Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida yashaydigan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida yashaydigan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni (keyingi oʻrinlarda nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar deb ataladi) ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining takliflariga binoan “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash Respublika vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda Respublika vasiylik kengashi deb ataladi) va yuridik shaxs tashkil etmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil qilinganligi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Jamgʻarma mablagʻlari xayriya ehsonlari, texnik koʻmaklashish mablagʻlari (grantlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga shakllantirilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma mablagʻlaridan “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarini, ijtimoiy, tibbiy va madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yashash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, har xil madaniy tadbirlar, tanlovlar, sport musobaqalari, seminarlar tashkil etish va oʻtkazish hamda nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarini qoʻllab-quvvatlash hududiy vasiylik kengashlari (keyingi oʻrinlarda hududiy vasiylik kengashlari deb ataladi) tashkil qilish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Respublika vasiylik kengashi Jamgʻarmani boshqaruvchi hamda hududiy vasiylik kengashlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar Respublika vasiylik kengashi va hududiy vasiylik kengashlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, binolari va hududlarini obodonlashtirishga, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish va amalga oshirishga;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini jadal rivojlantirishni taʼminlash uchun Jamgʻarmaga xayriya ehsonlari, texnik koʻmaklashish mablagʻlari (grantlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun har xil madaniy va xayriya tadbirlari (xayriya konsertlari, respublikaning madaniy-tarixiy diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar, teatrlashtirilgan va sirk tomoshalari, madaniyat va sanʼatning mashhur namoyandalari bilan uchrashuvlar), tanlovlar va sport musobaqalari tayyorlashga;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarishga, ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilishni taʼminlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyati sifati va samaradorligini oshirishga, nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga, shu jumladan “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari xodimlarining mehnat sharoitlarini yaxshilashga, ularning malakasini oshirishni tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlashga;
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishning samarali va zamonaviy talablarga javob beradigan tizimini yaratishga;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarga jalb qilishga;
bolalarni oilada tarbiyalashning oʻrni va ahamiyati toʻgʻrisida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali maʼrifiy ishlar olib borishga;
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” internat uylarida intellektual rivojlanishda ijobiy dinamika kuzatilayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarda mehnat koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy shakl va usullarni joriy qilishga koʻmaklashish.
(4-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Quyidagilar:
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash Respublika vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hududiy vasiylik kengashlari toʻgʻrisida namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi huzuridagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va Respublika vasiylik kengashining:
ayrim nogironligi boʻlgan bolalar “Muruvvat” internat uylarida oldin nogironligi boʻlgan bolalar “Muruvvat” internat uylarida tarbiyalangan 18 va undan katta yoshdagi nogironligi boʻlgan shaxslarning ruhiy va jismoniy rivojlanishi va holati xususiyatlarini inobatga olib ular uchun boʻlimlar tashkil qilish;
tijorat bankida hisob raqamiga ega boʻlgan Toshkent shahar 2-son nogironligi boʻlgan bolalar “Muruvvat” internat uyida ijtimoiy sheriklik doirasida maxsus boʻlim tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Intellektual rivojlanishda ijobiy dinamikaga ega boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi nogironligi boʻlgan shaxslarni keyinchalik jamiyatga integratsiya qilish uchun ularning mustaqil hayotiy va mehnat koʻnikmalarini rivojlantirish orqali ularni ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish boʻlimning asosiy maqsadi hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
7. Belgilansinki:
Respublika vasiylik kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy vasiylik kengashlarining tarkiblari Respublika vasiylik kengashi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida davolash-mehnat terapiyasini amalga oshirish va reabilitatsiya qilish maqsadida yuridik shaxs tashkil etmasdan davolash-ishlab chiqarish (mehnat) sexlari, ustaxonalar va yordamchi xoʻjaliklar tashkil etilishi mumkin, ularning tovarlarini sotishdan olingan daromadlar internat uylarning alohida budjetdan tashqari gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi va ulardan (tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish boʻyicha jami xarajatlarning oʻrni toʻldirilgandan keyin) qattiq va yumshoq inventar sotib olish, shuningdek “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining boshqa ehtiyojlari uchun foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining hisob raqamlarida jamlanadigan mablagʻlaridan, shu jumladan tijorat bankida ochilgan xorijiy valyutadagi hisob raqamidagi mablagʻlaridan tanlov (tender), elektron savdolar oʻtkazmasdan va Respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus elektron portalida eʼlonlarni joylashtirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan oʻtkaziladigan eng yaxshi takliflarni tanlash asosida Respublika vasiylik kengashining qarorlariga muvofiq foydalaniladi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari ikki hafta muddatda Respublika vasiylik kengashi bilan kelishgan holda “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari hududiy vasiylik kengashlarining tarkibi va nizomini tasdiqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-iyul,
455-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-iyuldagi 455-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash Respublika vasiylik kengashi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash Respublika vasiylik kengashining (keyingi oʻrinlarda Respublika vasiylik kengashi deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalarini va faoliyatini tashkil etishni belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Respublika vasiylik kengashi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini yaxshilashga, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari respublika pansionatida yashaydigan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarga (keyingi oʻrinlarda nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar deb ataladi) koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishga koʻmaklashuvchi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi kollegial organ hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
3. Respublika vasiylik kengashi oʻz faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan jamoatchilik asosida yuritadi.
