13.11.2002 yildagi 390-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.11.2002 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOZORNI ISTEʼMOL TOVARLARI BILAN TOʻLDIRISHNI RAGʻBATLANTIRISH HAMDA ISHLAB CHIQARUVCHILAR VA SAVDO TASHKILOTLARINING OʻZARO MUNOSABATLARINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori sifatli, raqobatbardoshli isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni koʻpaytirishni va ularning assortimentini kengaytirishni ragʻbatlantirish, ichki isteʼmol bozorini ular bilan yuqori darajada toʻldirish, shuningdek respublikaning ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan savdo tashkilotlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2003-yil 1-yanvardan 2007-yil 31-dekabrgacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishdan olingan daromadlardan daromad (foyda) soligʻini amaldagi stavkadan 20 foizga kamaytirilgan stavka boʻyicha toʻlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar uchun tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar bolalar uchun tovarlar ishlab chiqarishdan olingan daromadlardan daromad (foyda) soligʻini 7 foizli stavka boʻyicha toʻlaydilar. Bolalar uchun tovarlar guruhiga kiruvchi tovarlarni aniqlashda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-iyuldagi 327-f-son farmoyishiga va Statistika davlat departamenti tomonidan tasdiqlangan sanoat mahsuloti nomenklaturasiga 1997-yil 17-iyuldagi 8-1/3-8-son Tushuntirishga amal qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar va kichik korxonalar isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishdan olingan tushumdan yagona soliqni amaldagi stavkadan 25 foizga kamaytirilgan stavka boʻyicha toʻlaydilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish korxonalarining isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish fizik hajmlarini koʻpaytirish hisobiga olingan daromadlari (foydasi) daromad (foyda) soligʻi va yagona soliq toʻlashdan ozod qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari (tamaki mahsulotlari va zargarlik buyumlaridan tashqari) ishlab chiqaruvchi korxonalar, boʻshaydigan mablagʻlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishga, ishlab chiqarilayotgan isteʼmol tovarlarining assortimentini kengaytirishga va raqobatbardoshliligini oshirishga maqsadli yoʻnaltirilgan taqdirda, budjetga aksiz soligʻi toʻlashdan ozod qilinadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga amortizatsiya ajratmalarining yillik hisobdan chiqarish miqdorlarini asosiy vositalar xizmatining foydali muddatidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilash huquqi beriladi. Bunda soliqqa tortish maqsadidagi amortizatsiya ajratmalarining yillik miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan normalardan oshmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning oʻzi ishlab chiqargan isteʼmol tovarlari reklamasiga xarajatlari daromad (foyda) soligʻini hisoblab chiqishda soliqqa tortiladigan bazadan toʻliq hajmda chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan (isteʼmol tovarlari hajmi ishlab chiqariladigan tovarlar umumiy hajmida kamida 60 foizni tashkil qiladigan) korxonalar 2003—2005-yillarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish uchun oʻz ishlab chiqarishida foydalaniladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar importi boʻyicha bojxonada rasmiylashtirishdan keyin 60 kundan kechiktirmay, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun esa 90 kundan kechiktirmay bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlaydilar. Bunda ulush qoʻshish asosida (tolling boʻyicha) isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish uchun keltiriladigan xom ashyo bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi, bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer soligʻini belgilangan tartibda amaldagi stavkalar boʻyicha, lekin tegishli shaharlar va shaharchalarning oʻrta zonasi uchun belgilangan stavkadan ortiq boʻlmagan stavkalar boʻyicha toʻlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk soligʻini isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish uchun kreditlar hisobiga, kreditni qoplash muddatida, lekin 7 yildan ortiq boʻlmagan muddatda sotib olingan asbob-uskunalar qiymatiga kamaytirilgan soliqqa tortiladigan bazadan kelib chiqqan holda toʻlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta tushumini isteʼmol tovarlarini eksport qilishdan olingan, oʻz ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun import qilingan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar qiymatiga kamaytirilgan miqdorda majburiy ravishda sotadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorning 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar korxonalar tomonidan faqat ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, ishlab chiqarilayotgan isteʼmol tovarlarining assortimentini kengaytirish va raqobatbardoshliligini oshirish bilan bogʻliq tadbirlarga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqqa tortishdan boʻshagan mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan hollarda ushbu mablagʻlar, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima jazolarini hisobga olgan holda, toʻliq hajmda budjetga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Isteʼmol tovarlarining yirik ishlab chiqaruvchilariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mahsulotlarini rasmiy distribyutorlar orqali ulgurji sotish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mintaqalarida, shu jumladan buyum bozorlarida firma ulgurji-chakana savdo doʻkonlari shoxobchalarini rivojlantirish tavsiya qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi, davlat budjetidan va budjetdan tashqari davlat maqsadli jamgʻarmalaridan qarzi boʻlmagan korxonalarga ishlab chiqarayotgan tovarlarini oʻz rasmiy distribyutorlariga va ulgurji savdo korxonalariga 90 kundan ortiq boʻlmagan muddat bilan konsignatsiya shartnomalari boʻyicha, shuningdek vositachilik shartnomalari va topshiriqnomalar boʻyicha sotishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tijorat banklariga xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni barpo etish va ishlayotganlarini kengaytirish uchun belgilangan tartibda milliy va xorijiy valyutada kreditlar berish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sut, jun, qoramol va mayda mollar terisi, meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini qayta ishlash hamda mollarni goʻshtga soʻyish bilan shugʻullanuvchi korxonalarga mazkur qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bevosita ishlab chiqaruvchilardan — aholidan, dehqon va fermer xoʻjaliklaridan naqd pul bilan hisob-kitob qilgan holda oʻz ehtiyojlari uchun tayyorlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qayta ishlash korxonalari rahbarlarining sut, tirik mol, jun, teri, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari xarid qilish uchun bankdan olingan naqd pullardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsan javob berishlari belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Sut, tirik mol, jun, qoramol va mayda mollar terisi, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan qayta ishlash korxonalariga naqd pul berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin, joylarda qayta ishlash korxonalari tomonidan koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun naqd pullardan maqsadli foydalanilishini belgilangan tartibda tekshirishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
390-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qarorining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari joriy etiladigan isteʼmol tovarlari
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

№‎

Tovarlar guruhi ‎

Soliq imtiyozlari joriy etiladigan tovarlar nomi‎

1.‎ Bolalarga moʻljallangan tovarlar‎ Bolalarga moʻljallangan tovarlar roʻyxati Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-iyuldagi 327-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan.‎
2.‎ Maishiy kimyo va mayda qadoqlangan tovarlar‎

Silliqlovchi, yelimlovchi, yuvuvchi sintetik vositalar, vannalar uchun koʻpikli kir yuvish vositalari, yogʻlarni ketkazuvchi va suvni yumshatuvchi vositalar, buyumlar va gazlamalarni oqartirish, sinkalash va kraxmallash vositalari, dogʻni ketkazuvchi va tozalovchi vositalar.
‎Hasharotlar, kemiruvchilarga qarshi kurash uchun tovarlar hamda dezinfeksiyalash vositalari, plastillin, aerozol idishdagi soch uchun lok.‎

3.‎ Madaniy-maishiy va xoʻjalik maqsadidagi tovarlar‎

Maishiy elektr mashinalari va priborlar, shu jumladan goʻsht maydalagichlar va elektr goʻsht maydalagichlar, sharbat siqqichlar, oshxona kombaynlari, elektr mikserlar, sochni quritish uchun fen, kofe yanchgichlar, elektr drellar, tosterlar, isituvchi koloriferlar, mikrotoʻlqinli pechlar, elektr dazmollar, idish-tovoq va oshxona priborlari, shu jumladan turmushda foydalaniladigan har xil oshxona anjomlari, qoshiqlar, pichoqlar, vilkalar, metallarning barcha turlaridan yasalgan likopchalar, har xil kurakchalar (baliq, blin, yogʻ uchun kurakchalar va boshqalar), metallar va qotishmalarning har xil turlaridan yasalgan roʻzgʻorda ishlatiladigan metall idishlar, musiqa asboblari, barcha turdagi bolalar oʻyinchoqlari, shu jumladan yumshoq oʻyinchoqlar, gramplastinkalar, kompakt va lazer disklari, audio- va video kassetalar, soqol olish priborlari, tish choʻtkalari, koʻzoynaklar uchun gʻiloflar, tugmalar (plastmassa, metall, yogʻoch tugmalar va boshqalar), bolalar vannachalari, suv va axlat uchun chelak.
