31.07.2017 yildagi PQ-3166-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotishda koʻmaklashish, mahalliylashtirish jarayonlarini kengaytirish, aholining bandligi va sanoat mahsulotlari hajmining oʻsishini taʼminlash mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirishning eng muhim shartlaridan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadda tuzilgan “Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasi” davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb yuritiladi) tomonidan koʻrgazma-yarmarka savdolarini tashkil etish, ularda ishtirok etishga tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarni jalb etish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlillar Direksiya faoliyatini tashkil etishning amaldagi tartibi davlat va korporativ xaridlarning ochiqligi va shaffofligini lozim darajada taʼminlamayotganligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, tenderlar oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida Kooperatsiya birjasi doirasida asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qayta ishlangan xom ashyo va materiallarning xaridini amalga oshirishga imkon beruvchi amaldagi tartib turli xil korrupsiya koʻrinishlari, shu jumladan, oldindan belgilangan yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish maqsadida birjalardan foydalanish uchun sharoit yaratmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrgazma-yarmarka tadbirlarini oʻtkazishning tartib-taomillari, eng avvalo, kichik biznes subyektlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish uchun davlat va korporativ buyurtmalarni olishga boʻlgan imkoniyatlarini, oqibatda sogʻlom raqobat muhitini yanada rivojlantirishni lozim darajada taʼminlamayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya tomonidan tuzilgan shartnomalarni tahlil qilish va ular asosida tegishli loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish, mahalliy xom ashyo bazasida tayyor mahsulotlarni mahalliylashtirishni kengaytirish uchun sanoat kooperatsiyasining roli va ahamiyatini oshirish boʻyicha asosiy vazifalar amalda bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Direksiya faoliyatiga ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining past darajada joriy etilganligi davlat va korporativ xaridlarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarni roʻyxatga olishning samarasiz tizimi, tuzilgan shartnomalar ijrosini nazorat qilishning taʼsirchan mexanizmlari mavjud emasligi aksariyat hollarda qabul qilingan shartnoma majburiyatlari va tasdiqlangan tarmoq jadvallarining bajarilmasligiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlaridan samarali foydalanilishini, raqobatning yanada rivojlanishini hamda tadbirkorlik subyektlari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berishga davlat va korporativ buyurtmalardan teng foydalanish imkoniyatini, shuningdek, mazkur jarayonning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining “Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasi” davlat korxonasini tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Direksiyani tugatish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi doirasida davlat xaridlari yagona axborot portalini hamda resurslar yagona milliy maʼlumotnomasini yaratish orqali ularning ochiqligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazma majmuasining koʻrgazma-yarmarka faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3166-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotishda koʻmaklashish, mahalliylashtirish jarayonlarini kengaytirish, aholining bandligi va sanoat mahsulotlari hajmining oʻsishini taʼminlash mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirishning eng muhim shartlaridan hisoblanadi.

Ushbu maqsadlarda koʻrgazma-yarmarka savdolari, shu jumladan, har yili tashkil etilayotgan Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida oʻtkazilmoqda.

Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlillar koʻrgazma-yarmarka savdolarini tashkil etish va oʻtkazishga masʼul boʻlgan “Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasi” davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb yuritiladi) faoliyatida jiddiy kamchiliklar mavjudligini, bu esa davlat va korporativ xaridlarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlashga salbiy taʼsir etayotganligini koʻrsatdi.

Xususan, tenderlar oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida koʻrgazma-yarmarka savdolari doirasida asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qayta ishlangan xom ashyo va materiallarni xarid qilishning amaldagi tartibi turli xil korrupsiya koʻrinishlari, shu jumladan, real bozor konyunkturasini inobatga olmasdan shartnomalar tuzish, narxlarni oshirish va sifatsiz mahsulotlarni yetkazib berish uchun sharoit yaratmoqda.

Koʻrgazma-yarmarka savdolarini oʻtkazishning tartib-taomillari, eng avvalo, kichik biznes subyektlarining davlat va korporativ buyurtmalarni olishga boʻlgan imkoniyatlarini lozim darajada taʼminlamayapti, bu esa bozorda sogʻlom raqobatni rivojlantirishni cheklab qoʻymoqda.

Koʻrsatilgan muammolar bitimlarni tuzishning shaffof mexanizmi yoʻqligi, ushbu sohaga ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ishlarning yetarli emasligi sababli kuchaymoqda.

Bundan tashqari, ilgari oʻtkazilgan xalqaro sanoat yarmarkalari va kooperatsiya birjalari doirasida tuzilgan shartnomalar ijro etilishi yakunlarining tahlili shartnoma majburiyatlari va tasdiqlangan tarmoq jadvallarining bajarilishi toʻliq taʼminlanmayotganligini koʻrsatdi.

Mazkur holat koʻrgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan shartnomalarni ijro etish jarayoni ustidan lozim darajada nazorat oʻrnatilmaganligidan, ularni tuzishda, shu jumladan, Direksiya ishini tashkil etishdagi xatolar oqibatida sodir etilgan suiisteʼmolchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda.

Shu bilan bir qatorda, Direksiya tomonidan tuzilgan shartnomalarni tahlil qilish va ular asosida tegishli loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish, mahalliy xom ashyo bazasida tayyor mahsulotlarni mahalliylashtirishni kengaytirish uchun sanoat kooperatsiyasi roli va ahamiyatini oshirish boʻyicha asosiy vazifalarning bajarilishi amalda taʼminlanmagan.

Koʻrgazma-yarmarka savdolarini samarali oʻtkazish uchun pavilyon maydonlari va boshqa infratuzilmalarning yetarli emasligi yetkazib beruvchilarning talablarini toʻliq darajada qanoatlantirmagan, shuningdek, ularning ishtirokchilari doirasini, ayniqsa, kichik biznes subyektlari hisobidan kengaytirish imkonini bermagan.

Bayon etilganlar inobatga olinib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarori bilan Direksiya tugatildi.

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish topshirildi. Takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi doirasida davlat xaridlari yagona axborot portali hamda yagona milliy resurslar maʼlumotnomasini tashkil qilish orqali mazkur tizimning ochiqligi va shaffofligini oshirishni nazarda tutishi lozim.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan tashkil qilinmoqda hamda har bir resursning (tovarlar, ishlar va xizmatlarning) haqiqiy bozor qiymatini shakllantirish imkonini beradigan Resurslar yagona milliy maʼlumotnomasini joriy etishni, shuningdek, davlat xaridlarining shaffofligi va suiisteʼmolchiliklarning oldini olishni taʼminlaydigan yagona avtomatlashtirilgan tizimni yaratishni nazarda tutadi.

Umuman olganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan qaror davlat va korporativ xaridlar jarayonining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, koʻrgazma-yarmarka savdolaridan qonunga xilof maqsadlarda foydalanish imkoniyatlariga chek qoʻyish, tuziladigan shartnomalarning ijrosi ustidan nazoratni taʼminlashga, pirovard natijada budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish, raqobatni yanada rivojlantirish hamda tadbirkorlik subyektlarining davlat va korporativ xaridlarda ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratishga koʻmaklashadi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 772-modda)