Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining
Qarori
Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2764-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-son qarori bilan tasdiqlangan Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2764, 2016-yil 17-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 7-son, 69-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-may,
239/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF–4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq malakaviy imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.”.
2. 1 — 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar (bundan buyon matnda izlanuvchi deb yuritiladi) quyidagilardan malakaviy imtihonlarni topshiradi:
ixtisoslik (dissertatsiya mavzusiga muvofiq). Matematik modellashtirish asoslari fani boʻyicha savollar aniq va tabiiy fanlar, Matematik statistika asoslari fani boʻyicha savollar esa, iqtisodiyot, tibbiyot va pedagogika fanlari (ixtisosliklari) boʻyicha malakaviy imtihonlar savollari tarkibiga kiritiladi;
chet tili (ingliz, fransuz yoki nemis tili). Dissertatsiyani bajarish uchun boshqa chet tilini bilish talab qilinadigan hollarda, chet tilidan malakaviy imtihon ish bajarilayotgan muassasaning taqdimnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda taqdimnomada koʻrsatilgan chet tilidan topshiriladi. Bunda IELTS (oʻrtacha 5,5 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (RVT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʻlmagan) hamda kamida V2 darajasidagi CEFR, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache fur auslandische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplome approfondi de langue francaise) va Davlat test markazining malakaviy sertifikatga ega boʻlgan izlanuvchilar mazkur hujjatlarning amal qilish muddati davomida chet tili boʻyicha malakaviy imtihonni topshirishdan ozod etiladi.
2. Chet tilidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajani olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar qoʻshimcha ravishda ikkinchi chet tili fanidan malakaviy imtihon topshiradilar.
3. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan xorijiy fuqarolar faqat dissertatsiya mavzusiga muvofiq ixtisoslik boʻyicha malakaviy imtihon topshiradi.
4. Ixtisoslik boʻyicha malakaviy imtihonlar huzurida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash (bundan buyon matnda Ilmiy kengash deb yuritiladi) tuzilgan muassasa tmomnidan, chet tili (ingliz, fransuz yoki nemis tili) boʻyicha malakaviy imtihonlar esa, yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan har 3-4 yilda (zarurat boʻlganda qisqaroq muddatda) ishlab chiqilgan, tasdiqlangan hamda OAK tomonidan maʼqullangan dasturlar asosida topshiriladi.”.
3. 5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ixtisoslik boʻyicha malakaviy imtihon — dissertatsiya himoyasi oʻtkaziladigan Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatayotgan muassasada oʻtkaziladi.
Chet tili boʻyicha malakaviy imtihonlar OAK belgilagan muassasalarda oʻtkaziladi.”.
“6. Chet tili boʻyicha malakaviy imtihonni qabul qilish huquqini olish uchun tegishli oʻquv-tashkiliy yoki ilmiy-tashkiliy tuzilmalari mavjud hamda ilmiy, ilmiy-pedagogik salohiyatga, shuningdek yetarli moddiy-texnik bazaga ega boʻlgan muassasalar tomonidan tegishli chet tilini koʻrsatilgan holda OAKga murojaat qilinadi.
Muassasa murojaatini OAK Rayosatining navbatdagi yigʻilishida koʻrib chiqish natijalariga koʻra, OAK Rayosati tomonidan muassasaga chet tili boʻyicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, muassasaga chet tili boʻyicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqi beriladi.
Chet tili boʻyicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqi berilgan muassasalar roʻyxati OAKning rasmiy veb-sayti va “OAK Byulleteni”ning navbatdagi sonida OAK Rayosatining muassasaga chet tili boʻyicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqini berish toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilinadi. Muassasalar roʻyxati OAKning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
7. Malakaviy imtihonlarni qabul qiladigan muassasalarda muassasa rahbarining buyrugʻi bilan OAK bilan kelishilgan holda ikki yil muddatga malakaviy imtihonlarni qabul qilish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Ixtisoslik boʻyicha komissiya ilmiy darajaga ega boʻlgan besh — yetti nafar aʼzodan, jumladan tegishli fan tarmogʻi boʻyicha fan doktori ilmiy darajasiga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi yoxud falsafa doktori (Doctor of Philosophy) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda berilgan boshqa ilmiy darajaga ega boʻlgan mutaxassis hisoblangan raisdan iborat boʻladi. Bunda komissiya aʼzolarining kamida ikki nafari fan doktori boʻlishi lozim.