‎Yakka tartibda foydalaniladigan antenna komplekslari, maishiy soatlar, galvanik elementlar va batareyalar, qulflaydigan va mayda-chuyda metall buyumlar, kranlar va siljitgichlar.
‎Gaz bilan ishlaydigan avtomatik maishiy suv isitgichlar, maishiy nasoslar, gaz va elektr plitalari, plafonlar va roʻzgʻorda ishlatiladigan sochuvchilar, termoslar, normal yoritadigan elektr chiroqlar.‎

4.‎ ‎Murakkab maishiy texnika va radioelektron apparatlar Barcha turdagi maishiy kir yuvish mashinalari (kir qoʻlda siqiladigan, yarim avtomatik, avtomatik). Barcha turdagi maishiy sovutgichlar va muzlatgichlar. Oq-qora va rangli tasvirli televizorlar, radio toʻlqini qabul qilish qurilmalari: radiopriyomniklar, radiolalar, magnitoradiolalar, magnitolalar, radiokomplekslar va musiqali markazlar, magnitofonlar, barcha turdagi qoʻshimcha magnitofonlar, koʻzi ojiz nogironlar uchun ovoz chiqaradigan kitoblarni eshittirish magnitofon qurilmalari, diktofonlar, oq-qora va rangli tasvirli videomagnitofonlar va qoʻshimcha videomagnitofonlar, videoproigrivatellar, ovoz chiqarish kolonkalari, elektron eshitish apparatlari, maishiy videomagnitofonlar uchun video-telekameralar.‎
5.‎ Kir sovun va atir sovun, kir yuvish poroshogi‎ Yuvish uchun va roʻzgʻorda ishlatiladigan, tarkibida yogʻ boʻlgan kir yuvish vositalari (atir sovun va kir sovun, kir yuvish poroshogi, kir yuvishda ishlatiladigan paraxa).‎
6.‎ Pardoz-andoz buyumlari, tish pastasi‎ Odekolonlar, atirlar, kremlar, soch, teri, tishni parvarish qilish vositalari, upa, ziynat baxsh etadigan pardoz-andoz buyumlari, losonlar, tana uchun badboʻy hidni yoʻqotuvchi vositalar, oftobda qorayish vositalari, chivinga qarshi vositalar.
7.‎ Ayollar gigiyenasi buyumlari‎ Ayollar gigiyenasi buyumlari roʻyxati Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-iyuldagi 327-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan.‎
8.‎ Tikuv, trikotaj, paypoq buyumlar, toʻqimachilik attorligi‎ Ustki kiyim: ayollar, erkaklar, oʻsmirlar va bolalar paltolari, kurtkalari, kostumlari; ayollar koʻylagi, qiz bolalar koʻylagi va yaslida kiyiladigan koʻylaklar; erkaklar va bolalar koʻylaklari. Choyshab buyumlari: koʻrpa-toʻshak jildlari, choyshab, yostiq jildlari, koʻrpa jildlari, pastga solinadigan choyshab, ayollar va bolalarning tungi koʻylaklari, erkaklar va bolalar pijamalari; jun, yarim jun, ip gazlama va momiq adyollar, shu jumladan qalin jun roʻmol; ichki va ustki trikotaj kiyimlar, paypoqlar, qoʻlqoplar, boshmaldoq qoʻlqop, bosh kiyimlari. Ip gazlamadan tayyorlangan sintetik, yarim junli va kalavaning boshqa turlaridan tayyorlangan tibbiyot buyumlari (bintlar, choʻltoqlar uchun gʻilof, tizzaband, tirsakband, boldirband, bogʻich va boshqalar). Pardabop toʻrlar, toʻr (krujeva), sharflar, dastroʻmollar va roʻmollar, roʻmolchalar, galstuklar, manjetlar, ensiz yoqa, poyondozlar, salfetkalar, dasturxonlar, yopqichlar (nakidki), oʻrin yopinchigʻi, darpardalar, gilamchalar, soyabonlar va soyabonlar uchun gʻiloflar, gazlamadan yasalgan abajurlar, toʻqilgan xoʻjalik sumkalari, bolalar sumkalari, toʻr belanchaklar va toʻr xaltalar, lentalar, uqa (jiyak), bogʻichlar, rezinali bogʻichlar, shokilali buyumlar va toʻqimachilik attorligining boshqa buyumlari.‎
