Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2329-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-martdagi PQ-2834-son “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 1-fevraldagi 2-yu, 7-son qarori (roʻyxat raqami 2329, 2012-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v. b. Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-iyul,
155-mh-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-iyul,
105-son
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyuldagi 155-mh, 105-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Toʻlov summasi Davlat budjeti, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan normativlar boʻyicha taqsimlanadi.”.
2. Quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
“121. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasiga toʻlovdan kelib tushgan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 350-son “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha qatʼiy foydalanadi.”.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2017-yil 19-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 762-modda)