1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Soliq toʻlovchilar va soliq solish obyektlarining oʻz vaqtida va toʻliq hisobga olinishini yanada taʼminlash, shuningdek, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish | ||||
|
1. |
Vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga toʻqnash kelgan va halol soliq toʻlovchi hisoblangan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga soliq taʼtillari berish tartibini belgilash. |
Qonun loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
|
2. |
Oʻtkazilgan kameral nazorat natijalari boʻyicha aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq toʻlovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan hollarda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirishning sud tartibini joriy etish. |
Qonun loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Oliy sud (K. Kamilov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
3. |
Soliq maslahatchilari instituti faoliyatini takomillashtirish. |
Qonun loyihasi |
2017-yil |
Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
4. |
Davlat soliq xizmati organlarining xoʻjalik yurituvchi subyektlarning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalari asosida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning valyuta mablagʻlaridan soliq qarzini undirish tartibini joriy etish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning valyuta hisob raqamlariga taqdimnomalar qoʻyilishini bekor qilish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Oliy sud (K. Kamilov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
5. |
Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan va muqaddam tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi natijasida yuzaga kelgan soliq qarzdorligi mavjud jismoniy shaxslarga bankrotlikning qoʻllanishini nazarda tutadigan bankrotlik tartib-taomillarini takomillashtirish. |
Qonun loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gulyamov), Oliy sud (K. Kamilov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
6. |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan koʻchmas mol-mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatga olishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻchmas mol-mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun baholash va hujjatlarni tayyorlash tartibini belgilash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), DSQ (B. Parpiyev), Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gulyamov) |
|
7. |
Xorijiy tajribani oʻrganish asosida soliq hisoboti shakllarini unifikatsiya qilish va soddalashtirish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil |
Moliya vazirligi (B. Xodjayev), DSQ (B. Parpiyev), Adliya vazirligi (M. Ikramov) |
|
II. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va soliq nazorati jarayonini avtomatlashtirish | ||||
|
8. |
Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida soliq organlariga hisob-kitoblar haqidagi maʼlumotlarning onlayn rejimida uzatilishini taʼminlaydigan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash orqali naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimini joriy etish, respublikaning qolgan hududlarida mazkur tizimni bosqichma-bosqich kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova) |
|
9. |
Soliq tekshiruvi obyektlarini samarali tanlab olish uchun soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavflarini tahlil qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish. |
Kompleks |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova) |
|
10. |
Soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq nazoratini takomillashtirish maqsadida soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga taqdim etiladigan axborotlarning mazmunini tanqidiy qayta koʻrib chiqish. |
Oʻrganish oʻtkazish |
2018-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), |
|
11. |
Soliq solishning yangi obyektlari va soliq solinadigan bazani (koʻchmas mol-mulk, uning huquqiy maqomi oʻzgarishi, soliq toʻlovchilar soni, berilgan ijro hujjatlari, energiya resurslarining quvvati va haqiqiy isteʼmoli hamda boshqalar haqidagi maʼlumotlar) kengaytirish boʻyicha axborotlarni taqdim etish maqsadida “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, statistika, adliya, prokuratura organlari, sudlar, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK korxonalari hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga integratsiya qilinishini taʼminlash. |
Kompleks |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), DSQ (B. Parpiyev), “Yergeodezkadastr” davlat Davlat statistika qoʻmitasi |
|
12. |
Tadbirkorlik subyektlarini elektron raqamli imzo bilan toʻliq taʼminlash boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), |
|
13. |
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarga barcha davlat xizmatlarini elektron shaklda, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatish tizimini joriy etish. |
Kompleks |
2018-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
14. |
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
15. |
Avtomatlashtirilgan hisob tizimini (“onlayn” rejimida) joriy etish yoʻli bilan alkogolli va tamaki mahsulotlari, tabiiy gaz, neft mahsulotlari va oʻsimlik yogʻiga soliq solish hisobining toʻliqligini taʼminlash uchun ularni ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining jismoniy koʻrsatkichlari haqidagi maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibini belgilash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), “Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), “Oʻzvinosanoat-xolding” |
|
III. Soliq nazorati shakllari va uslublarining samaradorligini yanada oshirish | ||||
|
16. |
Soliq organlari va halol soliq toʻlovchilar oʻrtasida kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining yangi shakli — soliq monitoringini joriy etish. |
Qonun loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), |
|
17. |
Soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida bajaradigan halol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini joriy etish. |
Qonun loyihasi |
2017-yil |
Moliya vazirligi (B. Xodjayev), DSQ (B. Parpiyev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), |
|
18. |
Internet tarmogʻida savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasida soliq nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish. |
Qonun loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
19. |
Soliq nazoratini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarida rejali tekshirishlar oʻtkazish uchun soliq toʻlovchilarni tanlab olish asoslarini aniqlashtirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Bosh prokuratura (I. Abdullayev) Adliya vazirligi (M. Ikramov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
20. |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni “yirik soliq toʻlovchilar” toifasiga kiritishning aniq mezonlarini belgilash. |
Qonun loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
21. |
Kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni davlat soliq xizmati organlari tomonidan 5 bank kunigacha boʻlgan muddatga vaqtinchalik toʻxtatib turish vakolatini amalga oshirish mexanizmini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Adliya vazirligi (M. Ikramov) |
|
22. |
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, shuningdek, soliq solinadigan bazani aniqlashtirish tartibini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Mehnat vazirligi (A. Abduxakimov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
IV. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni unifikatsiya qilish va soddalashtirish | ||||
|
23. |
