19.07.2017 yildagi 524-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “Oʻquv-mashq markazi” DUK negizida aviatsiya xodimlarini tayyorlashni tashkil etish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tarmogʻini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon fuqaro aviatsiyasining jadal rivojlanishi, yoʻlovchilar va yuklarni havo transportida tashish hajmini oshirish, mamlakat aeroport infratuzilmasini jadal rivojlantirish, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK havo kemalari parkini bosqichma-bosqich yangilash va zamonaviy laynerlar bilan toʻldirish uchuvchilar tarkibini yuqori malakali kadrlar bilan oʻz vaqtida taʼminlashni talab qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bugungi kunda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “Oʻquv-mashq markazi” DUK fuqaro aviatsiyasi sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiq uchuvchilarning nazariy va amaliy tayyorgarligini taʼminlashga qodir boʻlgan zamonaviy va toʻliq funksional aviatsiya trenajyorlariga, avariya-qutqaruv tayyorgarligi kompleksiga, shuningdek, instruktor-oʻqituvchilar tarkibiga egaligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “Oʻquv-mashq markazi” DUK negizida oliy texnik maʼlumotli aviatsiya xodimlari orasidan fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash kurslarini (keyingi oʻrinlarda tayyorlov kurslari deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar tayyorlov kurslarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro aviatsiyasi sohasidagi yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini, uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro aviatsiyasi sohasidagi yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda — fuqaro aviatsiyasi sohasidagi xalqaro standartlar va yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini hisobga olib, kurslarni tamomlaganlik toʻgʻrisida belgilangan namunadagi hujjat (sertifikat) berilishini nazarda tutgan holda tayyorlov kurslarining oʻquv dasturlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “Oʻquv-mashq markazi” DUKni tayyorlov kurslarini oʻtkazish huquqi uchun sertifikatlashni tashkil etsin va oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda — amaldagi tarmoq hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning oʻz mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar oʻquv kurslari faoliyatini tashkil etish va yoʻlga qoʻyish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J.Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
524-son