18.07.2017 yildagi F-4997-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Odil sudlov saroyi” kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odil sudlovning ochiqlik, shaffoflik va ommaboplik prinsiplarini amalga oshirishni taʼminlash, hokimiyatning mustaqil tarmogʻi sifatida sudning nufuzini yanada oshirish, aholining odil sudlovga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, shuningdek, sudlar faoliyatida axborot-kommuniksiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston sudyalar assotsiatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va keng jamoatchilikning “Odil sudlov saroyi” kompleksini (keyingi oʻrinlarda — kompleks) qurish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin va unda quyidagilar joylashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va Oʻzbekiston sudyalar assotsiatsiyasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi binolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda kompleks joylashtiriladigan manzilni aniqlasin va uning qurilishi uchun zarur boʻlgan yer uchastkasining belgilangan tartibda taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompleksni qurish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tashgiprogor AJ” — bosh loyiha tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12-Trest MCHJ” — bosh pudratchi tashkilot etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kompleks qurilishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan kapital mablagʻlar — loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va kompleksni jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli foydalanuvchi tashkilotlar mablagʻlari — tashqi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari qurilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari — tutash hududlarni obodonlashtirish sohalarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturining kapital mablagʻlari limitini qayta taqsimlash orqali, asoslangan hisob-kitoblar asosida joriy yilda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarning belgilangan tartibda ajratilishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda kompleksni qurish va jihozlash uchun kapital mablagʻlarning tegishli limitlarini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimligi buyurtmachi va bosh loyiha tashkiloti bilan birgalikda optimal texnik va arxitektura yechimlarini qoʻllab, joylashadigan tashkilotlarni oqilona joylashtirish, shu jumladan kutish joylari, ochiq sud majlislarini kuzatish uchun maxsus zal, avtoturargohlar, qamoqqa olingan shaxslarni xavfsiz saqlab turish uchun xonalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tinglovchilari yashashi uchun mehmonxonani nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan texnik topshiriq asosida kompleksni qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini sifatli ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kompleksni qurish doirasida istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan import qilinadigan qurilish materiallari, uskunalar, mebel, inventar, kompyuter va server texnikasi, texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va moddiy-texnik resurslarni ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlash asosida, tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan, import qilinadigan tovarlarni ortishdan oldin majburiy nazoratdan oʻtkazgan holda sotib olishni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilib olib kiriladigan qurilish materiallari, uskunalar, mebel, inventar, kompyuter va server texnikasi, texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va moddiy-texnik resurslarni foydalanilguniga qadar bojxona rejimi ostida bosh pudratchi tashkilot omborxonalarida joylashtirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy sudi bilan birgalikda kompleksda fuqarolarning respublika boʻyicha ochiq sud majlislarida erkin qatnashishi va real vaqt rejimida kuzatishini taʼminlash uchun zamonaviy jihozlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan maxsus zal tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud bilan birgalikda bir oy muddatda kompleks hududida oʻrnatish uchun buyuk davlat arbobi Amir Temur haykalini yaratish boʻyicha ijodiy tanlov eʼlon qilsin va belgilangan tartibda oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra buyuk davlat arbobi Amir Temur haykalini yaratish boʻyicha ijodiy tanlovni tashkil etish, shuningdek, uni kompleks hududida oʻrnatish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli tijorat banki bilan birgalikda kompleksni qurish va jihozlash uchun import qilinadigan qurilish materiallari, uskunalar, mebel, inventar, kompyuter va server texnikasi, texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va moddiy-texnik resurslarni sotib olishga mablagʻlarning konvertatsiyasini belgilangan tartibda taʼminlashi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, bosh pudratchi tashkilot va uning subpudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha kompleksni qurish va jihozlash doirasida olib kiriladigan qurilish materiallari, uskunalar, mebel, inventar, kompyuter va server texnikasi, texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va moddiy-texnik resurslar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ va “Oʻzmetkombinat” AJ bosh loyiha tashkilotining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra kompleksni qurish doirasida bosh pudratchi tashkilotga sement va metall prokatini tartibga solinadigan narxlar boʻyicha ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi kompleks loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi va qurilish-montaj ishlari bajarilishining sifati ustidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 18-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-4997-son