Joriy versiya | Hujjat 23.11.2017 sanasi holatiga | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Norasmiy tarjima | Norasmiy tarjima | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
qarori | qarori | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“ICTWEEK Uzbekistan” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida | “ICTWEEK Uzbekistan” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish, Oʻzbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish natijasida erishilayotgan yutuqlar, imkoniyatlar va imtiyozlarni namoyish etish, axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishning erishilgan amaliy natijalari, tendensiyalarini muhokama qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish, Oʻzbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish natijasida erishilayotgan yutuqlar, imkoniyatlar va imtiyozlarni namoyish etish, axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishning erishilgan amaliy natijalari, tendensiyalarini muhokama qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining har yili “ICTWEEK Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi koʻrgazmasini (keyingi oʻrinlarda — AKT haftaligi) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining har yili “ICTWEEK Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi koʻrgazmasini (keyingi oʻrinlarda — AKT haftaligi) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, AKT haftaligini oʻtkazish davri, joyi va dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadi. | 2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, AKT haftaligini oʻtkazish davri, joyi va dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. AKT haftaligi doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga istisno tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mahalliy kompaniyalar — AKT haftaligi ishtirokchilari bilan tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan axborot tizimlari, resurslari, maʼlumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish boʻyicha xizmatlarni sotib olish, ishlab chiqish va koʻrsatish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin. | 3. AKT haftaligi doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga istisno tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mahalliy kompaniyalar — AKT haftaligi ishtirokchilari bilan tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan axborot tizimlari, resurslari, maʼlumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish boʻyicha xizmatlarni sotib olish, ishlab chiqish va koʻrsatish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. “ICTWEEK Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 4. “ICTWEEK Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, shuningdek, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kompaniyalarning homiylik mablagʻlari AKT haftaligini moliyalashtirish manbalari sifatida belgilansin. | 5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, shuningdek, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kompaniyalarning homiylik mablagʻlari AKT haftaligini moliyalashtirish manbalari sifatida belgilansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. ““Oʻzekspomarkaz” MKK” AJ AKT haftaligini oʻtkazish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga koʻrgazma maydonlari va uskunasi uchun imtiyozli narxlarni taqdim etadi. | 6. ““Oʻzekspomarkaz” MKK” AJ AKT haftaligini oʻtkazish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga koʻrgazma maydonlari va uskunasi uchun imtiyozli narxlarni taqdim etadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida respublika hududlarida yashovchi iqtidorli va isteʼdodli yoshlar uchun AKT haftaligi tadbirlarida ishtirok etishni tashkillashtirish tavciya etilsin. | 7. Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida respublika hududlarida yashovchi iqtidorli va isteʼdodli yoshlar uchun AKT haftaligi tadbirlarida ishtirok etishni tashkillashtirish tavciya etilsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: | 8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
bir oy muddatda AKT haftaligi doirasida tuzilgan shartnomalarni roʻyxatga olish va reyestrini yuritish tartibini nazarda tutuvchi Nizomni tasdiqlasin; | bir oy muddatda AKT haftaligi doirasida tuzilgan shartnomalarni roʻyxatga olish va reyestrini yuritish tartibini nazarda tutuvchi Nizomni tasdiqlasin; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
shartnomalar bajarilishining jarayoni ustidan doimiy monitoringini olib borish; | shartnomalar bajarilishining jarayoni ustidan doimiy monitoringini olib borish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
monitoring natijalariga koʻra har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin. | monitoring natijalariga koʻra har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Toshkent shahar hokimligi AKT haftaligi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, xorijlik foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin boʻlgan axborot resurslari orqali keng yoritilishini taʼminlasin. | 9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Toshkent shahar hokimligi AKT haftaligi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, xorijlik foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin boʻlgan axborot resurslari orqali keng yoritilishini taʼminlasin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi AKT haftaligi oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibiga rioya etilishini va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini taʼminlasin. | 10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi AKT haftaligi oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibiga rioya etilishini va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini taʼminlasin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklansin. | 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Toshkent sh., | Toshkent sh., | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2017-yil 5-iyul, | 2017-yil 5-iyul, | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
466-son | 466-son | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 466-son qaroriga ILOVA | Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 466-son qaroriga ILOVA | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“ICTWEEK Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning | “ICTWEEK Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
TARKIBI | TARKIBI | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Izoh: tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi. | Izoh: tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi. |