4. Respublika vasiylik kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Respublika vasiylik kengashining tarkibiga davlat organlari va muassasalari, nodavlat va notijorat tashkilotlar vakillari, xayr-ehson qiluvchilar hamda “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan jismoniy shaxslar kirishi mumkin.
5. Respublika vasiylik kengashi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
2-bob. Respublika vasiylik kengashining asosiy vazifalari
6. Quyidagilar Respublika vasiylik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, binolari va hududlarini obodonlashtirishga, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirishga va amalga oshirishga;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini jadal rivojlantirishni taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi huzuridagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) xayriya ehsonlari, texnik koʻmaklashish mablagʻlari (grantlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb qilishga;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun har xil madaniy va xayriya tadbirlari (xayriya konsertlari, respublikaning madaniy-tarixiy diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar, teatrlashtirilgan va sirk tomoshalari, madaniyat va sanʼatning mashhur namoyandalari bilan uchrashuvlar), tanlovlar va sport musobaqalari tayyorlashga;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilishni taʼminlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyati sifati va samaradorligini oshirishga, nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga, shu jumladan “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari xodimlarining mehnat sharoitlarini yaxshilashga, ularning malakasini oshirishni tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlashga;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishning samarali va zamonaviy talablarga javob beradigan tizimini yaratishga;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarga jalb qilishga;
bolalarni oilada tarbiyalashning oʻrni va ahamiyati toʻgʻrisida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali maʼrifiy ishlar olib borishga;
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” internat uylarida intellektual rivojlanishda ijobiy dinamika kuzatilayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarda mehnat koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy shakl va usullarini joriy qilishga koʻmaklashish.
(6-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
3-bob. Respublika vasiylik kengashining funksiyalari
7. Respublika vasiylik kengashi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligidan, boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruv organlaridan, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylaridan zarur boʻlgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻraydi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bino va inshootlarni yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, zarur tibbiy, reabilitatsiya, oʻquv uskunalari, boshqa asbob-uskunalar, inventar bilan jihozlashga ehtiyojni aniqlash uchun “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari moddiy-texnika bazasining holatini oʻrganishda ishtirok etadi. Zarurat boʻlganda oʻrganishlar yakunlari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini metodik takomillashtirish, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va davlat boshqaruvi boshqa organlariga kiritadi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda, ularni tizimli sogʻlomlashtirishni tashkil qilishda, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini qoʻllab yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam berishda, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan taʼminlashga koʻmaklashadi;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini takomillashtirish tadbirlariga manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni, shuningdek Jamgʻarmaga xayriya ehsonlari, texnik koʻmaklashish mablagʻlari (grantlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb qilish choralarini koʻradi;
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari rahbar lavozimlariga nomzodlarni tavsiya qiladi va belgilangan tartibda kelishadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tavsiyasiga binoan “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari hududiy kengashlari tarkiblarini kelishadi;
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi hamda ularni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun har xil madaniy va xayriya tadbirlari (xayriya konsertlari, respublikaning madaniy-tarixiy diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar, teatrlashtirilgan va sirk tomoshalari, madaniyat va sanʼatning mashhur namoyandalari bilan uchrashuvlar), tanlovlar va musobaqalar, shu jumladan sport musobaqalari tashkil etishga koʻmaklashadi;
