Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
“Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 4-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2223-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2019-yil 14-yanvardagi 02/16-10/41-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2223-4, 23.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011-yil 16-martdagi 3-son “Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2223, 2011-yil 2-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 18-son, 185-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-iyul,
01/16-26/15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
2017-yil 10-iyuldagi 01/16-26/15-son qaroriga
ILOVA
2017-yil 10-iyuldagi 01/16-26/15-son qaroriga
ILOVA
“Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qaror muqaddimasidagi “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda), “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 63-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 521-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlar “va “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi qonunlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizom muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi va “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) va uning hududiy organlariga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni (keyingi oʻrinlarda materiallar deb yuritiladi) taqdim etish tartibini belgilaydi.”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2017-yil 10-iyul
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. BEGALOV
2017-yil 10-iyul
Moliya vaziri B. XODJAYEV
2017-yil 10-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 790-modda)