumotlar bazalarida va maxsus nashrlarida Oʻzbekiston toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Axborot taqdim etish

har yili

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi

26.

Xalqaro tashkilotlarning 17 ta savolnomasini, shu jumladan BMT Statistika boʻlimi, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining Statistika boʻlimi, YUNESKO, FAO, ESKATO statistika instituti, MDH Statistika qoʻmitasi soʻrovnomalarini toʻldirish.

Soʻrovnomalarni toʻldirish

Soʻrovnomalar kelib tushishiga qarab

Davlat statistika qoʻmitasi

27.

Ochiq statistika koʻrsatkichlari tarkibini kengaytirish boʻyicha takliflar kiritib, ularni Davlat statistika qoʻmitasining statistik toʻplamlariga qoʻshish.

Takliflar tayyorlash

2017-yil
1-oktabrgacha

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank,
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi

28.

Xalqaro valyuta fondining axborot resurslarida Oʻzbekiston toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirish.

XVFning Maʼlumotlar tarqatish umumiy tizimiga va Maʼlumotlar tarqatish maxsus tizimiga qoʻshilish boʻyicha tadbirlar

2017-yil
II yarim yilligi

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

29.

Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy saytidan foydalangan holda statistik maʼlumotlar va metamaʼlumotlarni ayirboshlashning xalqaro standartlarini (SDMX) joriy etish.

Dasturiy taʼminotni oʻrnatish

2019 — 2021-yillar

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

V. Statistika organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash

30.

Tizim xodimlarini, shu jumladan iqtisodiy tahlil, modellashtirish va AKTni joriy etish sohasida 2 yilda kamida 1-marta malakasini oshirish.

Oʻquv mashgʻulotlari jadvali

2017 — 2021-yillar

Davlat statistika qoʻmitasi

31.

Boshqaruv kadrlari, shu jumladan Davlat statistika qoʻmitasi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari rotatsiyasini oʻtkazish, tizimning quyi boʻgʻinlari xodimlarini markaziy apparatda stajirovkadan oʻtkazish.

Jadval boʻyicha

doimiy

Davlat statistika qoʻmitasi

32.

Statistikani takomillashtirish boʻyicha ustuvor vazifalarni hisobga olgan holda Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazining oʻquv-tematik dasturlarini yangilash.

Davlat statistikasi organlari xodimlarining malakasini oshirish dasturi

har yili

Davlat statistika qoʻmitasi

33.

Davlat statistikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda 2017-2018-yillarda davlat statistikasi organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish.

Malaka oshirish dasturi

belgilangan muddatlarda

Davlat statistika qoʻmitasi

34.

Oʻzbekistonning yetakchi iqtisodiy oliy taʼlim muassasalarida sayyor seminarlar va davra suhbatlarini oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2017
2021-yillarda Dastur chora-tadbirlarini amalga oshirishga sarflanadigan jami xarajatlar:

ekvivalenti 4 375 ming AQSh dollari.

shulardan:

ming dollar

Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi

4 000,0

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

250,0

Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlarining mablagʻlari va grantlar

125,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Chora-tadbirlarni amalga oshirishning uzil-kesil qiymati Davlat statistika ishlari dasturlari doirasida va tegishli tender savdolarini oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tizimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAShKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qoʻmita hayʼati

Rais

Raisning birinchi oʻrinbosari

Raisning iqtisodiy statistika boʻyicha oʻrinbosari

Raisning ijtimoiy statistika boʻyicha oʻrinbosari

Raisning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari

Yigʻma axborot ishlari boshqarmasi

1

Ishbilarmonlik muhitini tekshirish, tadbirkorlik rivojlanishi statistikasi boshqarmasi

1

Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi

1

Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini va interaktiv davlat xizmatlarini rivojlantirish boshqarmasi

1

Protokol xizmati

3

Yigʻma tezkor maʼlumotlar va indikativ koʻrsatkichlarni shakllantirish boʻlimi

4

Tadbirkorlik statistikasi boʻyicha yigʻma tahliliy axborotni shakllantirish boʻlimi