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida tarbiyalash, oʻqitishning, shu jumladan mehnatning zamonaviy usullarini joriy etish, nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini metodik taʼminlashni takomillashtirish, ularga tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari va ularning jismoniy kamol topishi masalalarida koʻmaklashadi;
(7-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida yashaydigan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun moslashtirish markazlari, “Muruvvat” internat uylari vasiyligida boʻlmagan nogironligi boʻlgan bolalarni ambulatoriyada davolash boʻyicha markazlar, shuningdek “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida yashamaydigan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarga yordam berish boʻyicha tibbiy-ijtimoiy markazlar tashkil etish boʻyicha takliflarni tayyorlashda qatnashadi;
(7-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma daromadlari va mablagʻlari xarajatlarining prognoz parametrlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi, Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etiladigan Jamgʻarma mablagʻlari tushumi va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi, zarurat boʻlganda, Jamgʻarma daromadlari va mablagʻlari sarfining tasdiqlangan prognoz parametrlariga oʻzgartirishlar kiritadi, shuningdek Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini tekshirish uchun taftish komissiyasini tayinlaydi;
(7-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi huzuridagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
(7-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Jamgʻarma mablagʻlarini barqaror shakllantirishni taʼminlash, uni oʻz vaqtida moliyalashtirish va maqsadli foydalanish ustidan doimiy nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika vasiylik kengashi yigʻilishlariga “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining rahbarlarini, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimi va sharoitlarini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqishdan manfaatdor tashkilotlarning vakillarini taklif etadi;
(7-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika vasiylik kengashi vakillaridan, Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va unga idoraviy mansub muassasalar xodimlaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakillaridan “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini oʻrganish, ular faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda ishchi guruhlar tashkil etadi;
(7-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari hududiy vasiylik kengashlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bilan bogʻliq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(7-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
4-bob. Respublika vasiylik kengashi faoliyatini tashkil etish
8. Respublika vasiylik kengashi rais, raisning oʻrinbosari, kotib va kengash aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
9. Respublika vasiylik kengashi raisi:
Respublika vasiylik kengashi yigʻilishi kun tartibini belgilaydi va yigʻilishni chaqiradi, Respublika vasiylik kengashi qarorlarini tasdiqlaydi va ularning ijrosi nazorat qilinishini tashkil etadi;
Respublika vasiylik kengashi yigʻilishlari bayonnomalarini tasdiqlaydi;
Respublika vasiylik kengashi aʼzolariga yuklangan vazifalar bajarilishi boʻyicha ular ishini muvofiqlashtiradi;
Jamgʻarma mablagʻlari shakllantirilishi va ulardan foydalanilishi yuzasidan hisobotlarni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
10. Respublika vasiylik kengashi raisi oʻrinbosarining vakolatlari Respublika vasiylik kengashining qarori bilan belgilanadi.
11. Respublika vasiylik kengashi aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
Respublika vasiylik kengashi yigʻilishlarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etish;
Respublika vasiylik kengashiga “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish yuzasidan dolzarb masalalar boʻyicha takliflar kiritish;
Respublika vasiylik kengashida koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan oʻz xulosalarini berish.
12. Respublika vasiylik kengashi kotibi:
Respublika vasiylik kengashi yigʻilishiga barcha zarur hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Respublika vasiylik kengashi raisi bilan yigʻilish oʻtkazish muddati va joyini kelishadi;
Respublika vasiylik kengashi yigʻilishlari kun tartibi masalalari boʻyicha oʻtkazilishini tashkil etadi;
Respublika vasiylik kengashi aʼzolari va taklif qilingan shaxslarni yigʻilish oʻtkazish sanasi, kun tartibi, vaqti va joyidan xabardor qiladi;
Respublika vasiylik kengashi yigʻilishlari qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi;
Respublika vasiylik kengashi bayonnomalarini rasmiylashtiradi va ularni Respublika vasiylik kengashi aʼzolari va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.