Chet tili boʻyicha komissiya tegishli mutaxassislar orasidan besh — yetti nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi. Bunda aʼzolardan kamida ikki nafari fan doktori yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi yoxud falsafa doktori (Doctor of Philosophy) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda berilgan boshqa ilmiy darajaga ega boʻlgan mutaxassis boʻlishi kerak. Yuridik fanlar sohasida chet tili boʻyicha komissiya tarkibi eksperiment tariqasida, IELTS (oʻrtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʻlmagan), CEFR (V2 darajadan past boʻlmagan) boʻyicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud, ilmiy darajaga ega boʻlmagan yuqori malakali va tajribali mutaxassislardan shakllantirilishi mumkin.
Komissiya, agar uning ishida komissiya aʼzolarining kamida yarmidan koʻpi ishtirok etayotgan boʻlsa, imtihon qabul qilishga haqli hisoblanadi.”.
5. 8 va 16-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
6. 9-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
7. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Imtihon topshiruvchilar roʻyxati muassasa rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi va unda malakaviy imtihon oʻtkazish joyi va vaqti koʻrsatilishi kerak. Mazkur buyruqning matni u imzolangandan soʻng bir ish kuni ichida muassasaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi lozim.
Boshqa tashkilotlar imtihon topshiruvchilar roʻyxatiga nomzod kiritish uchun malakaviy imtihonlar oʻtkaziladigan muassasaga nomzodlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasini ilova qilgan holda malakaviy imtihonlarni qabul qilishning navbatdagi sessiyasi oʻtkaziladigan oyning 1-sanasigacha yozma ravishda murojaat qiladi. Murojaatda nomzod bilan bogʻlanishning aloqa vositalari (telefon raqami, elektron pochta manzili va hokazo) aniq va toʻliq aks ettirilishi lozim. Mazkur murojaatga asosan nomzodlar muassasa tomonidan imtihon topshiruvchilar roʻyxatiga kiritiladi.”.
8. 13-banddagi “fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash” degan soʻzlar “Ilmiy kengash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 14-banddan “imtihon qabul qilinayotgan predmet boʻyicha” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10. 19-banddagi “muddatga” degan soʻz “muddatda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11. 21-banddagi “xulosalari” degan soʻz “natijalari” degan soʻz bilan almashtirilsin.
13. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Kelishildi:
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. MIRZAYEV
2017-yil 29-may
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. KASIMOV
2017-yil 29-may
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2017-yil 29-may
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2017-yil 29-may
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2017-yil 29-may
Madaniyat vaziri M. MURATOV
2017-yil 30-may
Fanlar akademiyasi prezidenti v.v.b B. IBRAGIMOV
2017-yil 30-may
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R. KURBANOV
2017-yil 30-may
Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori M. BOLTABAYEV
2017-yil 18-may
Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
|
____________________________________________________________________________________________ | ||||||||
|
GUVOHNOMA _________-son | ||||||||
| ___________________________________________________________________________ ixtisosligi boʻyicha | ||||||||
|
(ixtisoslik shifri va nomi) |
| | ||||||
| __________________________________________________________ fani boʻyicha ilmiy darajani olish uchun | ||||||||
|
(fan tarmogʻi) |
| | | |||||
| _______________________________________________________________________ dan malakaviy imtihonni | ||||||||
|
(ixtisoslik va chet tili) |
| | | |||||
| muvaffaqiyatli topshirdi va quyidagicha baholandi: | | | | | ||||
|
Malakaviy imtihonning turi (ixtisoslik, chet tili) |
Malakaviy imtihon topshirilgan sana |
Malakaviy imtihon balli |
Malakaviy imtihon komissiyasi raisi va aʼzolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni hamda lavozimlari | |||||
| | | | | |||||
| Mazkur guvohnoma besh yil muddatda amal qiladi. |
| | | | ||||
| Komissiya raisi |
____________ |
__________________________________________________ | ||||||
| | |
(imzo) |
| |
(F.I.O.) |
| | |
| Tashkilot rahbari |
____________ |
__________________________________________________ | ||||||
| | |
(imzo) |
| |
(F.I.O.) |
| | |
| 20_____ yil “___” ______________”. | | | | | | |||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 571-modda)