Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli Farmonini ijro etish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berishni maqsadli moliyalashtirishning prinsipial yangi mexanizmini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasini boshqarish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi kengashi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma kengashi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasini boshqarish departamentining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 17 nafar boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Departament Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari kompleksi tarkibiga kirishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta va gʻalla hosili hisob-kitobini moliyalashtirishga ajratilgan Jamgʻarmaning mablagʻlaridan foydalanishda, shuningdek zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni ragʻbatlantirish uchun qaytarib berish asosida ajratilgan qarz mablagʻlaridan foydalanilishida vakolati boʻlmagan mansabdor shaxslarning barcha aralashuvlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq Jamgʻarma kengashiga tegishli axborot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma kengashi Departament tomonidan kiritilgan axborotni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish Bosh boshqarmasiga aniqlangan holatlar boʻyicha tekshirish va taftishlar oʻtkazish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Jamgʻarmaga moliyaviy operatsiyalar oʻtkazish uchun bir hafta muddatda milliy va chet el valyutasida tegishli maxsus hisobvaraqlari ochish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta va gʻalla hosilini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasi, don va don mahsulotlarining tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan past boʻlgan jahon narxlari amalda boʻlgan davrdagi salbiy tafovutni zarurat boʻlganda qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlik paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar, nav originatorlari boʻlgan ilmiy muassasalarga, shuningdek urugʻlik chigitni tayyorlashda ishtirok etgan boshqa subyektlarga toʻlanadigan ustama mablagʻlari xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi yetishtirishda fermer xoʻjaliklari uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika resurslari xaridi uchun tayyorlov korxonalarining xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb qilingan kredit va unga hisoblangan foizlarni qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohasini moliyalashtirish boʻyicha tajribasini keyinchalik uning ijobiy natijalarini respublikada joriy qilish maqsadida oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament faoliyatini taʼminlash xarajatlarini moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Jamgʻarmaning agentlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta va gʻalla yetishtirish, xarid qilish, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish boʻyicha moliya agenti — “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish boʻyicha tijorat agenti — “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻallani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish boʻyicha tijorat agenti — “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha tijorat agenti — “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya agenti “Agrobank” ATBga — maxsus ochiladigan maqsadli hisobvaraqlar orqali davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan mahsulotlarga, shu jumladan zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi va hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarini va tegishli komissiya toʻlovlarini belgilangan muddatlarda qaytarilishi yuzasidan nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga — davlat xaridi uchun paxta va gʻallaning umumiy hajmi boʻyicha, shuningdek, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha tijorat agentlari bilan Bosh bitim tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat agentlariga — Jamgʻarma nomidan hamda u bilan kelishilgan holda, mahsulot xarid qilishda, kontraktatsiya shartnomalarini oʻz vaqtida tuzish, xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisob-kitobini qilish, ularni xarid qilish, saqlash va qayta ishlashda belgilangan standartlarga rioya etilishi, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasining imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berilishi doirasida nazoratni taʼminlash yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Departament Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni 5, Hukumat uyi binosiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Departamentni Hukumat aloqa va shahar aloqasi vositalari bilan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3096-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PQ-3096-sonli qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

Mirzayev Z.T.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Jamgʻarma kengashi raisi
Xoʻjayev B.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri, Jamgʻarma kengashi raisining oʻrinbosari
Saidova G.K.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri
Abdurazakov Sh.Sh.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri
Ishmetov T.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
Kamalov A.A.
—
“Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi
Xaydarov S.O.
—
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi
Otajonov N.S.
—
“Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
Tamikayev A.U.
