31.07.2017 yildagi 563-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 —2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida dermatovenerologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlashni isloh qilish davlat dasturlari doirasida respublikada aholiga dermatovenerologik tibbiy yordam koʻrsatishning yagona vertikal birlashtirilgan tizimi tashkil etilgan. Dermatovenerologiya xizmati muassasalarini zamonaviy, yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda, dermatovenerologiya sohasida professional kadrlar tayyorlaydigan ilmiy maktab tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dermatovenerologiya xizmati amaliyotiga doimiy asosda dermatovenerologik kasalliklarning oldini olish, ularni aniqlash va davolashning zamonaviy usullari tatbiq etilmoqda, bu tanosil va terining yuqumli kasalliklarini aniqlashni 15 foizga, surunkali dermatozlarni aniqlashni 37 foizga oshirishga imkon yaratdi. Aholi hayot tarzining oʻsishi fonida teri kasalliklari asoratlarining oldini olish va ularni davolash maqsadida tibbiy kosmetologiya yordamini rivojlantirish zaruriyati oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra butun dunyoda teri kasalliklari va jinsiy yoʻl orqali yuquvchi infeksiyalarga chalingan bemorlar sonining oʻsishi saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi oʻrtasida dermatovenerologik kasalliklarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash, ilgʻor diagnostika usullarini tatbiq etish va davolashning samarali tizimini tashkil qilish, tibbiy kosmetologiyani rivojlantirish hamda dermatovenerologiya xizmatining moddiy-texnika bazasini va kadrlar potensialini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar dermatovenerologiya xizmatini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning tarkibini takomillashtirish, dermatovenerologik kasalliklar va ular asoratlarining oldini olish, ularni aniqlash va davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon standartlari talablarini hisobga olgan holda respublika dermatovenerologiya xizmatining meʼyoriy bazasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dermatovenerologiya xizmatining tibbiy muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, qayta tiklash va mukammal taʼmirlashni amalga oshirish, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash orqali zamonaviylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostika va davolash usullaridan foydalanishini yaxshilash, dermatovenerologik kasalliklarni davolashda yuqori samaraga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar potensialini mustahkamlash va dermatovenerologik kasalliklarning oldini olish, ularni aniqlash va davolash sohasida yurtimizda oʻtkaziladigan ilmiy tekshirishlar spektrini kengaytirish, jinsiy yoʻl orqali yuquvchi infeksiyalar, dermatologik kasalliklar va ularning asoratlari rivojlanishini oʻrganishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tekshirishlar oʻtkazish, ularni sogʻliqni saqlash amaliyotiga tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi chet el tibbiy muassasalari va markazlari bilan dermatovenerologiya va kosmetologiya sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, toʻplangan tajriba, maʼlumot va mutaxassislar bilan keng miqyosda almashishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat markazlaridan uzoqda joylashgan aholini toʻliq qamrab olishni hisobga olgan holda Bekobod shahri, Denov, Toʻrtkoʻl va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanseri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidagi yuridik shaxs shaklida boʻlmagan, xodimlar soni 12 shtat birligidan koʻp boʻlmagan, dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya eksperimental ilmiy laboratoriyasi (keyingi oʻrinlarda eksperimental laboratoriya deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, eksperimental laboratoriya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya sohasida zamonaviy ilmiy yutuqlarni rivojlantirish va sogʻliqni saqlash amaliyotiga tatbiq qilish boʻyicha muvofiqlashtirish-uslubiy ishlarni, dermatovenerologik kasalliklar va ular asoratlarining oldini olish samarali dasturlarini ishlab chiqish orqali epidemiologik holat monitoringini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriyaning ishlashi va uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga budjetdan maqsadli ajratilgan pul mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan ilmiy loyihalar tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar grantlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga ish yuritadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida dermatovenerologiya xizmatini rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi (keyingi oʻrinlarda Chora-tadbirlar dasturi deb ataladi) ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dermatovenerologiya va kosmetologiya sohasida tibbiy muassasalar faoliyatini yagona uslubiy vertikal boshqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining dermatovenerologiya xizmati tashkiliy tuzilmasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tuzilmasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy va tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanserlarining namunaviy tuzilmasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya eksperimental ilmiy laboratoriyasi toʻgʻrisidagi nizomni va uning tuzilmasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar “Sogʻliqni saqlash” sohasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, Chora-tadbirlar dasturi ilovasida koʻrsatilgan Dermatovenerologiya xizmatining tibbiy muassasalarini qurish, qayta tiklash va mukammal taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda — Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun chet davlatlarning, xalqaro moliyaviy institutlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlarini hamda budjetdan tashqari boshqa mablagʻlarni jalb etish boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
563-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 778-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)