Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi

1.

Abdullayev I.B.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Komissiya raisi

2.

Shadmanov A.K.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, Komissiya raisining o‘rinbosari

3.

Xodjayev B.A.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri

4.

Saidova G.K.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

5.

Abduxakimov A.A.

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

6.

Kamilov A.X.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

7.

Inoyatov U.I.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri

8.

Madjidov I.U.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

9.

Muratov M.M.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

10.

Ikramov M.M.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

11.

Shermatov Sh.X.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi

12.

Axmedxadjayev A.I

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi

13.

Abdullayev A.X.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

14.

Muxammadiyev U.N.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)

15.

Saidov A.X.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori

16.

Karimov A.M.

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi (kelishuvga asosan)

17.

Abdullayev K.K.

O‘zbekiston Nogironlar jamiyati boshqaruvi raisi (kelishuvga asosan)

18.

Musayev A.M.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma katta prokurori, Komissiya mas’ul kotibi

Mamlakatimizda keksalar, pensionyerlar, nogironlar va imkoniyati cheklangan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish tizimi yaratildi. Aholining ehtiyojmand qatlamlarini manzilli ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Shu bilan birga tug‘ma va nasliy kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar kutilgan natijani bermayapti.

Jumladan, joriy yil 1-yanvar holatiga 650 284 nafar shaxs nogiron deb topilgan, ularning 84 908 nafarini 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi. Ularga har yili Davlat budjetidan 2,5 trillion so‘m miqdorida pensiya va nafaqalar to‘lanadi.

O‘rganishlar sog‘liqni saqlash organlari tomonidan homilador ayollarning 60 foizdan ortig‘i skrining tekshirishlari bilan qamrab olinmaganligini ko‘rsatdi. Kasalliklar o‘z vaqtida aniqlanmaganligi oqibatida 3 568 nafar bola tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘ilgan.

Respublikada chaqaloqlarga nisbatan o‘tkazilayotgan perinatal skrining tadqiqotlar faqat ikki turdagi tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi (qalqonsimon bez garmoni yetishmovchiligi, aqliy qoloqlikka olib keladigan nuqsonlar) hamda bu tug‘ma nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlash va nogironlikning keyinchalik oldini olish uchun yetarli bo‘lmayapti.

Yosh bolalarni yalpi kompleks skrining tadqiq etishni tashkil qilish va o‘tkazishdagi kamchiliklar reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun qulay fursatning boy berilishiga hamda bolalar nogironligi paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.

Nogironlik guruhini aniqlash hamda protez-ortopediya va reabilitatsiya texnika vositalari bilan ta’minlashda tibbiy-maslahat komissiyalari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatida byurokratik tartib-taomillar bartaraf etilmagan. 2016-yilda va joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “ishonch telefoni”ga 5 521 ta murojaat kelib tushganligi ham bundan dalolat beradi.

Nogironlarni hisobga olishning kompleks tizimi, nogironlarga imtiyozli shartlarda beriladigan dori vositalari va ortopediya buyumlarining yagona elektron hisoboti hamda ushbu sohada shaffoflikning mavjud emasligi nogironlarning ijtimoiy ahvolini monitoring qilish va ularga o‘z vaqtida zarur tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish imkonini bermaydi, alohida hollarda korrupsiya, talon-toroj va boshqa suiiste’molchiliklarni keltirib chiqaradi.

“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida nazarda tutilgan nogironlarning kirishi uchun moslashtirilmagan holda aholi punktlarini loyihalash va qurishga, transport vositalarini ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi norma amaliyotda to‘liq ro‘yobga chiqarilmayapti. Nogironlarning sport, madaniyat, ta’lim va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazadigan boshqa ijtimoiy obyektlardan erkin foydalanishi lozim darajada ta’minlanmagan. Imkoniyati cheklangan bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazadigan maxsus joylarni tashkil etish bo‘yicha tashabbus mavjud emas.

Shuningdek, nogironlar uchun reabilitatsiya texnika vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalarni modernizatsiya qilish talab etiladi.

Respublikada nogironlar uchun protez mahsulotlari va reabilitatsiya texnika vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha 7 ta korxona faoliyat yuritadi, ularning atigi 2 tasi zamonaviy talablarga javob beradi. Boshqa korxonalarda foydalanilayotgan asbob-uskunalar ma’nan va jismonan eskirgan bo‘lib, bu tayyorlanadigan buyumlarning, birinchi navbatda, protez-ortopediya buyumlarining sifati va qulayligiga ta’sir ko‘rsatadi.

Vakolatli davlat organlarining nogironlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyati yordamga muhtoj shaxslarni qidirish va hisobga qo‘yishga xohish yo‘qligi sababli, qoida tariqasida, aynan nogironlarning a�izalari asosida tashkil etiladi.

Nogironlarga ta’lim berishning amaldagi tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi, ularni mehnat faoliyatiga jalb etish darajasi o‘ta past hisoblanadi, bu mas’ul idoralarning ushbu yo‘nalishda yetarli ish olib bormayotganligidan dalolat beradi.

Shu sababli, davlat rahbarining joriy yil 1-avgustda qabul qilingan farmoyishi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topildi.

Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam berish tizimini yanada takomillashtirish, nogironlarning hayot sifatini yaxshilash, ta’lim olish va ishga joylashishda ularga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida farmoyishga muvofiq Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash bo‘yicha komissiya tashkil etildi.

Komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash sohasidagi qonunchilikni undagi bo‘shliqlar, kamchiliklar va korrupsiyaviy omillarni aniqlash nuqtai nazaridan inventarizatsiya va tahlil qilish;

nogironlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish holatini, ularning ta’lim olish va ishga joylashish huquqlari amalga oshirilishini, shuningdek, nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash sohasidagi vakolatli organlar faoliyatini tanqidiy o‘rganish;

nogironlar huquqlarini ta’minlash sohasidagi umume’tirof etilgan normalar va standartlarni, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini o‘rganish;

tibbiy-malakaviy komissiyalar va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatini shaffoflik va ochiqlikni ta’min�ash, tartib-taomillarni o‘tkazishni soddalashtirish va ularning muddatlarini qisqartirish maqsadida qayta ko‘rib chiqish;

nogironlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish bo‘yicha, birinchi navbatda, nogironlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar ahvolini tahlil qilish;

nogironlar uchun protez-ortopediya va reabilitatsiya texnika vositalari ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish va takliflar tayyorlash;

nogironlarning jamoat transporti, ijtimoiy va boshqa infratuzilma obyektlaridan to‘sqinliksiz foydalanishini ta’minlash holatini tahlil qilish;

nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash sohasidagi qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, tug‘ma va nasliy kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda oldini olish, shuningdek, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini, shu jumladan, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish ishlarini targ‘ib qilishni tubdan kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Bundan tashqari, Komissiyaga o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va muddatida bajarishni ta’minlash uchun ishchi guruhlari tashkil etish, nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini o‘rganish, ushbu sohadagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqlash, shuningdek, joriy yil 15-sentabrga qadar muddatda nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni kiritish topshirildi.

Farmoyishda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam berish tizimini yanada takomillashtirishga, ta’lim olish v� ishga joylashishda ularga har tomonlama ko‘maklashishga, korrupsiyaviy ko‘rinishlar va boshqa huquqbuzarliklarni bartaraf etishga, pirovard natijada nogironlar to‘laqonli hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi