Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (keyingi oʻrinlarda AKT deb ataladi) davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari koʻrsatishning barcha sohalariga joriy etish boʻyicha bosqichma-bosqich oʻtkazilayotgan islohotlar axborot xizmatlarini ilgari surish, “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va amalga oshirish, xalq bilan muloqot qilish va aholining kundalik muammolarini joylarda oʻz vaqtida hal qilishning samarali mexanizmlarini yaratish imkonini berdi.
Bu borada erishilgan natijalarga qaramasdan, axborot texnologiyalari rivojlanishi va ularni iqtisodiyot sohalariga joriy etishning hozirgi holati, shuningdek mahalliy dasturiy mahsulotlarning eksport darajasi hali ham pastligicha qolmoqda. Axborot texnologiyalarining raqobatdosh va yuqori unumdorlikka ega tarmogʻini shakllantirish uchun mamlakatning fan va taʼlim sohasidagi salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayapti.
Respublikada amal qilayotgan tashkiliy-iqtisodiy sharoit AKT sohasida tez oʻsishni namoyish etayotgan xorijiy mamlakatlarda yaratilgan sharoitlarga nisbatan mamlakatning raqobatdoshligi pastligini hisobga olgan holda ushbu sohaning yanada rivojlanishiga yetarli darajada yordam bermayapti.
AKTning jadal rivojlanishi yangi imkoniyatlarni ochib berar ekan, davlat tomonidan keng koʻlamli qoʻllab-quvvatlashni hamda respublikaning xalqaro AKT bozoridagi oʻrnini kuchaytirishni talab qiladi.
AKTdan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va buyurtmachilariga qoʻshimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish hisobiga ushbu tarmoqda ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, AKT mahsulotlari eksportini koʻpaytirish, shuningdek mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inxa universiteti va “Oʻzbektelekom” AKning Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazini (keyingi oʻrinlarda Innovatsiya markazi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Innovatsiya markazi axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida butun respublika hududida Innovatsiya markazi rezidentlarini joylashtirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida tashkil qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar Innovatsiya markazi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
xoʻjalik yurituvchi subyektlar va oliy taʼlim muassasalarining axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ichki va tashqi bozorlarda sotishga qaratilgan oʻzaro hamkorligini kengaytirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;
AKT sohasida raqobatdosh loyihalarni ichki va tashki bozorlarda sotish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishda Innovatsiya markazi rezidentlariga koʻmaklashish;
oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining “axborot texnologiyalari” mutaxassisligi boʻyicha bitiruvchilarining ishga joylashtirilishini taʼminlashda, shu jumladan iqtidorli yoshlar tomonidan “start-ap” loyihalarini amalga oshirishda ularni qoʻllab-quvvatlash yoʻli bilan ishtirok etish;
qisqa muddatli va oʻrta muddatli ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish, shu jumladan chet el mutaxassislarini taklif etish yoʻli bilan AKT sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilish;
yosh tadbirkorlar tomonidan axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha innovatsiya loyihalari amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
Innovatsiya markazini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi;
Innovatsiya markazini rivojlantirishga koʻmaklashish borasida davlat organlari, ilmiy, taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda Innovatsiya markazi faoliyatini tizimli monitoring va tahlil qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslarni Innovatsiya markazi rezidentlari sifatida roʻyxatga olish va ularni rezident maqomidan mahrum etish tartibini belgilaydi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Innovatsiya markazi rezidentlariga ularning loyihalarini davlat darajasida, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik orqali ilgari surishda koʻmaklashadi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)
Innovatsiya markazining faoliyatini takomillashtirish va axborot texnologiyalari sohasida yuridik shaxslar uchun shart-sharoitlarni, shu jumladan ilgʻor chet el tajribasi asosida yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Innovatsiya markazi rezidentlari 2028-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga:
Keyingi tahrirga qarang.
barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy taʼminot vositalari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Innovatsiya markazi rezidentlari:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushumlar doirasida chet el mutaxassislariga ish haqini chet el valyutasida naqdsiz shaklda xorijda ochilgan xalqaro toʻlov kartalariga amalga oshirishga;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
eksport kontrakti mavjud boʻlmagan holda Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi onlayn doʻkonlar orqali ishlar va xizmatlar eksportini chet el valyutasida amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda Innovatsiya markazi rezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatini samarali nazorat qilish maqsadida Innovatsiya markazi rezidentlari uchun maxsus Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichini belgilangan tartibda tasdiqlasin va joriy etsin.
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining taqdimnomasiga asosan, zarur hollarda, Innovatsiya markazi rezidentlari uchun Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda:
har yili berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning AKT milliy bozorining rivojlanishiga taʼsiri, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy mahsulotlar va AKT xizmatlarining raqobatdoshligi darajasini tahlil qilsin va tahlil natijalarini keyinchalik Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritsin;
2017-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son qaroriga muvofiq yaratilgan Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilari milliy reyestrining kelgusida faoliyat yuritishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflarni Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritsin.
8. Innovatsiya markazi rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha xodimlar tomonidan 2028-yil 1-yanvargacha olingan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar:
Keyingi tahrirga qarang.
7,5 foiz miqdordagi qatʼiy belgilangan stavka boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga 4,5 foizli stavka boʻyicha fuqarolarning sugʻurta badallariga tortilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmasligi belgilab qoʻyilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda uch oy muddatda respublikada tovarlar va xizmatlarga haq toʻlash uchun xalqaro toʻlov kartalarini qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining bank hisob raqamlariga Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi onlayn doʻkonlar orqali tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan valyuta tushumini hisobga olish tizimining mukammal ishlashiga doir zarur choralar koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi doimiy asosda Innovatsiya markazi rezidentlari axborot texnologiyalari mahsulotlarining xorijga kirib borishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Innovatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda quyidagi tartib nazarda tutilsin:
Innovatsiya markazi va Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini tashkil etish;
yuridik shaxslarni rezident maqomini olishning aniq mezonlarini belgilashni hisobga olgan holda Innovatsiya markazi rezidentlari sifatida roʻyxatga olish;
Innovatsiya markazi rezidentlari uchun maxsus valyuta rejimini qoʻllash.
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Innovatsiya markazi faoliyatining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-iyun,
PF-5099-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 576-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)