9.‎ Charm, charm-attorlik va moʻyna buyumlar‎ Portfellar, papkalar, safar xaltalar, karmonlar, sumkalar, portmone, hamyonlar, muqovalar, gʻiloflar, nesesserlar, portsigarlar, qoʻlqoplar, ish qoʻlqoplari, kamarlar, chemodanlar, sakvoyajlar, qoplar, gʻiloflar, sport-ov buyumlari, toʻplar. Moʻynali va qoʻy terisidan yasalgan poʻstin, moʻynali bosh kiyimlari, yoqa, moʻyna, yopqichlar (plastina), skroi, ayollarning moʻynali bosh kiyimlari, ish qoʻlqoplari va moʻynali qoʻlqoplar va qoʻy terisidan yasalgan poʻstin, moʻynali va qoʻy terisidan yasalgan boshqa buyumlar — paypoqlar, gilamlar, esdalik sovgʻalar, bezaklar, shippaklar.‎
10.‎ Bosh kiyimlari‎ Barcha turdagi bosh kiyimlari, shu jumladan fetr bosh kiyimlar (shlyapalar, beretlar, qalpoqlar), tikilgan va moʻynali, pat va tivitdan yasalgan tikilgan va moʻynali bosh kiyimlar.‎
11.‎ Poyabzal (shu jumladan rezina poyabzal)‎ Kundalik, modelli, sport, uyda kiyiladigan, ortopedik, yengil, milliy, shu jumladan yuqori qismi tabiiy, sunʼiy va sintetik teridan, gazlama va notoʻqima materiallar va trikotaj polotnodan qilingan, shuningdek yuqori qismi har xil narsalardan qilingan, tagcharmi charmdan va terining oʻrnini bosuvchi materiallardan, polimer materiallardan yasalgan poyabzal.‎
12.‎ Chinni, fayans va keramika buyumlari, qoliplangan aluminiy idishlar, shisha idishlar‎ Turmushda ishlatiladigan sortli idishlar (shisha va billur idishlar).‎ Turmushda ishlatiladigan chinni-fayans idishlar (shu jumladan yarim chinni va sirlangan sopol idishlar). Kerosin shisha lampa, lampa shisha, sopol idish. Qoliplangan aluminiy idishlar, shu jumladan qoshiqlar, vilkalar, likopchalar va boshqalar. Issiqqa chidamli shishadan yasalgan oshxona idishlari. Shisha buyumlar va mebel sanoati uchun oyna, shisha idishlar, shu jumladan murabbo va tuzlangan narsalar uchun butilka, banka, bochkachalar.‎
13.‎ Oq qogʻoz, qogʻozdan yasalgan buyumlar, bosma mahsulotlar va idora ashyolari hamda maktab anjomlari‎ Blok-daftarlar, chizmachilik va rasm solish uchun bloklar va albomlar, qayd etish, eskizlar, notalar, chizmachilik va rasm solish uchun qogʻozlar (shu jumladan koʻzi ojizlar uchun), yozuv qogʻozi, yozuv mashinkasi uchun moʻljallangan qogʻoz, maktab kundalik daftarlari, maktab daftarlari, harfli va predmetli alifbo, harflar, boʻgʻinlar, raqamlar kassasi, chizgichlar (shu jumladan logarifmik chizgichlar), savod kitoblari, har xil plyonkalardan yasalgan qogʻozlar uchun papka, chizmachilik va rasm solish uchun qogʻoz va kartondan yasalgan papkalar, qalamdonlar, barcha