Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga aʼzo-davlatlar oʻrtasida
Bayonnoma
Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan, va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga aʼzo-davlatlar, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilik taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimga ikki tomonlama toʻqimachilik shartnomasining amal muddati tugaganini hisobga olib bitim qoidalarining toʻqimachilik mahsulotlarining ikki tomonlama savdosiga kengroq koʻlamda qoʻllash maqsadida bitimga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan, va Yevropa Ittifoqi, ikkinchi tomondan, ushbu Bayonnoma maqsadlarida bundan keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
(1) Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan, va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga aʼzo-davlatlar, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilik taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim (ShHB) 1999-yilning 1-iyulida kuchga kirganini,
(2) Boshqa tovarlar savdosiga nisbatan qoʻllaniladigan ShHB prinsiplarini toʻqimachilik mahsulotlariga ham rasman kengaytirishni taʼminlash uchun muzokaralar boʻlganini,
(3) ShHBga tegishli oʻzgartirishlar qabul qilinishi kerakligini inobatga olib, quyidagilar toʻgʻrisida kelishdilar:
1 modda
Ushbu bilan Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan, va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga aʼzo-davlatlar, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilik taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim quyidagicha oʻzgartiriladi:
1. 8 (3) modda chiqarib tashlansin.
2. 11 moddada 16 moddaga havolalar chiqarib tashlansin.
3. 16 modda chiqarib tashlansin.
4. Bitimga I Ilova chiqarib tashlansin.
2 modda
Ushbu Bayonnoma Oʻzbekiston yoki Yevropa Ittifoqi tomonidan ushbu Bayonnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki protseduralar bajarilganligi toʻgʻrisida oxirgi xabarnoma olingan sanadan keyingi oyning birinchi kunidan kuchga kiradi.
3 modda
Ushbu Bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan, va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga aʼzo-davlatlar, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilik taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi.
4 modda
Ushbu Bayonnoma ikki nusxada har biri Tomonlarning rasmiy, yaʼni oʻzbek bolgar, chex, daniya, niderland, ingliz, eston, fin, fransuz, nemis, grek, venger, italyan, latish, litva, malta, polyak, portugal, rumin sloven, slovak, ispan va shved tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng kuchga ega.
Toshkent shahrida 2011-yilning 7-aprelida tuzildi.
(imzolar)