Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2025 05.07.2017 yildagi 467-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2025
Hujjat 01.04.2019 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashga, shuningdek tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-sonli “Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2025-yil 27-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashda mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼuliyatini oshirish, tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashdagi asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlarida va qishloqlararo hududlarda tuman (shahar) hokimlari tomonidan imoratlar qurilishi uchun yer uchastkalarining tegishli ruxsat berish hujjatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirmasdan berilishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallash va oʻzboshimchalik bilan imoratni qurishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlarini qurishda ularning bosh rejalari qoʻpol ravishda buzilganligi, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni susaytirganligi uchun tegishli mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 5-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
467-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Yer kodeksi va Fuqarolik kodeksiga muvofiq oʻzboshimchalik bilan qurilgan (qurilayotgan) uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki oʻzga koʻchmas mulkni (keyingi oʻrinlarda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat deb ataladi) aniqlash va bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish ushbu sohada vakolatga ega davlat organlari tomonidan shaharcha, qishloq, ovul, mahalla fuqarolar yigʻini (keyingi oʻrinlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari deb ataladi) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi tuman (shahar) hokimining qarori mavjudligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxitektura-qurilishi nazorati hududiy inspeksiyasining qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomasi yoki uy-joy qurishi uchun tuman (shahar) arxitektori bilan kelishilgan yakka tartibda ishlab chiqilgan loyihaning mavjudligini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq qurilganligini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organlari (keyingi oʻrinlarda vakolatli organlar deb ataladi) hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatli organlar har yili oʻzlarining oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish chora-tadbirlar rejasini (keyingi oʻrinlarda Chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar rejalarining ishlab chiqilishi va ularning ijrosini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tumanlar (shaharlar) hokimliklari tegishliligi boʻyicha muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish ushbu Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har bir vakolatli organning hududiy organi ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan oʻzining Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni mustaqil ravishda yoki boshqa organlar bilan birgalikda aniqlab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vakolatli organ fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imoratni qurish uchun ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning mavjudligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalari asosida qurilganligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat aniqlangan taqdirda ushbu imoratni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar beradi hamda imoratni oʻn besh kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu dalolatnomada quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlashda ishtirok etgan vakolatli organ va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili lavozimi, familiya va ismi-sharifi hamda imorat qurgan shaxsning nomi (yuridik shaxs boʻlganda) yoki familiya va ismi-sharifi (jismoniy shaxs boʻlganda);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning aniq manzili, qurilish maqsadi hamda qurilishning holati va hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxs tomonidan uni oʻn besh kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) toʻgʻrisida koʻrsatma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vakolatli organ oʻzboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxsga ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan dalolatnomani fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili va tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) profilaktika inspektori ishtirokida topshirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs dalolatnomani olishni rad etgan holda vakolatli organ ushbu holat toʻgʻrisida kamida uch kishi (vakolatli organ va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari hamda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) profilaktika inspektori) ishtirokida bayonnoma tuzilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada dalolatnomani topshirayotgan shaxslarning lavozimi va ismi-sharifi, oʻzboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxs tomonidan dalolatnomani olishdan bosh tortgan sana va bosh tortish sabablari (mavjud boʻlganda) koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxs oʻn besh kun muddat ichida uni oʻz hisobidan bartaraf etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxs tomonidan ushbu imoratni bartaraf etilishi (buzib tashlanishi)ni vakolatli organ fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bilan hamkorlikda nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxs tomonidan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo berilgan taqdirda daʼvo berilgan kundan boshlab sudning yakuniy qarori qabul qilinishiga qadar ushbu imoratni bartaraf etilishi vaqtincha toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat bartaraf etish (buzib tashlash) uchun belgilangan muddat tugagandan soʻng vakolatli organ fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bilan hamkorlikda ikki ish kuni mobaynida ushbu toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 34-moddasiga muvofiq tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyaga (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) xabarnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnomada oʻzboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxsning nomi (yuridik shaxs boʻlganda) yoki familiya va ismi-sharifi (jismoniy shaxs boʻlganda), imoratning aniq manzili, qurilish maqsadi, qurilishning holati va hajmi koʻrsatilgan maʼlumotlar aks ettiriladi hamda unga ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan dalolatnoma va 10-bandida nazarda tutilgan bayonnoma ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya vakolatli organlar tomonidan kiritilgan xabarnoma kelib tushgan sanadan eʼtiboran uch ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasi uchinchi qismiga muvofiq oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf etish (buzib tashlash) toʻgʻrisidagi tuman (shahar) hokimining daʼvo arizasini sudga kiritilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf etish (buzib tashlash) toʻgʻrisidagi daʼvo arizaga ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan dalolatnoma, 10-bandida nazarda tutilgan bayonnoma, 12-bandida nazarda tutilgan xabarnoma, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning joylashuv sxemasi, imoratning fotosuratlari (kamida toʻrt tomonidan tushirilgan) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 91-moddasiga muvofiq oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga gʻayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga koʻra qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazmagan holda bartaraf etish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish, shuningdek obyektlarni qurishga ruxsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 13-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida yigirma uch kun mobaynida yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni tayyorlaganlik va kelishganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni tayyorlashga va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishishga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning 15 foizi miqdoridan kam boʻlmagan avans toʻlovi amalga oshirilgandan soʻng kirishadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni tuman (shahar) hokimining xati bilan tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyaga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimi rahbarligida toʻrt kun mobaynida yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni koʻrib chiqadi va maʼqullangan taqdirda tegishli ravishda rasmiylashtirilgan bayon bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi yoki viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining xati bilan ularni bosh loyiha-qidiruv tashkilotlariga kelishish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni bosh loyiha-qidiruv tashkilotlariga kelishish uchun Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaharsozlik hujjatlari (bosh reja, qishloq (ovul) fuqarolar yigʻini hududini meʼmoriy rejalashtirishni tashkil etish loyihasi, batafsil rejalashtirish loyihasi) boʻlmaganda yer uchastkasi berish
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlar, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar (shaharlar) yoki viloyatlar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun aholi punktlari tashqarisidan yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Davlat korxonasi yigirma uch kun mobaynida yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarning tayyorlanganligi va kelishilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat korxonasi yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni tayyorlashga va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishishga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning 15 foizi miqdoridan kam boʻlmagan avans toʻlovi amalga oshirilgandan soʻng kirishadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn uchinchi xatboshidagi “uch” soʻzi “besh” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallar birinchi navbatda faqat tuman arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) bilan kelishiladi. Yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni tuman arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) maʼqullagandan soʻng ular boshqa vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishishga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallar vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishilganda yer uchastkasini joylashtirish planiga ularning rahbarlari imzosi qoʻyiladi. Vakolatli organlar (tashkilotlar) rahbarlarining imzosi ushbu organning (tashkilotning) muhri bilan tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Davlat korxonasi yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni tuman (shahar) hokimining xati bilan tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyaga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimi rahbarligida toʻrt kun mobaynida yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni koʻrib chiqadi va maʼqullangan taqdirda tegishli ravishda rasmiylashtirilgan bayon bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi yoki viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining xati orqali ularni “Qishloqqurilishloyiha” MCHJga yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmaganda yer uchastkasi berish
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-oktabrdagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga tanlov asosida yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilayotgan massivlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh yil davomida faoliyat turini oʻzgartirmaslik va yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazmaslik sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga ilgari berilgan yer uchastkalariga qoʻshimcha ravishda (ilgari berilgan yer uchastkasi oʻlchamidan koʻp boʻlmagan miqdorda) faqat ishlab chiqarishni va aholiga koʻrsatilayotgan savdo, maishiy, tibbiy va boshqa xizmatlarni kengaytirish hamda turlarini koʻpaytirish (yer uchastkasining qoʻshimcha ravishda berilishi asoslangan tadbirkorlik subyektining biznes rejasi tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak), tadbirkorlik subyektlarining mulki boʻlgan binolarga qoʻshimcha kirish-chiqish maydonchalari, yertoʻlaga