Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON YoShLARINING “KAMOLOT” IJTIMOIY HARAKATI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShGA KOʻMAKLAShISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekistonda yoshlar harakatini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati Maslahat kengashining:
Harakatga zarur yordam koʻrsatish va uning samarali ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Harakatning dasturiy maqsadlari va ustavda koʻrsatilgan vazifalari doirasida amalga oshiriladigan harakatning faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash uchun Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan kelishilgan Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom kiritilsin.
2. Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati Markaziy kengashi va Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida tegishli shartnomalar tuzish asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish vazifalari yoshlar ijtimoiy harakatiga va uning joylardagi boʻlimlariga ixtiyoriy yuklatilishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida tuziladigan shartnomalar asosida yagona soliq hisoblangan miqdorining 7 foizi yoki hisoblangan yagona soliq toʻlovi summasining 5 foizi kichik biznes korxonalari (savdo korxonalaridan tashqari) tomonidan Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Yagona soliq hisoblangan miqdorining 7 foizini yoki hisoblangan yagona soliq toʻlovi summasining 5 foizi Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq maʼqullansin.
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-avgustdagi 198-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 253-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki:
Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati dasturiy vazifalarini amalga oshirish uchun homiylik badallari tarzida unga oʻtkaziladigan mablagʻlar daromad (foyda) soligʻini hisoblashda soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida kichik biznes korxonalari (savdo korxonalaridan tashqari) tomonidan yagona soliq hisoblangan miqdorining 7 foizini yoki hisoblangan yagona soliq toʻlovi summasining 5 foizi harakatni rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish budjetga majburiy toʻlovlarga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-avgustdagi 198-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 253-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamgʻarmasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1996-yil 31-maydagi 207-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 30-may,
240-son
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona soliq hisoblangan miqdorining 7 foizini yoki hisoblangan yagona soliq toʻlovi summasining 5 foizini Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-avgustdagi 198-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 253-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom kichik biznes korxonalari (savdo korxonalaridan tashqari) tomonidan yagona soliq hisoblangan miqdorining 7 foizini yoki hisoblangan yagona soliq toʻlovi summasining 5 foizini oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi shartnomalarga muvofiq Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi)ga oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Yagona soliq yoki yagona soliq toʻlovi toʻlovchi hisoblanadigan va Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamgʻarmasi mahalliy boʻlimlari bilan oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida shartnomalar tuzgan kichik biznes korxonalari yagona soliq hisoblangan miqdorining 7 foizini yoki yagona soliq toʻlovi hisoblangan miqdorining 5 foizini Jamgʻarmaga oʻtkazadilar.
Kichik biznes korxonalari (savdo korxonalaridan tashqari) tomonidan yagona soliq hisoblangan miqdorining 7 foizini yoki yagona soliq toʻlovi hisoblangan miqdorining 5 foizini oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida Jamgʻarmaga oʻtkazish davlat budjetiga majburiy toʻlovlarga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Kichik biznes korxonalari Jamgʻarmaga mablagʻlarni yagona soliqni va yagona soliq toʻlovini toʻlash uchun belgilangan tartibda va muddatlarda oʻtkazadilar. Jamgʻarmaga oʻtkazilishi kerak boʻlgan mablagʻlar soliq organlariga taqdim etiladigan yagona soliq yoki yagona soliq toʻlovi boʻyicha hisob-kitoblarda alohida satrda aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida shartnomalar tuzgan kichik biznes korxonalari ikkita toʻlov topshiriqnomasini rasmiylashtiradilar:
a) yagona soliq toʻlovchilar belgilangan tartibda:
Jamgʻarmaga — yagona soliq hisoblangan miqdorining 7 foizi miqdorida;
budjetga — yagona soliq hisoblangan summasining 93 foizi miqdorida oʻtkazadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
b) yagona soliq toʻlovi toʻlovchilar belgilangan tartibda:
Jamgʻarmaga — yagona soliq toʻlovi hisoblangan miqdorining 5 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
budjetga va Davlat maqsadli jamgʻarmalariga — yagona soliq toʻlovi hisoblangan miqdorining 95 foizi miqdorida oʻtkazadilar”;
(1—4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-avgustdagi 198-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 253-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Kichik biznes korxonalari topshiriqnomalariga binoan mablagʻlarning ham budjetga, ham Jamgʻarmaga oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun tijorat banklari muassasalari rahbarlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Mazkur Nizom bilan belgilangan yagona soliq yoki yagona soliq toʻlovidan Jamgʻarmaga ajratmalar buxgalteriya hisobida quyidagi qaydnoma bilan aks ettiriladi:
“Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik (turlar boʻyicha)” 6410-hisob raqami debeti”
“Sugʻurta va Davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni hisobga olish hisob raqami krediti (6500) “Kamolot” yoshlar harakati jamgʻarmasiga toʻlovlar” hisob raqami ajratib koʻrsatilgan holda.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-avgustdagi 198-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 253-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mablagʻlarni Jamgʻarmaga oʻtkazishda quyidagi buxgalteriya qaydnomasi tuziladi:
“Sugʻurta va Davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni hisobga olish hisob raqami debeti (6500) “Kamolot” yoshlar harakati jamgʻarmasiga toʻlovlar” hisob raqami ajratib koʻrsatilgan holda.
“Pul mablagʻlarini hisobga olish” hisob raqami krediti”.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-avgustdagi 198-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 253-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Kichik biznes korxonalari yagona soliq yoki yagona soliq toʻlovi miqdoridan mablagʻlar oʻtkazishni amalga oshirganda oʻzlari hisobda turgan joydagi soliq organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
“Kamolot” harakati ijro etuvchi organi bilan oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi;
hisobot davrida hisoblangan va toʻlangan yagona soliq yoki yagona soliq toʻlovining miqdori hisob-kitobi.
(8-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-avgustdagi 198-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 253-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
9. Kichik biznes korxonalaridan mablagʻlarning budjetga va Jamgʻarmaga toʻgʻri va oʻz vaqtida tushishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida soliq organlari hamda “Kamolot” harakatining tegishli boʻlimlari budjetga va Jamgʻarmaga oʻtkazilishi kerak boʻlgan va amalda oʻtkazilgan mablagʻlarni bir yilda ikki marta — 1-yanvardagi va 1-iyuldagi holati boʻyicha solishtiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yagona soliqning yoki yagona soliq toʻlovining oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida Jamgʻarmaga tegishli boʻlgan qismini oʻtkazish muddatlari kichik biznes subyektlari tomonidan buzilgan taqdirda ulardan qonun hujjatlariga muvofiq davlat budjetiga oʻtkaziladigan penya undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-avgustdagi 198-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 253-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 10-son, 62-modda; 2004-y., 52-son, 523-modda; 2005-y., 32-33-son, 253-modda; 2007-y., 4-6-son, 42-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda; 2012-y., 52-son, 587-modda)