OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIning
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIning
Qarori
Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 24-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2901]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 6-iyundagi 16-son, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 31-maydagi 8-2023/qq-son, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 1-iyundagi 24-sonli “Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2901-2, 20.06.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-4960-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-iyun,
19-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-iyun,
17-Q/Q-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-iyun,
90-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining 2017-yil 23-iyundagi 19, 17-Q/Q va 90-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-4960-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son “Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni (bundan buyon matnda pensionerlar deb yuritiladi) oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga (bundan buyon matnda oliy harbiy taʼlim muassasalari deb yuritiladi) tatbiq etiladi.
2. Pensionerlarni ishga qabul qilish ularni yoshlarni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sodiqlik ruhida tarbiyalash jarayoniga yanada kengroq jalb etish maqsadida amalga oshiriladi.
3. Ishga qabul qilinadigan pensionerlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan tanlab olinadi.
2-bob. Oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish
4. Tegishli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaxslar oliy harbiy taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin.
5. Oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilishda ilmiy daraja va ilmiy unvonga hamda chuqur kasbiy bilim va tajribaga ega boʻlgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
6. Pensionerlar oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda tanlab olinadi.
7. Oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan pensionerlar tanlov eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida oliy harbiy taʼlim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:
ariza;
pasport nusxasi;
pensiya guvohnomasi nusxasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi harbiy xizmatchining guvohnomasi;
belgilangan shaklda toʻldirilgan soʻrovnoma;
tarjimai hol;
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomining nusxasi;
mehnat daftarchasi (mavjud boʻlsa);
tegishli ilmiy darajasi haqidagi diplomning nusxasi (mavjud boʻlsa);
tegishli ilmiy unvoni haqidagi attestatning nusxasi (mavjud boʻlsa);
ilmiy ishlar roʻyxati (mavjud boʻlsa);
ilmiy ishlar hamda ixtirolarga tegishli hujjatlar va boshqa mualliflik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (mavjud boʻlsa).
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Pensionerlar oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oliy harbiy taʼlim muassasalarining rahbari tomonidan tayinlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 743-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 28.02.2022-y., 10/22/2901-1/0165-son)