Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazining namunaviy nizomining 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2499-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 24-iyundagi 36, 62 va 2013-34-son qarori (roʻyxat raqami 2499, 2013-yil 8-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 32-son, 435-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazining namunaviy nizomining 6-bandidagi “tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasi” degan soʻzlar “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2017-yil 15-iyun,
137-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-iyun,
84-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-iyun,
2017-31-son
Kelishilgan:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2017-yil 13-iyun
“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Sh. JAVLANOV
2017-yil 13-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 597-modda)