Respublika vasiylik kengashi kotibi ovoz berish huquqi bilan Respublika vasiylik kengashi aʼzosi hisoblanadi.
13. Respublika vasiylik kengashi yigʻilishlariga koʻrib chiqiladigan masalalarning xususiyatidan kelib chiqib davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, alohida jismoniy shaxslar taklif qilinishi mumkin.
14. Respublika vasiylik kengashi yigʻilishlari yil choragida bir marta oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin.
15. Respublika vasiylik kengashi yigʻilishi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
16. Respublika vasiylik kengashi yigʻilishini rais olib boradi, u boʻlmaganda rais oʻrinbosari olib boradi.
5-bob. Respublika vasiylik kengashi qarorlarini qabul qilish va ularning ijrosini tashkil etish
17. Respublika vasiylik kengashi qarorlari uning aʼzolarining ovoz berishi yoʻli bilan qabul qilinadi.
18. Respublika vasiylik kengashi yigʻilishida qaror uning aʼzolarining koʻpchiligi ovoz berganda qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
19. Respublika vasiylik kengashi qarorlari yigʻilish bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi.
Respublika vasiylik kengashi yigʻilishlari bayonnomasi rais tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta mobaynida Respublika vasiylik kengashi aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga yetkaziladi.
20. Respublika vasiylik kengashi raisi qarorlarni tezlikda qabul qilish maqsadida Respublika vasiylik kengashi aʼzolari bilan soʻrov yoʻli bilan kelishilgan ayrim masalalar boʻyicha Respublika vasiylik kengashi qarorlarini tasdiqlashi mumkin.
21. Respublika vasiylik kengashi bayonnomasining asl nusxasi unga ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda Respublika vasiylik kengashi kotibida saqlanadi.
22. Respublika vasiylik kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar boʻyicha kengash yigʻilishlarida yalpi muhokama qilish yoʻli bilan muntazam ravishda ular bajarilishi monitoringi olib boriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-iyuldagi 455-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hududiy vasiylik kengashi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hududiy vasiylik kengashining (keyingi oʻrinlarda hududiy vasiylik kengashi deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalarini va faoliyatini tashkil etishni belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Hududiy vasiylik kengashi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini yaxshilashga, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida yashaydigan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarga (keyingi oʻrinlarda nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar deb ataladi) koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishga koʻmaklashuvchi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi kollegial organ hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hududida faqat “Muruvvat” internat uylari faoliyat koʻrsatayotgan mintaqalarda “Muruvvat” internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hududiy vasiylik kengashlari tashkil etiladi.
3. Hududiy vasiylik kengashi oʻz faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan jamoatchilik asosida yuritadi.
Hududiy vasiylik kengashi faoliyatini “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash Respublika vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda Respublika vasiylik kengashi deb ataladi) muvofiqlashtiradi.
Hududiy vasiylik kengashi Respublika vasiylik kengashiga hisobot beradi.
4. Hududiy vasiylik kengashlarining tarkiblari va ular toʻgʻrisida nizomlar Respublika vasiylik kengashi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Hududiy vasiylik kengashining tarkibiga davlat organlari va muassasalari, nodavlat va notijorat tashkilotlar vakillari, xayr-ehson qiluvchilar hamda “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan jismoniy shaxslar kirishi mumkin.
5. Hududiy vasiylik kengashi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
2-bob. Hududiy vasiylik kengashining asosiy vazifalari
6. Quyidagilar hududiy vasiylik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, binolari va hududlarini obodonlashtirishga, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish va amalga oshirishga;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining budjetdan tashqari gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamlariga “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini jadal rivojlantirishni taʼminlash uchun xayriya ehsonlari, texnik koʻmaklashish mablagʻlari (grantlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun har xil madaniy va xayriya tadbirlari (xayriya konsertlari, respublikaning madaniy-tarixiy diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar, teatrlashtirilgan va sirk tomoshalari, madaniyat va sanʼatning mashhur namoyandalari bilan uchrashuvlar), tanlovlar va sport musobaqalari tayyorlashga;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyati sifati va samaradorligini oshirishga, nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga, shu jumladan “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari xodimlarining mehnat sharoitlarini yaxshilashga, ularning malakasini oshirishni tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlashga;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishning samarali va zamonaviy talablarga javob beradigan tizimini yaratishga;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarga jalb qilishga;
bolalarni oilada tarbiyalashning oʻrni va ahamiyati toʻgʻrisida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali maʼrifiy ishlar olib borishga;
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” internat uylarida intellektual rivojlanishda ijobiy dinamika kuzatilayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarda mehnat koʻnikmalarini shakllantirish uchun tarbiyalashning zamonaviy shakl va usullarini joriy qilishga koʻmaklashish.