3

Mehnat resurslari bandlik va mehnatga haq toʻlash balansi koʻrsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish boʻlimi

7

Axborot resurslari va interaktiv davlat xizmatlarini yuritish boʻlimi

2

Yuridik boʻlim

3

Axborot-tahliliy ishlarni muvofiqlashtirish va maʼruzalarni tayyorlash boʻlimi

3

Tadbirkorlik subyektlarini kompleks statistik kuzatish boʻlimi

9

Statistik vazifalarni dasturlashtirish va texnik jihatdan taʼminlash boʻlimi

2

Demografik koʻrsatkichlarni shakllantirish va tahlil qilish boʻlimi

6

Kadrlar boshqarmasi

5

Statistik nashrlarni tayyorlash boʻlimi

2

Tadbirkorlik faoliyatini tanlab tekshirishni tashkil etish boʻlimi

3

Elektron maʼlumotlar bazasini arxivda saqlash boʻlimi

1

Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi

1

Statistik materiallar tarqatilishini texnik qoʻllab-quvvatlash shoʻbasi

2

Buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi

5

Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi

1

Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi

1

Aholi turmush darajasi va tekshiruvlar statistikasi boshqarmasi

1

Axborot xavfsizligi boshqarmasi

1

Iqtisodiy tahlil va moliya boʻlimi

3

Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil qilish boʻlimi

4

Rivojlanishning maqsadli dasturlari indikatorlarini shakllantirish hamda investitsiyalar va qurilish masalalari boʻyicha tahliliy axborot boʻlimi

4

Aholi turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil qilish boʻlimi

3

Tarmoq maʼmuriyatchiligi va axborot tizimlari xavfsizligi boʻlimi

2

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomini nazorat qilish boshqarmasi

1

Joriy hisoblar boʻlimi

7

Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar toʻgʻrisidagi kompleks statistik kuzatuvlar boʻlimi

5

Xonadon xoʻjaliklarini tanlab tekshirishni muvofiqlashtirish boʻlimi

5

Texnik rivojlanish boʻlimi

1

Jamgʻarish hisoblari va yordamchi hisoblar boʻlimi

4

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi

2

Pudrat qurilish tashkilotlari va uy-joy qurilishi faoliyatini statistik kuzatuvlar boʻlimi

5

Xarajatlar va chiqarish statistikasi boʻlimi

4

Ijro intizomini nazorat qilish boʻlimi

3

Xizmat koʻrsatish sohasi statistikasi boshqarmasi

1.

Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat koʻrsatish boshqarmasi

6

Statistika ishlarini tashkillashtirish va metodologiya boshqarmasi

2

Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi

1

Xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish dasturlari yigʻma tahliliy axborot va indikatorlarini shakllantirish boʻlimi

3

Ishlar boshqarmasi

3

Statistik vositalarni, matematik metodlarni rivojlantirish va sifatni boshqarish boʻlimi

4

Tashqi va ichki savdo statistikasi boʻyicha yigʻma tahliliy axborotni shakllantirish boʻlimi

4

Binolardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish boʻlimi

2

Xizmat koʻrsatish sohasi, transport va axborot infratuzilmasi kompleks statistik kuzatuvlar boʻlimi

8

Birinchi boʻlim

2

Hududiy statistika organlari bilan ishlash boʻlimi

4

Avtotransport vositalarini ekspluatatsiya qilish xizmati

1

Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdoni statistik kuzatish boʻlimi

5

Uy-joy fondini obodonlashtirish statistik kuzatuvlar boʻlimi

3

Tasniflar va metomaʼlumot-larni yuritish boʻlimi

3

Narx-navo statistikasi boshqarmasi

1

Sanoat statistikasi boshqarmasi

1

Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi

1

Ishlab chiqaruvchilarning narx-navo statistikasi boʻlimi

6

Sanoat boʻyicha yigʻma tahliliy axborotni va sanoat rivojlanishi dasturlari indikatorlarini shakllantirish boʻlimi

