Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 27.06.2017 yildagi 429-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 03.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar va nafaqalar toʻlash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
429-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi 429-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “v” kichik bandning ikkinchi xatboshidagi “aloqa tashkilotlari” soʻzlari “pensiya va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “g” kichik bandning oltinchi xatboshidagi “O`ZBEKISTON POCNTASI” AJ” soʻzlari “Pensiya va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 36-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar ushbu Nizomning 35-bandi “a” — “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan davrlar bir vaqtning oʻzida bir davrga toʻgʻri kelsa, u holda pensiyani hisoblab chiqish uchun ish stajiga pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning xohishiga koʻra ushbu Nizomning 35-bandi “a” — “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan faqat bir davr qoʻshib hisoblanadi. Ish stajini hisobga olishning shunday tartibi ushbu Nizomning 35-bandi “d” — “i” kichik bandlari uchun ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 35-bandi “a” — “g” va “d” — “i” kichik bandlarida koʻrsatilgan davrlar bir vaqtning oʻzida bir davrga toʻgʻri kelsa, u holda pensiyani hisoblab chiqish uchun ish stajiga ushbu Nizomning 35-bandi “a” — “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan davrlardan biri qoʻshib hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 85-bandning ikkinchi hatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ish haqi toʻgʻrisida arxiv maʼlumotlari mavjud boʻlmaganda, ish haqi miqdorini aniqlash 2005-yildan keyingi davr uchun jamgʻarilib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek 2015-yildan keyingi davr uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 87-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pensiya jamgʻarmasiga ixtiyoriy ravishda sugʻurta badallari toʻlash huquqi berilgan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanmaganligi sababli ish stajiga qoʻshib hisoblanmagan davrlar mehnat faoliyatining oxirgi oʻn yillik davriga kiritilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quyidagi mazmundagi 1131-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1131. Ushbu Nizomning 112-bandi “i” kichik bandiga asosan pensiyaga ustama Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Qahramoni” unvonini belgilash va oliy nishon — “Oltin Yulduz” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 112-bandi “k” va “l” kichik bandlarida nazarda tutilgan pensiyaga ustamalar pensioner Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni joriy qilinadigan respublika teatr-konsert tashkilotlaridan yoki teatr va musiqa sanʼati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi taʼlim muassasalaridan ishdan boʻshagandan soʻng pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 149-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“I guruh nogironligi belgilanganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 157-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“157. Ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklatilgan tashkilot yoki pensionerning xohishiga koʻra pul mablagʻlarini fuqarolarning depozit hisob raqamlariga naqd pulsiz oʻtkazish yoʻli bilan tijorat bankining filiali orqali toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalarni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 160-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“160. Pensiya toʻlash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ushbu hujjat rasmiylashtirilgan davlatning vakolatli organi tomonidan apostil qoʻyilishi lozim, bundan Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar konvensiyasining (Minsk shahri, 1993-yil 22-yanvar) ishtirokchi davlatlari — Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ishonchnoma bergan shaxs Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlaridan biriga bir yilda kamida bir marta kelib, tayinlangan pensiyaga boʻlgan oʻz huquqini tasdiqlashi kerak. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan pensionerning kelishi imkoniyati mavjud emasligi (sogʻligʻi tufayli, davolash muassasalarida, shu jumladan ruhiy kasallar uchun statsionar davolanishda boʻlish) toʻgʻrisida maʼlumotlar olinganda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari xodimlari tayinlangan pensiyaga boʻlgan huquqni tasdiqlash uchun pensioner turgan joyga chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensioner xorijiy davlatda boʻlgan va sogʻligʻi tufayli Oʻzbekiston Respublikasiga kelish imkoniyatiga ega boʻlmagan holatlarda pensioner Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga murojaat etishi mumkin va xorijiy davlat hududida doimiy yashash holati mavjud emasligini, shuningdek pensiya yoki ijtimoiy nafaqa olmasligini tasdiqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli vakil pensiya toʻlashga taʼsir etishi mumkin boʻlgan oʻziga maʼlum barcha holatlar toʻgʻrisida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotning boʻlinmasida saqlanadi. Bunda pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotning boʻlinmasi ishonch bildirilgan shaxs tomonidan ishonchnoma taqdim etilgan sanadan boshlab oʻn kun muddatda Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotning boʻlinmasining asosiy muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlangan ishonchnoma nusxasini yuborishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 163-bandga “Chernobil halokati oqibatida III guruh nogironligini olgan shaxslardan tashqari” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) 168-bandning ikkinchi xatboshidagi “bemorlar uchun” soʻzlaridan keyin “, shu jumladan sud qarori boʻyicha” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) quyidagi mazmundagi 1681-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1681. Oʻquvchilarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi ular 18 yoshga toʻlgunga qadar toʻlanadi. Bunda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi har yili taʼlim muassasasiga tashrif buyurgan holda taʼlim olinayotganligi holatini belgilash yuzasidan monitoringni amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) 169-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“169. Pensionerga hisoblab chiqarib qoʻyilgan, lekin uning tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi oʻn ikki oydan oshmagan davr uchun toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining aybi bilan oʻz vaqtida olinmay qolgan pensiya puli oʻtgan davr uchun muddati cheklanmagan holda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻtgan davr uchun toʻlovlar bir yoʻla tegishli oylar uchun hisoblab chiqarib qoʻyilgan va olinmagan pensiyaning summalariga mos miqdorda toʻlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) 170-bandning birinchi xatboshidagi “pochtaning tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari “pochta” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) 171-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xorijiy davlatda boʻlgan davrida pensiya (ijtimoiy nafaqa) olganligi holati aniqlanganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “pochta aloqasi tashkiloti” soʻzlari “pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi “toʻxtatib turiladi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni qidirishga eʼlon berilganda, bedarak yoʻqolganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnoma bergan shaxs unga tayinlangan pensiyaga huquqini tasdiqlash uchun belgilangan muddatda kelmaganda toʻxtatib turiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oila aʼzolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holati oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan olingan maʼlumotlar asosida belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “6 oydan” soʻzlari “oltmish kundan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) 179-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“179. Olti oy avval pensiya toʻlash pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot orqali bir martalik vedomost asosida, shuningdek tijorat bankining filialida pensionerning nomiga ochilgan bank hisob raqamiga naqd pulsiz oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) 186-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
t) 187-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) 191-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali chet elga oʻtkazilishi kerak boʻlgan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida tayinlangan pensiyalar summasining oʻz vaqtida joʻnatilishini taʼminlaydi.”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat” soʻzlari “mehnat shartnomasi asosida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-bandning toʻrtinchi xatboshiga “band boʻlgan” soʻzlaridan keyin “, shuningdek shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) yetishtirish bilan band boʻlgan” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 19-bandning sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan shaxsiy yordamchi xoʻjaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) yetishtirish bilan bandligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma — qoramol oʻstirish yoki qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) yetishtirish bilan shugʻullanuvchi shaxs uchun”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 591-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)