06.07.2017 yildagi PQ-3116-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ixtisoslashtirilgan “Qurilishmashlizing” lizing kompaniyasi binosini sotish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ixtisoslashtirilgan “Qurilishmashlizing” kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 18-iyundagi PQ-2190-sonli qarorini ijro etish hamda davlat mulkidan oqilona va samarali foydalanish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri, Mustaqillik shox koʻchasi, 105-uyda joylashgan tutash hududi bilan birga maʼmuriy bino (maydoni 1 908 kv.m) (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy bino) “Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” AJ hamda “Qurilishmashlizing” AJ oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomasiga muvofiq “Respublika ixtisoslashtirilgan “Qurilishmashlizing” lizing kompaniyasi” AJga (keyingi oʻrinlarda — “Qurilishmashlizing” AJ) belgilangan tartibda ijaraga berilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qurilishmashlizing” AJ tomonidan maʼmuriy binoni belgilangan tartibda 265,0 million soʻmlik hajmda mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-sonli Farmonining 1-bandida belgilangan tartibga muvofiq, yangi ish oʻrinlarini yaratish imkonini bergan asosiy fondlarni modernizatsiya qilgan va mukammal taʼmirdan chiqargan davlat mulki obyektining ijarachisiga uni xususiylashtirishda ijaraga olingan obyektni birinchi navbatda sotib olish uchun ustun huquq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi va “Qurilishmashlizing” AJning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent viloyati baholash va konsalting markazi” MChJ tomonidan oʻrnatilgan tartibda belgilangan bozor qiymati 6.35 mlrd, soʻm miqdoridagi maʼmuriy binoni “Qurilishmashlizing” AJga sotish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy bino qiymatining 15 foizi miqdorida belgilangan tartibda toʻlangan boʻnak (avans) toʻlovini chiqarib tashlab, “Qurilishmashlizing” AJ tomonidan maʼmuriy binoning xarid toʻlovini ikki yilga kechiktirish sharti bilan toʻlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Qurilishmashlizing” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda maʼmuriy binoni xarid qilish bilan bogʻliq hujjatlarning tegishlicha rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda maʼmuriy binoga kirish yoʻllarini Mustaqillik shox koʻchasi tomonidan belgilangan tartibda tashkillashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuzilmasini optimallashtirish va faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-sonli qarorining 5-ilovasidagi 2-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3116-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 613-modda)