turdagi ruchkalar, flomasterlar, idora qogʻoz qisqichlari, transportirlar, harfli va raqamli trafaretlar, uchburchak chizgichlar, siyohdonlar, gotovalni, barcha turdagi qalamlar (shu jumladan mexanik qalamlar), perolar, oʻchirgichlar, qogʻozdan yasalgan sanitariya-gigiyena buyumlari, qaydlar uchun kundalik daftarlar, rasm solish, notalar, soʻzlarni yozish, eskizlar uchun daftarlar, umumiy va texnik daftarlar, shaxmat taxtalari (qogʻozdan va kartondan yasalgan), qogʻozning texnik sortlari — jilo berilgan, nuqradek oppoq qogʻoz, rasm solish uchun qogʻoz (rulonlarda), yozuv mashinkalari uchun millimetrli, nusxa koʻpaytiruvchi qogʻoz, chizmachilikda ishlatiladigan qogʻoz. ‎
14.‎ Mebel, mebel aksessuarlari Turmushda foydalaniladigan mebel: oshxona mebeli: ish javon-stollari, osma javonlar, oshxona stollari, kursilar, bufet, yumshoq va qattiq oshxona uchburchak mebeli, stullar; yotoqxona mebeli: kiyim uchun javon, ichki kiyimlar uchun javon, karavotlar, ikki tomonlama yumshoq matraslar, karavot yonida turadigan tagkursi, kiyim-kechak turadigan yashikli javon, uch tabaqali toshoyna, tik toshoyna, ziyofat javoni; korpusli mebel: koʻp vazifali javonlar, kitob javonlari, idish javonlari, servantlar, yozuv stoli, bari bor javonlar, kitob tokchalari, televizor ostiga qoʻyiladigan taglik, radio apparatlar ostiga qoʻyiladigan taglik, sandiqlar; yumshoq mebel: divanlar, kreslolar, yigʻma divanlar, tebranma kreslo, kreslo-karavotlar; bolalar mebeli: karavotlar, oʻyinchoqlar uchun javon, kiyim-kechak uchun javon, ichki kiyimlar uchun javon, yozuv stollari, kompyuter uchun stollar, bolalarga moʻljallangan yumshoq mebel (kreslo, divan); turmushda ishlatiladigan boshqa mebel: shu jumladan gigiyenik qoplamali, metall karkasli mebel. Brezent qoplangan, dala hovlida ishlatiladigan yigʻma mebel (stollar, stullar, kreslolar, karavotlar va hokazolar). Mebel aksessuarlari: yogʻoch tutqichlar, plastmassa tutqichlar, toʻrtta sharnirli oshiq-moshiqlar, eksentrik tortgichlar, tokcha tutgichlar, shisha tutgichlar, oyna tutgichlar, poynak, burchakli tortgichlar, uchburchaklar, shtanga tutqichlar, vintlar, gaykalar, ilgaklar, qogʻozqisqichlar, shaybalar, shkantlar, yogʻoch yigʻma karavotlar, yogʻoch shtangalar, yogʻoch silliqlagichlar.‎
15.‎ Gilam va gilambop buyumlar‎ Gilam va gilambop buyumlar (shu jumladan poyondozlar, oʻlchamli parcha gilam). ‎
16.‎ Ip gazlama, ipak, jun, sintetik va kimyoviy tolalardan tayyorlangan tayyor gazlamalar‎ Ip gazlama, shu jumladan tabiiy, sintetik, kimyoviy tolalardan va kimyoviy (shtapel) tolalardan tayyorlangan momiq, jun, ipak gazlamalar.‎
17.‎ Qurilish materiallari Vannalar, rakovina (chanoq)lar, unitazlar, gulqogʻozlar.‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 21-son, 170-modda, 24-son, 200-modda; 2003-y., 5-6-son, 56-modda, 23-son, 231-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)