—
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasini boshqarish departamenti direktori. Jamgʻarma kengashi kotibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Jamgʻarma kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5304-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PQ–3096-sonli qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasini boshqarish departamentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PQ–3096-sonli qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasa toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohasini moliyalashtirish boʻyicha tajribasini oʻrganish va keyinchalik uning ijobiy tomonini respublikada tatbiq etishda tegishli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Jamgʻarmani shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini eksport va ichki isteʼmolchilarga sotishdan tushadigan boʻnak, shuningdek ular yuzasidan yakuniy hisob-kitob qilishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan yuqori boʻlgan mablagʻlar, tegishli yil hosili paxta tolasini sotish yakunlari boʻyicha — ijobiy tafovutning toʻliq miqdordagi yakuniy summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don, un va un mahsulotlarini sotish va qayta baholashdan, shuningdek mahsulotlar eksportidan tushgan valyuta mablagʻlarini erkin birja savdolari orqali sotishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli ajratilgan mablagʻlarni qaytarishdan tushadigan tushumlar va ularga hisoblangan foizlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etiladigan kreditlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari grantlari va donor tashkilotlar mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning boʻsh qoldiq mablagʻlarini joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta va gʻalla hosilini oʻz vaqtida moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasi, don va don mahsulotlarining tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan past boʻlgan jahon narxlari amalda boʻlgan davrlardagi salbiy tafovutni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlik paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar, nav originatorlari boʻlgan ilmiy muassasalarga, shuningdek urugʻlik chigitni tayyorlashda ishtirok etgan boshqa subyektlarga toʻlanadigan ustama mablagʻlari xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini yetishtirishda fermer xoʻjaliklari foydalanishi zarur boʻlgan moddiy-texnika resurslari xaridi uchun tayyorlov tashkilotlarining xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etilgan kredit va unga hisoblangan foizlarni qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohasini moliyalashtirish boʻyicha tajribasini keyinchalik uning ijobiy natijalarini respublikada joriy etish maqsadida oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish Jamgʻarmasini boshqarish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) faoliyatini taʼminlash xarajatlarini moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta va gʻalla hosili hisob-kitobini oʻz vaqtida moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridi uchun qishloq hoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni ragʻbatlantirish uchun qaytarib berish asosida qarz mablagʻlari ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli ajratiladigan mablagʻlardan aniq va samarali foydalanilishini tizimli nazorat qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilinadigan mahsulot uchun hisob-kitoblarni taʼminlaydigan barcha boʻgʻinlar — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, banklar, tayyorlov, taʼminotchi, xizmat koʻrsatuvchi, yetkazib beruvchi va lizing tashkilotlari, taʼminotchilar, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish asosida hisob-kitob tizimini yanada takomillashtirish va joriy etishni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohani moliyalashtirish boʻyicha tajribasini keyinchalik uning ijobiy natijalarini respublikada joriy etish maqsadida oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarining har yilgi balanslari loyihalarini ishlab chiqadi, belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari tushishini tahlil qiladi va oʻz vaqtida tushishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentni saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Jamgʻarma kengashiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi va uning ijrosi yuzasidan har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyoji uchun xarid qilinadigan paxtaning umumiy hajmi boʻyicha — “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari bilan, gʻalla xarid qilish umumiy hajmi boʻyicha — “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha — “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati bilan bosh bitim tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yilgi hosil uchun agrotexnologik xaritalardan kelib chiqqan holda paxta xomashyosi va gʻalla hosilini yetishtirish xarajatlarining har bir turini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlarning eng koʻn miqdori yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta xomashyosi va gʻalla hosili uchun yakuniy hisob-kitoblarni oʻz vaqtida, shuningdek Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma kengashiga jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni tekshirishlar jarayonida aniqlangan qonun buzilishlar va kamchiliklar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek ularni bartaraf etish, Jamgʻarma agentlariga bosh kelishuv va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni (jarimalar va penyalar) qoʻllash boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarmaning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta va gʻalla hosili va zamonaviy yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirishga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish boʻyicha taftish va tekshirishlarni oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish Bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklaridan Jamgʻarma mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmaning moliya (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki) va tijorat (“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi) agentlaridan — Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha yillik buxgalteriya va statistika hisobotlarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatidan har yilgi buxgalteriya va statistika hisobotlarini, davlat xaridi uchun qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish uchun qaytarish asosida ajratilgan qarz mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanganda va ilgari ajratilgan mablagʻlar va ularga hisoblangan foizlar oʻz vaqtida qaytarilmaganda moliyalashtirishni toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya va tijorat agentlari maqsadli mablagʻlarni qaytarish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganda, Jamgʻarmaga qarzdorlarning barcha hisobvaraqlaridagi mablagʻ qoldiqlarini koʻchirib olish hisobiga oʻz talablarini toʻla qondiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarma quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta va gʻalla hosili xarajatlari va yakuniy hisob-kitoblarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini doimiy nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlarining istiqboldagi koʻrsatkichlari bajarilishini tahlil qilish va mablagʻlarning kelib tushishiga salbiy taʼsir qilgan aniqlangan omillar asosida ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarma kengashi Jamgʻarmaning yuqori organi hisoblanadi. Jamgʻarma kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamgʻarma Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament tomonidan taqdim etilgan Jamgʻarma balansini koʻrib chiqadi, qaror qabul qiladi va ularni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining davlat xaridi uchun paxta va gʻalla hosili yetishtirish, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikalarini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlari, ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish tartibini takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash fondini shakllantirish, xodimlarni taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va Departamentning koʻzda tutilmagan boshqa xarajatlarini moliyalashtirish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish Bosh boshqarmasiga aniqlangan holatlar boʻyicha tekshirish va taftishlar oʻtkazish boʻyicha koʻrsatma beradi, ularning natijasini koʻrib chiqadi, koʻrib chiqish yakuni boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi va Departamentga bajarish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Departament
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Departament Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi, Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha funksiyasini bajaruvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Departamentning tuzilmasi va shtatdagi xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Departamentni saqlash xarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida milliy va chet el valyutasida tegishli maxsus hisobvaraqlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Departament Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi buxgalteriya hisobotini tuzadi va uni belgilangan tartibda Jamgʻarma kengashiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Departamentga Jamgʻarma kengashi tomonidan saylanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Departament direktori maqomiga, moddiy taʼminot, ijtimoiy va transport xizmati koʻrsatish boʻyicha shart-sharoitlariga koʻra vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Departament direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Jamgʻarmaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta va gʻalla hosili hisob-kitobini moliyalashtirishga ajratilgan, Jamgʻarmaning mablagʻlaridan foydalanishda, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni ragʻbatlantirish uchun qaytarib berish asosida ajratilgan qarz mablagʻlaridan foydalanilishda vakolatlari boʻlmagan mansabdor shaxslarning aralashuvi yoʻlidagi urinishlari toʻgʻrisida tegishli axborotni qonun hujjatlariga muvofiq Jamgʻarma kengashiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan tekshirish va taftishda aniqlangan holatlar boʻyicha Jamgʻarma kengashi qarorini ijrosini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament tuzilmasiga xodimlarning cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, shuningdek Departament xodimlarini ragʻbatlantirish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash masalalariga oid tushuntirishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Departament xodimlarining ish haqi qonun hujjatlarida belgilangan lavozim maoshi, mukofot, qushimcha va ustamalardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament xodimlariga har yili bir marotaba ragʻbatlantirish yoʻli bilan koʻp yillik xizmat uchun ustamalar toʻlanadi. Koʻp yillik xizmat uchun ustamalar lavozim maoshiga koeffitsiyentlarda, ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish staji Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq ragʻbatlantiriladigan koʻp yillik xizmat uchun ustamalar belgilash huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Mintaqaviy inspektorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamgʻarmaning mintaqaviy inspektorlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati hududiy filiallarining paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazlariga biriktirib qoʻyiladi va bevosita Departament shtatlarida turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari mintaqaviy inspektorlarni alohida xona, ofis jihozlari, “Agromarkaz” monitoring axborot bazasiga ulangan kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnikalari bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mintaqaviy inspektorlarga Jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi, toʻlovlarning oʻz vaqtida oʻtishi, hisob-kitoblarning toʻliq amalga oshirilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini taʼminlash vazifasi yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mintaqaviy inspektorlar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya va tijorat agentlaridan tegishli maʼlumot va axborotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya va tijorat agentlarining mansabdor va masʼul shaxslaridan nazorat davomida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha tushuntirishlar berishni, shuningdek nazorat natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolashni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya va tijorat agentlari mansabdor va masʼul shaxslarining tushuntirishlar berish va nazorat natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolashdan bosh tortganliklari toʻgʻrisida dalolatnoma tuzish va tegishli axborotni Departamentga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Jamgʻarmaning moliya va tijorat agentlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki paxta va gʻalla yetishtirish, xarid qilish, shuningdek zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish boʻyicha Jamgʻarmaning moliya agenti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning moliya agentiga maxsus ochiladigan maqsadli hisobvaraqlar orqali davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan mahsulotlarga, shu jumladan zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi va hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek Jamgʻarmaning tegishli mablagʻlarini va tegishli komissiya toʻlovlarining belgilangan muddatlarda qaytarilishi yuzasidan nazorat oʻrnatish vazifasi yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki va uning filiallarida davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta va gʻalla hosiliga, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishga Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli, samarali foydalanishini, toʻlovlarning oʻz vaqtida oʻtishini taʼminlaydigan va doimiy nazoratini olib boradigan boʻlimlar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu boʻlimlarga “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki viloyat boshqarmalari boshliq oʻrinbosarlari, filiallarda boshqaruvchi oʻrinbosarlari bevosita rahbarlik qiladi, ular toʻlovlarning oʻz vaqtida oʻtishi, mablagʻlarning aniq maqsadli sarflanishi uchun shaxsan javob beradi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2017-y., 07/17/3270/0004)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Quyidagilar Jamgʻarmaning tijorat agentlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari — paxtani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi — gʻallani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati — zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma davlat xaridi uchun paxtaning umumiy hajmi boʻyicha — “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan, gʻallaning umumiy hajmi boʻyicha esa — “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan, zamonaviy yuqori unumli qishloq xoʻjalik texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha — “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati bilan Bosh bitim tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat agentlari Jamgʻarma nomidan hamda u bilan kelishilgan holda mahsulot xarid qilish, kontraktatsiya shartnomalarining oʻz vaqtida tuzilishi, xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisob-kitobini qilish, ularni xarid qilish, saqlash va qayta ishlashning belgilangan standartlariga rioya etilishi, shuningdek zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish yuzasidan nazoratni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat agentlari tuzilgan Bosh bitimga asosan Jamgʻarma nomidan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki ishtirokida oʻzining tayyorlov tashkilotlari orqali qishloq xoʻjaligi tashkilotlari bilan mahsulotni sotib olish yuzasidan oʻz vaqtida va asoslangan konfaktatsiya shartnomalari tuzilishini, maqsadli mablagʻlar va ularga hisoblangan foizlarni oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlaydilar, sotib olinayotgan mahsulot uchun toʻliq hisob-kitob qiladilar, mahsulotni sotib olishda, saqlash va qayta ishlashda belgilangan standartlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni, shuningdek Jamgʻarma bilan kelishilgan holda “Oʻzpaxtaeksport” aksiyadorlik jamiyati bilan paxta tolasini eksportga va ichki isteʼmolchilarga sotish boʻyicha shartnomalar tuzilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish uchun Jamgʻarmaning qaytarib berish asosida ajratilgan qarz mablagʻlari va ularga hisoblangan foizlarni oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish va ulardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarma moliya agentiga Jamgʻarma bilan moliya va tijorat agentlari oʻrtasida tuzilgan Bosh bitimga asosan maxsus ochilgan maqsadli hisobvaraqlar orqali ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tuzilgan Bosh bitimga muvofiq va maxsus ochiladigan maqsadli hisobvaraqlarni koʻllash orqali qilingan hisob-kitoblarga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat agentlari moliya agenti orqali olingan Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarini xizmat koʻrsatuvchi banklar orqali tayyorlov tashkilotlariga yuboradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlov tashkilotlari tushgan mablagʻlarni qishloq xoʻjaligi tashkilotlaridan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan mahsulotlar uchun hisob-kitob qilishga ishlatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tushgan mablagʻlarni zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga ishlatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tayyorlov tashkilotlari qishloq xoʻjaligi tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq, sugʻurta tashkilotlari bilan sugʻurtalash shartnomalarini tuzgan holda mablagʻlarni quyidagi maqsadlarga sarflanishini taʼminlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalda yetkazib berilgan gʻalla qiymatining 100 foizi miqdorida hisob-kitob qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarida belgilangan miqdorlarda paxta xomashyosi uchun hisob-kitob qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridi uchun yetishtiriladigan mahsulotlarning qoʻshimcha hajmi uchun hisob-kitob qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Bank hisobvaraqlari, Jamgʻarma hisobvaraqlariga mablagʻlarni kiritish va hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Etkazib beriladigan mahsulot va qishloq xoʻjaligi texnikasi hisob- kitobi uchun Jamgʻarma mablagʻlarini hisobga kiritish va hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasida ochiladigan maxsus hisobvaraqlarda quyidagilarni moliyalashtirish uchun yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalarda koʻrsatilgan hajmda paxta xomashyosi va gʻalla yetishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kreditlarni qaytarish uchun Jamgʻarma mablagʻlarini jamlash va ularning hisobi mahsulotlar va qishloq xoʻjaligi texnikalarining turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasida ochiladigan maxsus hisobvaraqlarda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xalqaro moliyaviy institutlar grantlari va donor tashkilotlar mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasida ochiladigan maxsus valyuta hisobvaraqlarida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridagi hajmlarni xarid qilishni moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaning maxsus hisobvaraqlariga quyidagi mablagʻlar kirim qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) paxta tolasi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini eksport va ichki isteʼmolchilarga sotishdan tushadigan boʻnak va yakuniy hisob-kitob mablagʻlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari maxsus hisobvaraqlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan yuqori boʻlgan mablagʻlar, tegishli yil hosili paxta tolasini sotish yakunlari boʻyicha — ijobiy tafovutning toʻliq miqdordagi yakuniy summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli mablagʻlarni qaytarish uchun maxsus hisobvaraqda jamlangan vaqtincha boʻsh mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) gʻalla boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don, un va un mahsulotlarini sotish va qayta baholashdan, shuningdek ushbu mahsulotlar eksportidan tushgan valyuta mablagʻlarini erkin birja savdolari orqali sotishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli mablagʻlarni qaytarish uchun maxsus hisobvaraqda jamlangan vaqtincha boʻsh mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan davlat xaridi uchun yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjalik texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirishga ajratilgan qarz mablagʻlari va unga hisoblangan foizlarni jamlash Jamgʻarmaning maxsus hisobvaraqlarida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Maqsadli mablagʻlarni qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarini qaytarish Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarni qaytarish hisobvaraqlariga moliya agentidan davlat xaridi uchun tijorat agentlari tomonidan xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini hisob-kitob qilishdan va yetkazib berilgan zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun tushadigan mablagʻlar hisobidan Jamgʻarmaning maxsus hisobiga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Moliya agenti va uning filiallari tomonidan Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarini qaytarish, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallarining paxta tolasini, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining don, un va un mahsulotlarni sotishdan tushgan mablagʻlari, shuningdek “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikalarini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishdan olgan daromadlari (asosiy qarz va foizlari bilan) hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallarida va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tashkilotlarida, paxta tolasi, don, un va un mahsulotlarini sotishdan, “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining esa lizing xizmatidan tushgan mablagʻlarni jamlash maqsadida “Jamgʻarma bilan maqsadli hisob-kitob qilish uchun maxsus hisobvaraqlar” hisobvaraqlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasi, don, un va un mahsulotlari sotishdan, shuningdek zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishdan va unga hisoblangan foizlardan tushgan barcha pul tushumlari ushbu hisobvaraqlarga kirim qilinadi va Jamgʻarma mablagʻlaridan avval ajratilgan maqsadli mablagʻlarni moliya agentiga qaytarish uchun ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Moliya va tijorat agentlari belgilangan jadvallarga muvofiq Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarini qaytarish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmasa yoki toʻla bajarmasa, Jamgʻarmaga qarzdorlarning barcha hisobvaraqlaridagi mablagʻ qoldiqlarini koʻchirib olish hisobiga oʻz talablarini toʻla qondirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishini va sotib olinayotgan mahsulot sifatini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Jamgʻarmadan ajratiladigan mablagʻlarni maqsadga muvofiq ishlatish, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlarga, yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va koʻrsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun toʻliq hisob-kitob qilishni oʻz vaqtida amalga oshirish javobgarligi kontraktatsiya shartnomalarini bajarishda ishtirok etayotgan tijorat banklari va qishloq xoʻjaligi tashkilotlari rahbarlariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tijorat banklari, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati va ularning hududiy filiallari va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, qishloq xoʻjalik tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgaltyerlari Jamgʻarma mablagʻlarini maqsadga muvofiq ishlatmaganligi, hisob-kitob qilish tartibini buzganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli sarflanishi, toʻlovlar va hisoblarni toʻliq hamda oʻz vaqtida amalga oshirish ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Davlat xaridi uchun yetishtiriladigan mahsulotlarni sotib olish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek qishloq xoʻjaligi texnikalarini yetkazib berish sifatini nazorat qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi va paxta tolasi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻalla boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.