tushish va yuqori qavatlarga chiqish zinalarini tashkil etish, bino va inshootlarning qismlariga yuk tashish va oʻt oʻchirish avtomobillarini oʻtishiga yoʻl tashkil etish uchun yer uchastkalarini qoʻshib berishga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 7-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Avans toʻlovlari tanlov gʻoliblaridan tushadigan mablagʻlarni jamlash uchun ochiladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining maxsus hisob raqamlaridan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus hisob raqamlarida mablagʻ boʻlmagan holatlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining budjetdan tashqari mablagʻlari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamgʻarmalari hisobidan toʻlab beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 11-bandda “yilning 15-yanvargacha va 15-iyulgacha” soʻzlar “chorakning birinchi oʻn kunligigacha (10-yanvargacha, 10-aprelgacha, 10-iyulgacha va 10-oktabrgacha)” soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 12-bandda “10-yanvargacha va 10-iyulgacha” soʻzlar “chorakning birinchi oyini birinchi sanasigacha (1-yanvargacha, 1-aprelgacha, 1-iyulgacha va 1-oktabrgacha)” soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 13-bandda “10-yanvargacha va 10-iyulgacha” soʻzlar “chorakning birinchi oyini birinchi sanasigacha (1-yanvargacha, 1-aprelgacha, 1-iyulgacha va 1-oktabrgacha) soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 14-bandda “20-yanvargacha va 20-iyulgacha” soʻzlar “chorakning birinchi oʻn kunligigacha (10-yanvargacha, 10-aprelgacha, 10-iyulgacha va 10-oktabrgacha)” soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“141. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari oʻzlarining huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlarida yer uchastkalari berish boʻyicha materiallarni tayyorlashdan oldin asosiy va qoʻshimcha roʻyxatlardagi har bir yer uchastkasini shaharsozlik norma va qoidalarga muvofiqligini baholaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik norma va qoidalarga nomuvofiq boʻlgan yer uchastkalari oldin asosiy va qoʻshimcha roʻyxatlardan chiqarib tashlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 17-bandda “1-aprelgacha va 1-oktabrgacha” soʻzlar “chorakning birinchi oyini uchinchi oʻn kunligigacha (30-yanvargacha, 30-aprelgacha, 30-iyulgacha va 30-oktabrgacha)” soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) 25-bandda “20-aprelgacha va 20-oktabrgacha” soʻzlar “chorakning ikkinchi oyini ikkinchi oʻn kunligigacha (20-fevralgacha, 20-maygacha, 20-avgustgacha va 20-noyabrgacha)” soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) 34-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Koʻchmas mulk savdo xizmati” MCHJning hududiy filiallari tomonidan axborot-maslahat xizmatlari uchun talabgorlardan qoʻshimcha toʻlov talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) 36-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Koʻchmas mulk savdo xizmati” MCHJning hududiy filiallari xodimlari tomonidan ushbu Nizomning 35-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni muhrlanmagan konvertlarda qabul qilish, muhrlangan konvertlarni ochish va talabgorning imzolari mavjudligini tekshirish bahonasida ulardagi hujjatlar bilan tanishishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“j” kichik banddan “tanlov taklifi faqat bir nafar talabgordan tushganda” soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tanlov taklifi faqat bir nafar talabgordan tushganda tanlov komissiyasi tomonidan tanlov boʻlib oʻtmagan deb eʼlon qilinadi va uning qarori bilan belgilangan muddatlarda takroriy tanlov oʻtkaziladi. Takroriy tanlov oʻtkazishda tanlov taklifi yana faqat bir nafar talabgordan tushganda tanlov komissiyasi tomonidan tanlov oʻtmagan deb eʼlon qilinadi va tanlov komissiyasining tanlov natijalari toʻgʻrisidagi protokolida ushbu talabgorga yer uchastkasi berilishi qayd etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) 40-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“konvertlarni ochishda va tanlov natijalarini eʼlon qilishda talabgorlar yoki ularning ishonchli vakillarining hamda tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklarining vakillarining ishtirok etishi uchun sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvertlar ochilmaganligini va ulardagi muhrlarning buzilmaganligini tekshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) quyidagi mazmundagi 481-band qoʻllansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“481. Qishloq joylarda va uzoq tumanlarda yer uchastkalarini tanlov asosida berishda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini olgan tanlov gʻoliblari tanlov predmeti qiymatini bir yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin, tanlov zakalati va boshqa belgilangan avans toʻlovlari bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) Nizomning 1-ilovasining “Muddatlar” boʻlimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yili 10-yanvargacha va 10-iyulgacha” soʻzlar “chorakning birinchi oyini birinchi sanasigacha (1-yanvargacha, 1-aprelgacha, 1-iyulgacha va 1-oktabrgacha)” soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yili 15-yanvargacha va 15-iyulgacha” soʻzlar “chorakning birinchi oyini beshinchi sanasigacha (5-yanvargacha, 5-aprelgacha, 5-iyulgacha va 5-oktabrgacha)” soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yili 20-yanvargacha va 20-iyulgacha” soʻzlar “chorakning birinchi oʻn kunligigacha (10-yanvargacha, 10-aprelgacha, 10-iyulgacha va 10-oktabrgacha)” soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yili 1-aprelgacha va 1-oktabrgacha” soʻzlar “chorakning ikkinchi oyini oʻn beshinchi sanasigacha (15-fevralgacha, 15-maygacha, 15-avgustgacha va 15-noyabrgacha) soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yili 20-aprelgacha va 20-oktabrgacha” soʻzlar “chorakning ikkinchi oyini ikkinchi oʻn kunligigacha “(20-fevralgacha, 20-maygacha, 20-avgustgacha va 20-noyabrgacha)” soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 623-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son; 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son; 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)