(6-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
3-bob. Hududiy vasiylik kengashining funksiyalari
7. Hududiy vasiylik kengashi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
davlat va xoʻjalik boshqaruv organlaridan, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylaridan zarur boʻlgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻraydi;
Oldingi tahrirga qarang.
bino va inshootlarni yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, zarur tibbiy, reabilitatsiya, oʻquv uskunalari, boshqa asbob-uskunalar, inventar bilan jihozlashga ehtiyojni aniqlash uchun “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari moddiy-texnika bazasining holatini oʻrganishda ishtirok etadi. Zarurat boʻlganda oʻrganishlar yakunlari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini metodik takomillashtirish, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga, Respublika vasiylik kengashiga va davlat boshqaruvi boshqa organlariga kiritadi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga, ularni tizimli sogʻlomlashtirishni tashkil qilishga, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini qoʻllab yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam berishga, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan taʼminlashga koʻmaklashadi;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini takomillashtirish tadbirlariga manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni, shuningdek “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining budjetdan tashqari gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamlariga xayriya ehsonlari, texnik koʻmaklashish mablagʻlari (grantlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb qilish choralarini koʻradi;
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari rahbar lavozimlariga nomzodlar boʻyicha Respublika vasiylik kengashiga takliflar taqdim etadi;
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi hamda ularni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun har xil madaniy va xayriya tadbirlari (xayriya konsertlari, respublikaning madaniy-tarixiy diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar, teatrlashtirilgan va sirk tomoshalari, madaniyat va sanʼatning mashhur namoyandalari bilan uchrashuvlar), tanlovlar va musobaqalar, shu jumladan sport musobaqalari tashkil etishga koʻmaklashadi;
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida tarbiyalash, oʻqitishning, shu jumladan mehnatning zamonaviy usullarini joriy etish, nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini metodik taʼminlashni takomillashtirish, ularga tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari va ularning jismoniy kamol topishi masalalarida koʻmaklashadi;
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida yashaydigan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun moslashtirish markazlari, “Muruvvat” internat uylari vasiyligida boʻlmagan nogironligi boʻlgan bolalarni ambulatoriyada davolash boʻyicha markazlar, shuningdek “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida yashamaydigan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarga yordam berish boʻyicha tibbiy-ijtimoiy markazlar tashkil etish boʻyicha takliflarni tayyorlashda qatnashadi;
(7-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining budjetdan tashqari gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamlariga tushgan xayr-ehson qiluvchilarning mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy vasiylik kengashi yigʻilishlariga “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining rahbarlarini, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimi va sharoitlarini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqishdan manfaatdor tashkilotlarning vakillarini taklif etadi;
(7-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy vasiylik kengashi vakillaridan, Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimi muassasalari xodimlaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari vakillaridan “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini oʻrganish, ular faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda ishchi guruhlar tashkil etadi;
(7-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bilan bogʻliq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(7-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
4-bob. Hududiy vasiylik kengashi faoliyatini tashkil etish
8. Hududiy vasiylik kengashi rais, raisning oʻrinbosari, kotib va kengash aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
9. Hududiy vasiylik kengashi raisi:
hududiy vasiylik kengashi yigʻilishi kun tartibini belgilaydi va yigʻilishni chaqiradi, hududiy vasiylik kengashi qarorlarini tasdiqlaydi va ularning ijrosi nazorat qilinishini tashkil etadi;
qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq hududiy vasiylik kengashi faoliyatini tashkil etadi;
hududiy vasiylik kengashi yigʻilishlari bayonnomalarini tasdiqlaydi;
hududiy vasiylik kengashi aʼzolariga yuklangan vazifalar bajarilishi boʻyicha ular ishini muvofiqlashtiradi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, boshqa tashkilotlar va korxonalar rahbarlariga “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar kiritadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
10. Hududiy vasiylik kengashi aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
hududiy vasiylik kengashi yigʻilishlarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etish;
hududiy vasiylik kengashiga “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish yuzasidan dolzarb masalalar boʻyicha takliflar kiritish;
hududiy vasiylik kengashida koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan oʻz xulosalarini berish.
