Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2020 17.07.2017 yildagi PQ-3136-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2020
Hujjat 25.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlash lozimki, havo transportidan foydalanishning zamonaviy sharoitida respublika havo kengliklaridan xavfsiz foydalanishni taʼminlash, insonlarning hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga va davlat manfaatlariga xavf solmaydigan parvozlarni amalga oshirish Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasini yanada rivojlantirishning birinchi navbatdagi vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida yaratilgan, xalqaro standartlar va talablarning asosiy qoidalarini oʻzida jamlagan qonunchilik bazasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini huquqiy tartibga solishni taʼminlamoqda, respublikada tashkil etilgan fuqaro aviatsiyasi tuzilmasi esa parvozlar xavfsizligining yuqori darajasini taʼminlash imkonini bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakatimizda fuqaro aviatsiyasining jadal rivojlanishi, uchuvchisiz uchish apparatlarining ommaviy olib kirilishi va foydalanilishi, juda yengil havo kemalarini ekspluatatsiya qilish, respublikamiz aeroportlarida xorijiy aviakompaniyalarning xalqaro parvozlari sonining oshishi parvozlar va aviatsiya xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilishni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini taʼminlashning amaldagi tizimi tahlili davomida hal etilmagan bir qator muammolar aniqlandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan — Oʻzbekiston Respublikasi havo kengliklarida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishning samarali tizimi mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan — Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlarida muntazam va bir martalik parvozlarni amalga oshiradigan xorijiy aviakompaniyalar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishning samarali tizimi mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan — Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining havo transporti sohasida qonun buzilishlarga yoʻl qoʻygan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish boʻyicha vakolatlarining yetarli emasligi, amaldagi qonunchilik normalari sanksiyalarining haddan tashqari yengilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan — Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining amaldagi tashkiliy tuzilmasi va shtat birliklari aviatsiya xodimlarini litsenziyalash va havo kemalari, shu jumladan xorijiy aviakompaniyalar havo kemalarining ekspluatatsiya tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha ayrim funksiyalarni toʻliq hajmda amalga oshirish imkonini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo kemalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni yanada takomillashtirish, havo harakatlarini boshqarish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini taʼminlash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Davavianazorat) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi havo kengliklaridan foydalanuvchilar uchun xavfsiz foydalanishni, insonlarning hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga, davlat manfaatlariga xavf solmaydigan parvozlarni amalga oshirishni taʼminlash, havo harakatlariga xizmat koʻrsatishni tashkil etish va Oʻzbekiston Respublikasi havo kengliklaridan foydalanish ustidan oʻz vakolati doirasida nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida fuqaro aviatsiyasi va uning obyektlarining xavfsiz faoliyat yuritishini, shuningdek, aviatsiyani noqonuniy aralashish holatlaridan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali havo kemasi yoʻlovchilari hamda ekipaj aʼzolari hayoti va sogʻligʻining xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro aviatsiyasining parvozlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha faoliyati sohasidagi ishlarni tashkil etish va sertifikatlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida davlat kontroli va nazoratini amalga oshirish, fuqaro va eksperimental havo kemalari ishtirokidagi aviatsiya hodisalari va noxush holatlarni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi manfaatlarini ifodalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davavianazorat apparati tuzilmasida quyidagilar tashkil etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 nafar shtat birligidan iborat uchuvchisiz uchish apparatlarini hisobga olish va foydalanishni nazorat qilish boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 nafar shtat birligidan iborat xorijiy ekspluatantlar ekspluatatsiya tekshiruvi boʻlimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 53 nafardan iborat Davavianazorat apparati tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davavianazorat boshligʻiga, zarur boʻlganda, belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida Davavianazorat tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Davavianazorat boshligʻi maqomi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davavianazorat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga Davavianazoratga parvozlar va aviatsiya xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarga rioya qilinmasligi bilan bogʻliq maʼmuriy qonun buzilishlar toʻgʻrisidagi ishlarni oʻz vakolat doirasida koʻrib chiqish huquqini berish, ushbu turdagi qonun buzilishlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 90-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3136-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-iyuldagi PQ-3136-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boshliq

Yordamchi

Boshliq oʻrinbosari

Parvozlar xavfsizligini sertifikatlash, litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi

1

Aviatsiya xodimlariga guvohnomalarni berish va uzaytirish boʻlimi

3

Aviatsiya hodisalarini tekshirish, hisobga olish, tahlil va profilaktika qilish boʻlimi

3

Ijro intizomi nazorati boʻyicha mutaxassis

1

Buxgalteriya

2

Sertifikatlash, litsenziyalash, aeronavigatsiya va parvozlarni amalga oshirishni nazorat qilish boʻlimi

6

Aviatsiya tibbiyoti boʻlimi

2

Aviatsiya xavfsizligi boʻlimi

2

Bosh iqtisodchi

1

Xorijiy ekspluatantlar ekspluatatsiya tekshiruvi boʻlimi

3

Xalqaro munosabatlar va jamoatchilik bilan aloqa boʻlimi

2,5

Aerodromlarni sertifikatlash va havodagi harakatni boshqarishni nazorat qilish boʻlimi

5

Bosh yuriskonsult

1

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi

2,5

Parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv taʼminoti ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Havo kemalarining texnik foydalanilishi, taʼmirlanishi va ishlab chiqarilishi ustidan nazorat qilish boʻlimi

6

Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis

1

Birinchi boʻlim

1

Kanselyariya

1

Uchuvchisiz uchish apparatlarini hisobga olish va foydalanishni nazorat qilish boʻlimi

6

IKAO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi kotibiyati

1

Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi muhandisi

0,5

Xoʻjalik xizmati

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni – 53 nafar.