Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2127-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 7-iyuldagi 53, 2010-32-son “Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2127, 2010-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 31-son, 263-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-iyun,
92-son
Davlat soliq qoʻmita raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-iyun,
2017-36-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 30-iyundagi 92, 2017-36-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:”.
2. Nizomning 12-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “DAK” qisqartmasi “AJ” degan qisqartma bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruv raisi U. MUSTAFOYEV
2017-yil 30-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 711-modda)