11. “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari rahbarlari hududiy vasiylik kengashlarining kotiblari hisoblanadi.
12. Hududiy vasiylik kengashi kotibi:
hududiy vasiylik kengashi yigʻilishlarini tashkil etadi, yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalar boʻyicha barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
hududiy vasiylik kengashi aʼzolari va taklif qilingan shaxslarni yigʻilish oʻtkazish sanasi, vaqti va joyidan xabardor qiladi;
hududiy vasiylik kengashi bayonnomalarini yuritadi, shuningdek tasdiqlangan bayonnomalarni hududiy vasiylik kengashi aʼzolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi;
hududiy vasiylik kengashi qarorlarining bajarilishi monitoringini olib boradi, shuningdek uning natijalarini koʻrib chiqish uchun hududiy vasiylik kengashiga kiritadi;
hududiy vasiylik kengashi faoliyati bilan bogʻliq hujjatlarni yuritadi, ularning saqlanishini taʼminlaydi;
hududiy vasiylik kengashi faoliyati bilan bogʻliq boshqa vazifalarni bajaradi.
13. Hududiy vasiylik kengashi yigʻilishlariga koʻrib chiqiladigan masalalarning xususiyatidan kelib chiqib davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, alohida jismoniy shaxslar taklif qilinishi mumkin.
14. Hududiy vasiylik kengashi yigʻilishlari yil choragida bir marta oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin.
15. Hududiy vasiylik kengashi yigʻilishi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
16. Hududiy vasiylik kengashi yigʻilishini uning raisi olib boradi, u boʻlmaganda rais oʻrinbosari olib boradi.
5-bob. Hududiy vasiylik kengashi qarorlarini qabul qilish va ularning ijrosini tashkil etish
17. Hududiy vasiylik kengashi qarorlari uning aʼzolarining ovoz berishi yoʻli bilan qabul qilinadi.
18. Hududiy vasiylik kengashi yigʻilishida qaror uning aʼzolarining koʻpchiligi ovoz berganda qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
19. Hududiy vasiylik kengashi qarorlari yigʻilish bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi. Hududiy vasiylik kengashi yigʻilishlari bayonnomasi rais tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta mobaynida hududiy vasiylik kengashi aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga yetkaziladi.
20. Hududiy vasiylik kengashi raisi qarorlarni tezlikda qabul qilish maqsadida hududiy vasiylik kengashi aʼzolari bilan soʻrov yoʻli bilan kelishilgan ayrim masalalar boʻyicha hududiy vasiylik kengashi qarorlarini tasdiqlashi mumkin.
21. Hududiy vasiylik kengashi bayonnomasining asl nusxasi unga ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda hududiy vasiylik kengashi kotibida saqlanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-iyuldagi 455-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi huzuridagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida
Nizom
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi huzuridagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining hisob raqamlarida jamlanadi, ulardan, shu jumladan tijorat bankida ochilgan valyuta hisob raqamlaridagi mablagʻlardan ushbu Nizomga muvofiq “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining, shuningdek Urush va mehnat faxriylari respublika pansionatining ijtimoiy, tibbiy va madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish tizimining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, “Muruvvat”, “Saxovat” internat uylarida yashaydigan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarning (keyingi oʻrinlarda nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar deb ataladi) yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, har xil madaniy tadbirlar, tanlovlar, sport musobaqalari, seminarlar tashkil etish, shuningdek ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
3. Jamgʻarma mablagʻlari:
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya ehsonlari;
Oldingi tahrirga qarang.
shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar ishtirokida oʻtkazilgan xayriya gala konsertlardan, madaniy-ommaviy va sport tadbirlaridan tushgan tushumlar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar tomonidan tayyorlangan tovarlarni sotishdan tushgan mablagʻlar;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
texnik koʻmaklashish mablagʻlari (grantlar), xorijiy grant beruvchilar va donorlarning yordami, Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit hisob raqamlarida joylashtirishdan tushgan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlardan shakllantiriladi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
4. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash (binolar, inshootlarni joriy, mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, tibbiy, reabilitatsion, oʻquv uskunalari, mebel, tashkiliy texnika va boshqa texnikani, yumshoq inventar, transportni, shuningdek “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyati jarayonida zarur boʻlgan boshqa tovarlar va xizmatlarni sotib olish);
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquv anjomlari, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar tomonidan, ularni oʻqitish, shu jumladan mehnat jarayonida tovarlar tayyorlash uchun qoʻllaniladigan xom ashyo va materiallarni xarid qilish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini yoritadigan Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytini yaratish va qoʻllab-quvvatlash;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
har xil madaniy va xayriya tadbirlari (xayriya konsertlari, respublikaning madaniy-tarixiy diqqatga sazovor joylari boʻylab ekskursiyalar, teatrlashtirilgan va sirk tomoshalari, madaniyat va sanʼatning mashhur namoyandalari bilan uchrashuvlar), tanlovlar va sport musobaqalari oʻtkazish, sahna kostumlari sotib olish, shuningdek “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Respublika vasiylik kengashining (keyingi oʻrinlarda Respublika vasiylik kengashi deb ataladi) qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa xarajatlar uchun foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tanlov (tender), elektron savdolar oʻtkazmasdan va Respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus elektron portalida eʼlonlarni joylashtirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan oʻtkaziladigan eng yaxshi takliflarni tanlash asosida Respublika vasiylik kengashining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning aniq maqsadlari (tovarlarning nomlari, ularning soni, ishlar, xizmatlar boʻyicha) “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining tegishli tovarlar va xizmatlarga ehtiyojlarini oʻrganish asosida Respublika vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan, shuningdek ularni Respublika vasiylik kengashining qarorlariga muvofiq “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining gʻaznachilik budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamlariga (Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmalari) oʻtkazish yoʻli bilan foydalanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari tomonidan Jamgʻarmadan ularning gʻaznachilik budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamlariga tushgan mablagʻlardan foydalanish Respublika vasiylik kengashining qarorlarida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Jamgʻarmadan “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining gʻaznachilik budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamlariga tushgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik ushbu muassasalar rahbarlariga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Jamgʻarmaning “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarining gʻaznachilik budjetdan tashqari shaxsiy raqamlariga oʻtkazilgan, hisobot yili oxirida foydalanilmagan mablagʻlari Jamgʻarmaga qaytarilmaydi va kelgusi kalendar yilda nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Jamgʻarmani boshqarish
11. Respublika vasiylik kengashi Jamgʻarmani boshqarish organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Respublika vasiylik kengashi:
Keyingi tahrirga qarang.
manbalar va foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha Jamgʻarma daromadlari va mablagʻlar sarflarining prognoz parametrlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etiladigan Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini tekshirish uchun taftish komissiyasini tayinlaydi;
zarurat boʻlganda, Jamgʻarmaning daromadlari va mablagʻlar sarflarining tasdiqlangan prognoz parametrlariga oʻzgartirishlar kiritadi;
Jamgʻarmaga xayriya ehsonlari, texnik koʻmaklashish mablagʻlari (grantlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar jalb etilishiga koʻmaklashadi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Jamgʻarma mablagʻlari barqaror shakllantirilishini, oʻz vaqtida moliyalashtirilishini va ulardan maqsadli foydalanilishini taʼminlash ustidan nazorat qiladi.
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishini hisobga olish, hisobot berish va nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
operatsiya xizmati koʻrsatadi, Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha hisob va hisobotni yuritadi, shuningdek Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring olib boradi;
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylaridan Jamgʻarmadan olingan mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisida hisobotlar soʻraydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Respublika vasiylik kengashiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanish ustidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)