3

Isteʼmol narxlari va isteʼmol narxlarining indeksi statistikasi boʻlimi

5

Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi boʻyicha yigʻma tahliliy axborotni shakllantirish boʻlimi

3

Sanoat ishlab chiqarishi sohasida kompleks statistik kuzatuvlar boʻlimi

9

Axborotni tarqatish, xalqaro axborot ayirboshlash va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

1

Energetika, qayta tiklanadigan energiya manbalari statistikasi va energiya samaradorligi hisob-kitoblari shoʻbasi

2

Notijorat tashkilotlari faoliyatini, madaniyat va turizm sohalarini statistik kuzatish boʻlimi

4

Ochiq maʼlumotlarni tarqatish va xalqaro axborot ayirboshlash boʻlimi

3

Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi

1

Taʼlim, sogʻliqni saqlash, fan va innovatsiyalar sohasida statistik kuzatuvlar boʻlimi

3

Qishloq xoʻjaligidagi tarkibiy oʻzgartirishlar boʻyicha yigʻma tahliliy axborotni shakllantirish boʻlimi

3

Jamoatchilik aloqalari va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash boʻlimi

3

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari faoliyatini statistik kuzatish boʻlimi

4

Ekologiya va chiqitlar bilan ishlash statistikasi shoʻbasi

2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlari soni — 234 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish xodimlari soni — 29 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar soni — 42 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri statistika boshqarmalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqaruv xodimlari soni — 64 — 83 nafar (soʻrovnoma oʻtkazuvchilarni qoʻshib hisoblaganda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish xodimlari soni — 7-8 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 1024 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* boʻlinmalarning boshqaruv xodimlari soni qayta ishlangan statistik axborot hajmidan kelib chiqib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** soʻrovnoma oʻtkazuvchilarni hisobga olmaganda. Soʻrovnoma oʻtkazuvchilar soni — jami 121 nafar (har bir hududda 6 — 12 nafardan)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Yetakchi mutaxassislar soni bajariladigan davlat statistika ishlari hajmiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlarining boshqaruv xodimlari soni — 3-4 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 755 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil ikkinchi yarim yilligidan boshlash davlat statistika hisobotining qisqartirilayotgan shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Statistik hisobot shakllari nomi

Taqdim etish davriyligi

I. Ortiqcha hisobotlarni unifikatsiyalash va qisqartirish orqali maʼlumotlar kompensatsiyasi bilan

1.

4-narx shakli “Yuklarni temir yoʻl transportida tashish tariflari toʻgʻrisida hisobot”

oylik

2.

5-narx shakli “Yuklarni havo transportida tashish tariflari toʻgʻrisida hisobot”

oylik

3.

6-narx shakli Yuklarni truboprovod transportida perekachka (transportirovka qilish) tariflari toʻgʻrisida hisobot

oylik

4.

3-invest shakli “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot”

yillik

5.

1-xizmat shakli “Aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida hisobot”

yillik

6.

3-eko shakli “Chiqindilar hosil boʻlishi, ulardan foydalanish va bir joyga toʻplash toʻgʻrisida hisobot”

yillik

7.

1-RM shakli “Rangli metalla parchalari va chiqindilari hosil boʻlishi hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot”

yillik

8.

7-kom shakli “Gazlashtirish toʻgʻrisida hisobot”

yillik

II. Tanlab olinadigan yangi tekshirishlarni joriy etish orqali maʼlumotlar kompensatsiyasi bilan

9.

1-lizing shakli “Lizing faoliyati toʻgʻrisida hisobot”

yillik

III. Idoraviy hisobdan foydalanish orqali maʼlumotlar kompensatsiyasi bilan

10.

1-geo shakli “Geologiya-qidiruv ishlarini bajarish toʻgʻrisida hisobot”

yillik