Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.01.2026 11.07.2017 yildagi PQ-3126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.01.2026
Hujjat 15.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli “Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish samaradorligini oshirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining eng muhim vazifasi hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan — migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish respublika, oʻrta va quyi boʻlinmalari faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tartibini oʻrnatish, bunda ularning asosiy vazifalari va funksiyalari aniq belgilanishi va taqsimlanishi, rahbarlar va xodimlarning zimmalariga yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini nazarda tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan — aholini pasportlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish, unga kirish va unda boʻlish, fuqarolikni qabul qilish, yoʻqotish va fuqarolikdan chiqish, siyosiy boshpana berish jarayonlarini tahlil qilish, baholash va prognoz qilishning taʼsirchan, soha faoliyatini samarali rejalashtirish va tashkil etishni taʼminlovchi mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan — migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida, shu jumladan boshqarilmaydigan navbatlar taʼsiri ostida vujudga keladigan korrupsiya va vakolatni suiisteʼmol qilish holatlariga barham berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan — pasport tizimi qoidalarini buzish, noqonuniy migratsiya faktlariga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni kompleks oʻrganish asosida ularning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan — pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini taʼminlash, migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish, mazkur sohada hamkorlik toʻgʻrisidagi xalqaro kelishuvlarni amalga oshirish masalalarida vazirlik va idoralar bilan uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan — xorijiy, avvalo Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tez-tez boʻladigan davlatlarning migratsiya sohasidagi qonunchiligini tizimli ravishda oʻrganish, tashqi migratsiya holatini doimiy tahlil qilish, mamlakat fuqarolariga qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro shartnomalarni tuzish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan — davlat xizmatlarini koʻrsatishning shaffofligini taʼminlash va tartib-taomillarini soddalashtirishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻz faoliyatida keng qoʻllash, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari faoliyatiga davlat xizmatlarini koʻrsatishning hamda pasport tizimi masalalari boʻyicha fuqarolar qabulini tartibga solishning bevosita aloqa qilinmaydigan muloqot shaklini taʼminlovchi elektron tizimini joriy qilish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari, shu jumladan biometrik hujjatlarni berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtinchalik propiska olish, turgan joyi boʻyicha hisobga olish, shuningdek manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning soddalashtirilgan tartib-taomillarini taʼminlovchi elektron tizimni ishlab chiqsin va 2018-yil 1-maydan eʼtiboran amalga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarini pasport tizimi masalalari boʻyicha fuqarolar qabulini elektron tartibga solish uchun asbob-uskunalar va dasturiy taʼminot bilan bosqichma-bosqich jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tarkibida umumiy belgilangan shtatlar soni doirasida Elektron axborot tizimlari boshqarmasi tashkil etilsin, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari, shu jumladan biometrik hujjatlarni berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtinchalik propiska olish, turgan joyi boʻyicha hisobga olish, shuningdek manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning elektron tizimlarini joriy etish va rivojlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy va vaqtinchalik propiska, turgan joyi boʻyicha hisobga olish, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish, unga kirish va unda boʻlish, fuqarolikni qabul qilish, yoʻqotish va undan chiqish, siyosiy boshpana berish sohasida integratsiyalashgan maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shuningdek axborot tizimlarining xavfsizligini va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatlarni aniqlash va fosh etish, qidiruv ishlarini olib borishda koʻmaklashish masalalarida idoralararo elektron hamkorlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-fevralga qadar migratsiya sohasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarni tanqidiy oʻrgansin, tashqi migratsiya holatini chuqur tahlil qilsin va belgilangan tartibda quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy, avvalo Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari son jihatdan eng koʻp boʻladigan davlatlar hududida Oʻzbekiston Respublikasining migratsiya sohasidagi vakolatli organlari vakolatxonalarini ochish va faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan xorijiy davlatlarda roʻyxatdan oʻtish va ishga joylashishga ruxsat olish tartibini soddalashtirish orqali yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qaror talablariga muvofiq migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport tizimi qoidalariga, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning respublika hududiga kirish, undan chiqish va unda boʻlish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni, shu jumladan tuzilgan xalqaro shartnomalar doirasida mazkur sohada xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni faollashtirish hamda tajriba almashish orqali kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bir oy muddatda chet el pasportini joriy etishning aniq bosqichlari, muddatlari, texnik shartlari va moliyaviy xarajatlarini nazarda tutgan holda chet el pasportini joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan ushbu qarorda koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 11-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3126-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3126-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Bosh boshqarma) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — IIV) markaziy apparatining pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtirishni va migratsiya jarayonlari monitoringini taʼminlovchi tarkibiy boʻlinmasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bosh boshqarma oʻz blankasiga va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻzining toʻliq nomi yozilgan muhriga ega, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan taʼsis etiladigan, Bosh boshqarma faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ramziga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etilishini taʼminlash sohasidagi faoliyatni tizimli va kompleks tahlil qilish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon yaratuvchi shart-sharoitlarni aniqlash, oʻrganish va bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash boʻyicha faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari faoliyatini tashkiliy-uslubiy taʼminlash va ularga amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport tizimi qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etilishini taʼminlash sohasidagi qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq Bosh boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etilishini taʼminlash sohasidagi faoliyatni tizimli va kompleks tahlil qilish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon yaratuvchi shart-sharoitlarni aniqlash, oʻrganish va bartaraf etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etilishini taʼminlash sohasidagi axborotni talab qilib olish, baholash, umumlashtirish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolardan va yuridik shaxslarning vakillaridan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish va ularni hal etish boʻyicha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi yilda pasportlashtirilishi lozim boʻlgan fuqarolar sonini, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etilishini, shuningdek migratsiya borasidagi boshqa masalalarni prognoz qilishni va rejalashtirishni tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni aniqlash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan birga profilaktik tadbirlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtishning belgilangan tartibini buzishga moyil shaxslarni aniqlash, shuningdek qaytish guvohnomasi (sertifikati) asosida qaytgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yoʻqotib qoʻygan pasporti (yashash guvohnomasi) oʻrniga yangisini olish uchun murojaat etganlarida, ular bilan profilaktika suhbatlarini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv va tergov organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtish tartibini buzgan shaxslar haqidagi axborotni oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlash;
(6-band “a” kichik bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, aholi orasida pasport tizimi sohasidagi qonunchilikning talablarini tushuntirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash boʻyicha faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning pasport tizimi va fuqarolik masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari manzil-maʼlumot byurolarining ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining chegara zonasiga kirish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish boʻyicha ishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni tanlash boʻyicha idoralararo komissiyaning qarorlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijda mehnat faoliyatini yuritish uchun ruxsatnomalarni berish boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishini rejali tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazish, ularning yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolikdan chiqish haqidagi, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning fuqarolikni qabul qilish haqidagi iltimosnomalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganlik boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish va zarur materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyaga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish boʻyicha masalalarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, shu jumladan 16 yoshga toʻlmagan shaxslarning xorijga vaqtincha va doimiy chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish masalalari boʻyicha murojaatlari koʻrib chiqilishini taʼminlash, ular boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi maxsus kelishishni talab etadigan mansabdor shaxslarning xorijga vaqtincha chiqishi uchun hujjatlar rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi vazirlik va idoralarning iltimosnomalarini qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqish, ular boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni taklif etish, qabul qilish (yashash) qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijda mehnat faoliyatini yuritish huquqini amalga oshirishida xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirib berish orqali koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarning chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning xususiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi uchun viza berishga ruxsat etilishi haqidagi arizalarini koʻrib chiqish, ular boʻyicha qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ularning yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik propiska rasmiylashtirilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga doimiy propiska rasmiylashtirish va yashash guvohnomasi berish masalasini koʻrib chiqish, shuningdek qonunda oʻrnatilgan tartibda ularni bekor qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik xorijga chiqish hujjatlari berishni tashkil etish, xorijga vaqtinchalik va doimiy chiqish uchun hujjatlar rasmiylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor jismoniy shaxslar va olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolalarni qidirishda majburiy ijro organlari bilan hamkorlik qilish.
(6-band “b” kichik bandining oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining faoliyatini tashkiliy-uslubiy taʼminlash va ularga amaliy yordam koʻrsatish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining faoliyatini oʻrganish, pasportlarni (yoʻl hujjatlarini), xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish va berish, propiska qilish va propiskadan chiqarishni rasmiylashtirish, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnomalar berishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uslubiy qoʻllanmalar, tavsiyalar va sharhlar ishlab chiqish, shuningdek ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga pasportlar (yoʻl hujjatlari), xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish va berishda, propiska qilish va propiskadan chiqarishni rasmiylashtirishda, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnomalar berishda amaliy yordam koʻrsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan, shu jumladan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vizasining amal qilish muddatini uzaytirish masalasini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchidan foydalanishda ish beruvchilarning pasport tizimi qoidalarini belgilovchi hujjatlarga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarining, shuningdek zimmalariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini nazorat qilishni rejalashtirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa vazirlik va idoralardan olingan maʼlumotlarning va boshqa axborotlarning saqlanishini va axborot xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning identifikatsiya raqamini (shaxsiy kodini) tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada va xorijda yoʻqolgan pasportlarning, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda bekor qilingan pasportlarning yagona maʼlumotlar bazasini yuritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga, Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etish, propiska qilish va propiskadan chiqarish masalalarida ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari va davlat organlari bilan oʻrnatilgan tartibda oʻzaro axborot almashishni va tadbirlar oʻtkazishni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi va boshqa organlar bilan fuqarolikni qabul qilish, yoʻqotish, fuqarolikdan chiqish, pasport va chegara rejimini mustahkamlash, aholi migratsiyasini hisobga olish, shuningdek xorijga chiquvchi va Oʻzbekiston Respublikasiga kiruvchi shaxslarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qidiruvdagi shaxslar, bedarak yoʻqolgan shaxslar va uzoq vaqt yashash joyida boʻlmagan shaxslarning pasport maʼlumotlarini taqdim etish orqali ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish sohasida oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻlinmalariga chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarni oʻz vaqtida hisobga qoʻyishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsini tasdiqlash boʻyicha soʻrovlarini ijro etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa vakolatli organlarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish hujjatlari rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etish boʻyicha soʻrovlarini ijro etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini yuritish huquqiga egaligi tasdiqlangan chet el fuqarolarining respublika hududida oʻrnatilgan pasport tizimi qoidalariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish, uning hududidan tranzit oʻtish qoidalarini buzgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorlari ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish masalalarida hamkorlikni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya, fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport tizimi qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibiga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ishlab chiqishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya sohasida xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va umumlashtirish, ilgʻor xorijiy va milliy tajribani ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari faoliyatiga joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayoniga, shu jumladan biometrik hujjatlarni olish, xorijga chiqish uchun materiallarni koʻrib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtincha propiska olish, doimiy turish joyida hisobga qoʻyish, shuningdek manzil-maʼlumot axborotlarini berish jarayoniga joriy etish va ulardan foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport tizimi qoidalariga rioya etish muammolari boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etish va oʻtkazish, axborot materiallarini tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bosh boshqarmaning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun Bosh boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, huquqni muhofaza qilish tuzilmalaridan va boshqa tashkilotlardan aholi migratsiyasi masalalari boʻyicha statistik, tahliliy materiallarni soʻrash, talab qilish va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma berish tartibiga rioya etilishini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmonxonalarda va boshqa tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan pasport va viza rejimi qoidalariga rioya etilishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa tashkilotlarga aniqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan pasport va viza rejimini, shuningdek Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma berish tartibini buzish hollarini bartaraf etish haqida taqdimnomalar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport va viza rejimi qoidalarini buzgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va mansabdor shaxslari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan oʻrnatilgan tartibda maʼmuriy jazo choralari qoʻllash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javobgarlik choralarini qoʻllash maqsadida prokuratura, tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv va tergov organlariga pasport tizimi, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish, undan chiqish va unda boʻlish qoidalarini buzgan shaxslar haqida axborot taqdim etish;
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya va pasport tizimi masalalari boʻyicha qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va takliflarni ishlab chiqish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi IIVga koʻrib chiqish uchun kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bosh boshqarma quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining ish faoliyati haqidagi zarur maʼlumotlarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bosh boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bosh boshqarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan oʻrnatilgan tartibda lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bitta birinchi oʻrinbosarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bosh boshqarma boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma ishini tashkil etadi va faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Bosh boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar va majburiyatlar lozim darajada bajarilishi uchun shaxsan javobgar boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining oʻrinbosarlari oʻrtasida funksional majburiyatlarni taqsimlaydi, ularning zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarmaning ish rejalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining vakolati doirasida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining barcha shaxsiy tarkibi tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar chiqaradi va Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga farmoyishlar loyihalarini kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, boshqa lavozimga oʻtkazishni va ularning kasbiy tayyorgarligini, xizmat intizomiga rioya etishini tashkil qiladi, oʻrnatilgan tartibda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga oʻrnatilgan tartibda Bosh boshqarma xodimlariga maxsus unvonlar berish, ularni ragʻbatlantirish, shu jumladan taqdirlash, ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma xodimlarini oʻrnatilgan tartibda xizmat safarlariga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma xodimlariga oʻz vakolati doirasida taʼtillar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarmada oʻrnatilgan tartibda safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini tashkil etadi va taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma boʻlinmalarida maxfiylik rejimi, shu jumladan axborotni texnik himoya qilish boʻyicha tadbirlar tashkil etilishi uchun javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita oʻzi va oʻrinbosarlari orqali migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining faoliyatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari rahbarlarining hisobotini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari xodimlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha xatti-harakatlarining qonuniyligi, shuningdek xodimlar tomonidan har bir qonuniylik buzilishi holatlari oʻrnatilgan tartibda tekshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining shtatlar sonini qayta taqsimlash haqida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bosh boshqarma boshligʻi yoʻqligida uning vazifasini birinchi oʻrinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bosh boshqarma xodimlari Bosh boshqarma boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, safdorlar tarkibi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari boshliqlari Bosh boshqarma boshligʻi bilan kelishilgan holda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari) xodimlari tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ish yuritish va maxfiylik rejimi boʻyicha tadbirlar Bosh boshqarma tomonidan oʻrnatilgan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarini maxsus texnika va boshqa moddiy-texnik vositalar hamda mol-mulk bilan taʼminlash oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 28-son, 644-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)