02.08.2017 yildagi PF-5128-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti xodimlari kunini nishonlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab temir yoʻl sohasini rivojlantirishga boʻlgan katta eʼtibor natijasida mazkur tarmoqda yuksak marralarga erishilmoqda. Bugungi kunga kelib temir yoʻl transporti tizimi oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga koʻtarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish, murakkab togʻ va choʻl sharoitlarida yangi temir yoʻllarni barpo etish, tezyurar poyezdlar harakatini tashkil qilish, temir yoʻllarni elektrlashtirish, yuk va yoʻlovchi tashish vagonlarini ishlab chiqarish boʻyicha yirik loyihalarning amalga oshirilishi nafaqat transport infratuzilmasini rivojlantirish, balki butun mamlakatni taraqqiy ettirishga xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz iqtisodiyotida strategik ahamiyatga ega boʻlgan “Navoiy-Uchquduq-Nukus-Sultonuvaystogʻ”, Amudaryo uzra qurilgan koʻprik, “Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon” va “Angren-Pop” temir yoʻllarining qurilishi Oʻzbekistonda mustaqil, yagona temir yoʻllar tarmogʻini shakllantirish imkonini yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida yurtimizda temir yoʻl sohasi murakkab tiklanish va rivojlanish yoʻlini bosib oʻtdi. Natijada mamlakatimizning barcha mintaqalarini bir-biri bilan ishonchli va samarali bogʻlaydigan hamda xalqaro transport yoʻlaklariga chiqish imkonini beradigan temir yoʻl transporti kommunikatsiyalarining mustaqil, yagona va yaxlit tizimi barpo etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren-Pop” temir yoʻli va tunnelining qurilgani va foydalanishga topshirilgani Fargʻona vodiysi viloyatlarini respublikamizning qolgan hududlari bilan mustahkam bogʻladi, ushbu temir yoʻl Xitoy-Markaziy Osiyo-Yevropa yangi temir yoʻl tranzit yoʻlagining ajralmas va muhim boʻgʻini boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida temir yoʻl transporti kommunikatsiyalarini va infratuzilmasini yanada rivojlantirishga 7,5 milliard dollarlik kapital qoʻyilmalar, shu jumladan, 2,4 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar yoʻnaltirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yangi temir yoʻllarni qurish va rekonstruksiya qilish, harakat xavfsizligini taʼminlash imkonini beradigan innovatsiya loyihalarini tarmoqqa joriy etish, yangi ish oʻrinlari yaratish, soha uchun zamonaviy bilimli kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, buning uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish va boshqa ijtimoiy masalalarni hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilarni tashish hajmini oshirish, temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish borasida oxirgi yillarda erishilgan yutuqlarni hisobga olib hamda soha mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida, shuningdek, sohada mehnat qilayotgan keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2017-yildan boshlab avgust oyining birinchi yakshanba kuni “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti xodimlari kuni” deb eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, mutasaddi vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti xodimlari kunini sohaga mos tarzda, tantanali ravishda oʻtkazishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti xodimlari kunini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddat ichida “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti xodimlari kuni”ni nishonlash boʻyicha tegishli qonun loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 2-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5128-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 767-modda)