07.11.2002 yildagi 385-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmonini va Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qarorini bajarish yuzasidan hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti respublikaning aloqa va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha bazaviy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 350-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 350-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa va axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayoniga oʻqitishning zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish ishlarini tashkil etish, taʼlim muassasalari faoliyatini oʻquv-metodik taʼminlashga hamda respublika taʼlim tizimi uchun yagona axborot-kommunikatsiya makonini yaratishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim dasturlari va standartlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda, oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda qatnashish, aloqa va axborot texnologiyalari sohasida oʻquv-metodik qoʻllanmalar elektron kutubxonasi tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar oʻquv muassasalari va ilmiy markazlari bilan aloqa va axborot texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, xizmatlar va texnologiyalarning yangi turlarini joriy etish sohasida hamkorlikni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2003/2004 oʻquv yilidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetida professor-oʻqituvchilar tarkibining amaldagi soni doirasida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun bakalavriat dasturi boʻyicha pedagoglar tayyorlash uchun maxsus sirtqi boʻlim ochish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet rektorati Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 2002-yil oxirigacha Universitetning yangi tuzilmasini va shtatlar roʻyxatini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻquv-laboratoriya binolarini qurish va rekonstruksiya qilishni, ularni zamonaviy asbob-uskunalar va texnika bilan jihozlashni 2003-yildan boshlab respublika investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritsinlar.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻquv-laboratoriya va sport-sogʻlomlashtirish binolarini qurishning loyiha-smeta hujjatlari 2002-yil oxirigacha tayyorlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 2003-yildan boshlab davlat budjeti, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hamda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobiga zarur mablagʻ ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oliy oʻquv yurtlari talabalariga stipendiyalar toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida” 2001-yil 17-avgustdagi 344-son qaroriga ilovaning 8-bandidagi “va informatika” soʻzlari “informatika, axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 7-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
385-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 21-son, 169-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2017-y., 23-son, 474-modda)