Quyidagilar orqali soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, soliq solishni soddalashtirish: bir xil soliq solish obyektlariga ega boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni birlashtirish; tovar aylanmasidan kelib chiqqan holda, tayyorlov tashkilotlari uchun yagona soliq toʻlovini toʻlash tartibini belgilash; soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash uchun qoʻshimcha mezon (oborotning chegaraviy miqdori) joriy etish va ushbu miqdor oshgan korxonaga, kichik tadbirkorlik subyekti maqomini saqlab qolgan holda, qoʻshimcha soliq majburiyatlarini belgilash. |
Qonun loyihasi |
2017-yil |
Moliya vazirligi (B. Xodjayev), DSQ (B. Parpiyev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
24. |
Quyidagilarni: borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda faoliyatini amalga oshiradigan, shuningdek, dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qiladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun optimallashtirilgan qatiy soliq stavkalarini; alkogolli mahsulotlar hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlarni chakana sotish huquqi uchun yigʻimning hududlar boʻyicha tabaqalashtirilgan stavkalarini; avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari uchun yuridik shaxslar tomonidan toʻlanadigan yagona soliq toʻlovini yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliqdan kam boʻlmagan miqdorda toʻlash tartibini belgilash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2017-yil |
Moliya vazirligi (B. Xodjayev), DSQ (B. Parpiyev), |
|
25. |
Quyidagilar boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish: yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning kassasiga kelib tushgan naqd pullar bilan hisob-kitob qilish va naqd pullarni xarajat qilishning cheklangan miqdorini belgilash; ish oʻrinlarini va mehnatga haq toʻlash fondini ixtiyoriy legallashtiradigan tadbirkorlik subyektlari uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkalarini bosqichma-bosqich pasaytirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
26. |
Tashkilotlarni tibbiyot muassasalari toifasiga kiritishning aniq mezonlarini belgilash, shuningdek, imtiyozlarning faqat tibbiy xizmatlar qismida taqdim etilishini aniqlashtirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
27. |
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlangan summalarini qaytarish boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish jarayonini qisqartirishni nazarda tutgan holda, eksport qiladigan korxonalarga qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish mexanizmini soddalashtirish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil |
Moliya vazirligi (B. Xodjayev), DSQ (B. Parpiyev), DBQ (M.Toxiriy), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), |
|
28. |
Ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni soliq toʻlovchi vakolatli organlarga murojaat qilgan sanadan boshlab 15 ish kuni ichida qaytarish yoki hisobga olish tartibini belgilash. |
Qonun loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
V. Davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va boshqa tashkiliy chora-tadbirlar | ||||
|
29. |
Quyidagilarga qaratilgan Davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash: axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish; davlat soliq xizmati organlarining binolarini kapital qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash; chora-tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasiga ajratmalar miqdorini oshirish hisobidan belgilash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
|
30. |
Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha soliq maʼmuriyatchiligi funksiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga berilishi munosabati bilan davlat soliq xizmati organlarining vazifa va funksiyalari, tashkiliy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
31. |
Davlat soliq xizmati organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning soliq organlari va oʻquv yurtlari bilan tajriba almashishni kengaytirish. |
Kompleks |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), TIV (A. Kamilov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Oliy taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
32. |
Davlat soliq xizmati organlarining masʼuliyati, ochiqligi, shaffofligini oshirish va soliq toʻlovchilarning oʻzaro hamkorlik natijalaridan qanoatlanganligini nazarda tutadigan faoliyatini baholash, shuningdek, ular xodimlarining xizmat koʻrsatish tezkorligi, vakolatliligi va xushmuomalaligi koʻrsatkichlarini baholash mexanizmini ishlab chiqish hamda joriy etish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Adliya vazirligi (M. Ikramov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramo�) |
|
33. |
Davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini, shu jumladan, xodimlarni ularning ish natijalarini hisobga olgan holda yakka tartibda ragʻbatlantirish tartibini joriy etish orqali takomillashtirish. |
Davlat soliq qoʻmitasi raisi buyrugʻi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Adliya vazirligi (M. Ikramov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev) |
|
34. |
Mehnatning koʻchib yurish xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan xizmat vazifalarini bajaradigan davlat soliq xizmati organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi toʻlash yoki shahar yoʻlovchi transportidan (marshrut va yoʻnalishli taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yoʻl kartochkalari berish tartibi va miqdorini tasdiqlash. |
Davlat soliq qoʻmitasi raisi buyrugʻi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev) |
|
35. |
Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining formali (maxsus) kiyim-boshi va farqlovchi belgilarining yangi namunalarini tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Moliya vazirligi (B. Xodjayev) |
|
36. |
Davlat soliq xizmati organlarida formali (maxsus) kiyim-boshni kiyib yurish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. |
Davlat soliq qoʻmitasi raisi buyrugʻi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev) |
|
37. |
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha mablagʻlar yigʻilishini amalga oshirish uchun uchastka soliq inspektorlarini toʻlov terminallari bilan taʼminlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi |
2017-yil |
DSQ (B. Parpiyev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2-ILOVA
|
1. |
Kuchkarov J.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, |
|
2. |
Golishev V.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
|
3. |
Murodov O.B. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
|
4. |
Xodjayev B.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri |
|
5. |
Saidova G.K. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri |
|
6. |
Ikramov M.M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri |
|
7. |
Abduxakimov A.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri |
|
8. |
Mavlonov B.M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari |
|
9. |
Akmalov K.V. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari |
|
10. |
Shermatov Sh.X. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi |
|
11. |
Parpiyev B.R. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
|
12. |
Toxiriy M.V. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi |
|
13. |
Axmedxodjayev A.I. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi |
|
14. |
Gulyamov R.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi |
|
15. |
Dusanov Z.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi |
|
16. |
Ikramov A.I. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi |
|
17. |
Gadoyev E.F. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari — Soliq akademiyasi rektori. |